Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
Kriptografiyaning
tarixi: Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini turli qarashlarga asosan bir nechta darvrlarga bo’lib o’rganiladi, quyida biz ushbu davrlarni ko’rib chiqamiz. 1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 2. O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini misol sifatida keltirish mumkin. 3. 1 va 2 – jaxon urushlari davri (1 va 2- jaxon urushlari davridagi klassik shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan bo‘lib, radio to‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi) amalga oshirilgan. 4. Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ Р 28147-89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) larni keltirish mumkin. Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari. Kriptografiyani quyidagi bo‘limlarga ajratish mumkin: 1. Simmetrik kalitli kriptografiya. Simmetrik kalitli kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.1-rasmdagi kabi bo‘lib, ma’lumotni shifrlash va rasshifrovkalashda yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi. Shuning uchun simmetrik kalitli kriptotizimlarni – bir kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Demak, simmetrik kalitli shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir xil kalit mavjud bo‘lishi zarur. 2. Ochiq kalitli kriptografiya. Ochiq kalitli kriptografiyada ma’lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa, uni rasshifrovkalash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni ikki kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.2-rasmda keltirilgan. 3.2-rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ko‘rinishi Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun dastlab, jo‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmasligi kerak. 3. Xesh funksiyalar. Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi davomida o‘zgarishga uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi ma’lumotning uzunligi o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi. Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt 1106:2009 larni misol sifatida keltirish mumkin. Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda (rasshifrovkalashda) ikki turdagi akslantirishlardan foydalaniladi. O‘rniga qo‘yish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirish amali asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR” ga teng bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (3.1-jadval). Rasshifrovkalash jarayonida esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga mos ochiq matn alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn “ILUVW” ga teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST” ga teng bo‘ladi. O‘rniga qo‘yish akslantirishiga misol (3.1-jadval) O‘rin almashtirish akslantirishi.Ushbu akslantirishga ko‘ra, ochiq matn simvollarining o‘rni biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. Bir martali bloknot. Bir martali bloknot (one time pad) yoki “Vernam shifri” nomi bilan tanilgan kriptotizim bardoshli shifrlash algoritmi hisoblanib, tarixda keng foydalanilgan bo‘lsada, ko‘p hollarda amalga oshirishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Uning bir martali deb atalishiga asosiy sabab, undagi kalitning (bloknotning) bir marta foydalanilishi bo‘lib, uni aksariyat hollarda amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Olingan alfavit simvollari va unga mos bo‘lgan binar qiymatlar 3.2 - jadvalda keltirilgan. Alfavit simvollari va ularga mos bit qiymatlari barcha uchun ochiq va sir saqlanmaydi. Ochiq matn uchun tanlangan alfavit 3.2-jadval Simvollar B E I L O P S T Binar qiymat 000 001 010 011 100 101 110 111 Faraz qilaylik, biror qonuniy foydalanuvchi A bir martali bloknotdan foydalangan holda “POSSIBLE” matnini shifrlab, o‘z sherigi B tomonga jo‘natishi talab etilsin. Ushbu ochiq matnning binar qiymatdagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: P O S S I B L E 101 100 110 110 010 000 011 001 Bir martali bloknot usulida shifrlashda ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan tasodifiy tanlangan kalitdan foydalaniladi. Shifrmatn ochiq matn va kalitga XOR amalini qo‘llab hosil qilinadi (P – ochiq matn, K – kalit va C – shifrmatn): = ⨁ . XOR amali ( ⨁) quyida keltirilgan: 0 ⨁0 = 0 0 ⨁1 = 1 1 ⨁0 = 1 1 ⨁1 = 0 Jadvaldan, ⨁ ⨁ = tenglik o‘rinligini ko‘rish mumkin. Bu esa bir martali parol bilan rasshifrovkalashda shifrmatnga kalitni XOR amalida bajarilishining o‘zi yetarligini ko‘rsatadi: = ⨁ . Faraz qilaylik, A tomon 3.2-jadvaldagi ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan quyidagi kalitga ega bo‘lsin: 111 101 110 101 111 100 000 101 A tomon ushbu kalit asosida shifrmatnni quyidagicha hisoblaydi: Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling