Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
5.9-rasm. Zararli egizak hujumi
Rouming muammosi. Simsiz tarmoqning simli tarmoqdan yana bir muxim farqi foydalanuvchining tarmoq bilan aloqani uzmasdan joyini o‘zgartirish qobiliyatidir. Rouming konsepsiyasi turli simsiz aloqa standartlari CDMA (Code Division Multiple Access), GSM (Global System for Mobile Communications) va simsiz Ethernet uchun bir xil bo‘lib, TCP/IPning ko‘pgina tarmoq ilovalari server va mijoz IPadreslarining o‘zgarmasligini talab etadi. Simsiz tarmoqlarda mobil IP- adreslarning va boshqa rouming mexanizmlarining ishlatilishi ushbu talabga asoslangan. Foydalanishni cheklash. Tarmoqdan foydalanishni faqat ruxsatga egalar uchun joiz bo‘lishini taminlash muhim ahamiyatga ega. Har bir qurilma ajralmas MAC (Media access control) manziliga ega, ushbu manzillarni tekshirish orqali ularga foydalanishni taqdim etish mumkin. Tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni shifrlash. Agar simsiz tarmoq orqali uzatilayotgan har bir ma’lumot shifrlangan taqdirda, ularni ruxsatsiz o‘qishdan himoyalash mumkin bo‘ladi. Simsiz lokal tarmoqlarda tarmoq nuqtasi va foydalanuvchi qurilmalari orasidagi ma’lumotlar odatda Wired Equivalent Privacy (WEP), Wi-Fi Protected Access (WPA), WPA2 va WPA3 protokollari asosida shifrlangan holda uzatiladi. Simsiz tarmoq qurilmasini (SSID, Service Set Identifier) himoyalash. Tarmoq tashqarisidan simsiz tarmoqni osonlik bilan boshqarilishini oldini olish uchun, SSIDni oshkor etmaslik talab etiladi. Barcha Wi-Fi qurilmalar SSID ni himoyalash imkoniyatiga ega, bu hujumchining simsiz tarmoqni topishini qiyinlashtiradi. Tarmoqlararo ekran vositasini o‘rnatish. Simsiz qurilmalarda bevosita hostga asoslangan tarmoqlararo ekranni o‘rnatish yoki uy tarmog‘i uchun modemga asoslangan tarmoqlararo ekranni o‘rnatish tavsiya etiladi. Fayl almashishini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish. Tomonlar orasida faylni almashtirishga zaruriyat bo‘lmagan taqdirda, ushbu imkoniyat o‘chirilgan holatda bo‘lishi kerak. Fayl almashishini har doim shaxsiy yoki uy tarmog‘ida amalga oshirish zarur. Ochiq bo‘lgan tarmoqda fayllarni almashtirish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, uzatilayotgan har bir fayllarni parol asosida himoyasini taminlash zarur (faylni blokirovkalash). Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling