Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
5.4. Simsiz tarmoq xavfsizligi
Simsiz tarmoq turlari. Ma’lumki, radio ixtiro etilganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay telegraf aloqani simsiz amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Aslida, hozirgi raqamli kodni radiokanal bo‘yicha uzatishda o‘sha prinsipdan foydalanishadi, ammo ma’lumotlarni uzatish imkoniyati bir necha bor oshdi. Zamonaviy simsiz tarmoqlarni ta’sir doirasi va vazifasi bo‘yicha quyidagilarga ajratish mumkin (5.6-rasm): - shaxsiy (Wireless Personal Area Network, WPAN); - lokal (Wireless Local Area Network, WLAN); - shaxar (Wireless Metropolitan Area Network, WMAN); - global (Wireless Wide Area Network, WWAN). 5.6-rasm. Simsiz tarmoqlar tasnifi 5.3-jadvalda yuqorida keltirilgan simsiz tarmoqlarning xarakteristikalari keltirilgan Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligiga asosiy tahdidlar. Simsiz mahalliy tarmoqlar (WLAN) simlar emas, balki radio to'lqinlar yordamida ma'lumotlarni uzatadi va qabul qiladi. Jismoniy to'siqning yo'qligi WLAN-larni noqonuniy ushlash, tinglash, buzish va boshqa bir qator kiberxavfsizlik muammolariga qarshi himoyasiz qiladi. Simli va simsiz tarmoqlar orasidagi asosiy farq – simsiz tarmoq chetki nuqtalari orasidagi mutlaqo nazoratlanmaydigan hududning mavjudligi. Uyali tarmoqlarning yetarlicha keng makonida simsiz muhit aslo nazoratlanmaydi. Ruxsatsiz suqilib kirish. Agar simsiz tarmoq himoyasi amalga oshirilmasa, ixtiyoriy simsiz ulanish imkoniyatiga ega qurilma undan foydalanishi mumkin. Mazkur holda, odatda, kirish joyining yopiq eshittirish diapazoni 50-100 metrni tashkil qilsa, tashqi maydonda 300 metrgacha bo‘lishi mumkin. Yashirincha eshitish. Simsiz tarmoqlar kabi ochiq va boshqarilmaydigan muhitda keng tarqalgan muammo - anonim hujumlarning mavjudligi bo‘lib, uzatishni ushlab qolish uchun niyati buzuq uzatgich (передатчик) oldida bo‘lishi lozim. Simsiz tarmoqlarda foydalaniluvchi barcha protokollar ham xavfsiz emasligi sababli, yashirincha eshitish usuli katta samara berishi mumkin. Masalan, simsiz lokal tarmoqlarda WEP protokolidan foydalanilgan bo‘lsa, katta ehtimollik bilan tarmoqni eshitish imkoniyati tug‘iladi. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash. Butun tarmoqda, jumladan, bazaviy stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo bo‘ladiki, stansiyalar bir-birlari bilan bog‘lana olmasligi sababli, DoS xilidagi xujum tarmoqni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Bu xujum ma’lum doiradagi barcha kommunikatsiyani o‘chiradi (5.7-rasm). 5.7-rasm. Simsiz tarmoqda DoS hujumining oshirilishi O‘rtada turgan odam hujumi. MITM xujumi yuqorida tavsiflangan suqilib kirish hujumlariga o‘xshash, ular turli shakllarda bo‘lishi mumkin va aloqa seansining konfidensialligini va yaxlitligini buzish uchun ishlatiladi. Hujum qurboni ulanishni boshlaganida, firibgar uni ushlab qoladi va istalgan resurs bilan ulanishni tugallaydi va so‘ngra ushbu resurs bilan barcha ulanishlarni o‘zining stansiyasi orqali o‘tkazadi (5.8-rasm). Tarmoqdan foydalanishning yolg‘on nuqtalari (zararli egizak hujumi). Tajribali hujumchi tarmoq resurslarini imitatsiya qilish bilan foydalanishning yolg‘on nuqtalarini tashkil etishi mumkin. Abonentlar, hech shubhalanmasdan foydalanishning ushbu yolg‘on nuqtasiga murojaat etadilar va uni o‘zining muhim rekvizitlaridan, masalan, autentifikatsiya axborotidan xabardor qiladilar. Hujumning bu xili tarmoqdan foydalanishning xaqiqiy nuqtasini “bo‘g‘ish” maqsadida ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘g‘ish bilan birgalikda amalga oshiriladi (5.9-rasm). Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling