Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
ISK darajasi= natija × ehtimollik
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
ISK darajasi= natija × ehtimollik
Risk darajalari 4 ta: ekstremal yuqori, yuqori, o‘rta va past. Ekstremal yuqori yoki yuqori risk paydo bo‘lishini va salbiy ta’sirini kamaytirish maxsus yo‘naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu darajadagi risklar yuqori yoki o‘rtacha ta’sirning yuqori ehtimolligiga ega bo‘ladi. Mazkur darajadagi risklar jiddiy xavfga sabab bo‘ladi va shuning uchun, zudlik bilan aniqlash hamda qarshi chora ko‘rish talab etiladi. O‘rta darajali risklar yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo‘lishi mumkin. O‘rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko‘rish talab etilmasada, himoyani dastlabki vaqtda o‘rnatish talab etiladi. Past darajali risklar odatda e’tibor bermasa bo‘ladigan yoki keyingi baholashlarda e’tibor bersa bo‘ladigan risklar toifasi bo‘lib, ularni bartaraf etish qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatga sabab bo‘lmaydi. Risk matritsasi risklarni paydo bo‘lish ehtimolini ularning natijasi va ta’siri orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini grafik taqdim etadi. Risk matritsasi riskning ortib boruvchi ko‘rinishi uchun foydalaniluvchi sodda jarayon bo‘lib, qarshi choralarni ko‘rishda yordam beradi. Risk matritsasi risklarni turli darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan guruhlash imkonini beradi. (5.4-jadval). Yuqorida taqdim etilgan risk matritsasi risklarni vizual taqdim etish va o‘zaro taqqoslash imkonini beradi va undagi har bir yacheyka ehtimollik va oqibat kattaliklarining kombinasiyasidan iborat. Riskning jiddiyligi uning ehtimoli va ta’sir darajasiga bog‘liq. Keltirilgan risk matritsasida paydo bo‘lish ehtimoli 4 bo‘yicha ular 5 ta guruhga ajratilgan. Shunga mos ravishda, risk oqibati ham 5 ta darajaga ajratilgan. Risklarni boshqarish – risklarni aniqlash, baholash, javob berish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirga tashkilot tomonidan javob berilishini amalga oshirish jarayoni. Risklarni boshqarish xavfsizlikning hayotiy siklida o‘zining muhim o‘rniga ega, u davomiy va hattoki murakkablashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad quyidagilar: - bo‘lishi mumkin bo‘lgan risklarni aniqlash; - risk ta’sirini aniqlash va tashkilotlarga risklarni yaxshiroq boshqarish strategiyasi va rejasini ishlab chiqishga yordam berish; - jiddiylik darajasiga asoslangan holda risklarni tasniflash va yordam berish uchun risklarni boshqarish usullari, vositalari va texnologiyalaridan foydalanish; - risklarni tushunish, tahlillash va aniqlangan risk hodisalarini qaydlash; - risklarni nazorat qilish va risk ta’siriga qarshi kurashish; - xavfsizlik xodimlarini ogohlantirish va risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish. Risklarni boshqarish ularni aniqlashda tizimlashgan yondashuvni ta’minlaydi va quyidagi afzalliklarga ega: - bo‘lishi mumkin bo‘lgan risk ta’siri sohasiga e’tibor qaratadi; - risklarni darajalari bo‘yicha manzillaydi; - risklarni tutish jarayonini yaxshilaydi; - kutilmagan holatlarda xavfsizlik xodimini samarali harakat qilishiga ko‘mak beradi; - resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Risklarni boshqarishda muhim rollar va javobgarliklar. Risklarni boshqarishda rollar va javobgarliklar xodimlar o‘rtasida quyidagicha taqsimlangan: Bosh boshqaruvchi. Bosh boshqaruvchi tashkilotda risklarni boshqarish jarayonini olib borishga rahbar hisoblanib, risklar paydo bo‘lganiga qadar ularni aniqlash uchun talab qilinadigan siyosat va usullarni ishlab chiqadi. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling