Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari


Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/93
Sana06.11.2023
Hajmi7.29 Mb.
#1752120
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
anteplaget

5
5


– Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish parollarini
o‘g‘rilovchi dasturlar.
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar bo‘lishi,
viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h.
Troyan dasturlar o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tashqaridan troyan
dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali funksiyalarni tavsiya etadi. ammo
foydalanuvchi bunday dasturni kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur
bildirmay zarar keltiruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan
dasturlar viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan
foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda ishlatiladi.
Mantiqiy bomba – ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi harakatlarni
bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy bomba, masalan, ma’lum
sana kelganida yoki ma’lumotlar bazasida yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q
bo‘lganida va h. ishga tushishi mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan
dasturlarga va oddiy dasturlarga joylashtirilishi mumkin.
Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari. Kompyuterlar
va korporativ tarmoqlarni himoyalovchi samarador tizimni yaratish uchun
qayerdan xavf tug‘ilishini aniq tasavvur etish lozim. Viruslar tarqalishning juda
xilma-xil kanallarini topadi. Buning ustiga eski usullarga yangisi qo‘shiladi.
Tarqatishning klassik (mumtoz) usullari. Fayl viruslari dastur fayllari bilan
birgalikda disketlar va dasturlar almashishda, tarmoq kataloglaridan, Web- yoki
FTP – serverlardan dasturlar yuklanishida tarqatiladi. Yuklama viruslar
kompyuterga foydalanuvchi zaharlangan disketani diskovodda qoldirib, so‘ngra
operatsion tizimni qayta yuklashida tushib qoladi.
Makrokomanda viruslari Microsoft Word, Excel, Access fayllari kabi ofis
hujjatlarining zaxarlangan fayllari almashinishida tarqaladi.
Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘lsa virus osongina
fayl-server disklariga tushib qolishi, u yerdan kataloglar orqali tarmoqning barcha
kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus
5


tarmoqda shu virus tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi
xuquqqa ega ekanligini tizim ma’muri unutmasligi lozim.
Elektron pochta. Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning asosiy
manbai hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati MicroSoftWord
formatida xatlar almashishda sodir bo‘ladi. Elektron pochta makroviruslarni
tarqatish kanali vazifasini o‘taydi, chunki axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis
hujjatlari jo‘natiladi. Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga
oshirilishi mumkin.
Troyan Web-saytlar. Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni Internet
saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida olishi mumkin.
Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha troyan Web-saytlari faol
komponentlarining foydalanuvchi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni
kiritishiga sabab bo‘ladi.
Lokal tarmoqlar. Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi
hisoblanadi. Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi
stansiya lokal tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xizmatchi fayllarni
zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida Login.com xizmatchi faylni, firmada
qo‘llaniluvchi Excel-jadvallar va standart hujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin.
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari. Viruslarni
tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi nusxalari hisoblanadi.
Disketlar va CD-disklardagi noqununiy nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar
bilan zaharlangan fayllar bo‘ladi. Viruslarni tarqatish manbalariga elektron
anjumanlar va FTP va BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va umumfoydalanish
rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina viruslarni tarqatish manbaiga
aylanishi mumkin.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter viruslari ham,
o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, takomillashadi. Yangi viruslar
ma’lum bo‘lmagan yoki oldin mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda
kompyuter tizimlarga tatbiq etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi

Download 7.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling