Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 295.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.10.2023
Hajmi295.85 Kb.
#1696910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Emotsiyaning pedagogik jarayondagi ro li mavzusidaaa

nazariyasi Djems-Lange 
va 
Kennon-Bardlarning 
psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi.
Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining 
retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning 
faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror 
bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir. 


Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, 
tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning 
orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini 
ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning 
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga 
keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional 
kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday 
ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar 
faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans 
bo‘lganida yuzaga keladi. 
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan 
emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy 
o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv 
baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb va ehtiyojlari 
asosida shakllanadi. 
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot 
beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional 
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini 
baholashi bilan belgilanadi.
Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba 
asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, 
zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda 
amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = 
E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va 
o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – 
ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot. 
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda 
ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); 
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan 
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining 


sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa 
sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. 
I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va 
ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati 
ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, 
ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida 
sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar 
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i 
shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi 
ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan 
xursandchilik sezadilar. 
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, 
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, 
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, 
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy 
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi. 
Positive moods tend to trigger more left frontal lobe activity. People with 
posi¬tive personalities—exuberant infants and alert, enthusiastic, energized, and 
persis¬tently goal-directed adults—also show more activity in the left frontal lobe 
than in the right. 


Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, 
dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni 
chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-
qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin 
XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni 
asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa 
sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, 
lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi. 
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: 
“Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki 
aksincha”. 
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-
qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va 
tarbiya elementlarini 
bir 
butun 
tizim 
sifatida tushundi. 
K. 
D. 
Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. 
Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini 
topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U 
pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil 
qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-
nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va 
vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”. 
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-shteyn, 
A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi. 
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, 
B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy 
qiziqish bilan qarashdi. Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik 
yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. 


U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: 
tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash 
kabilarni o’zida jamlaydi. 
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-riyalaridan 
biri. 
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning 
boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi 
o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir. 
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim 
sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va 
ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi. 
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, axloqiy, 
madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, mazmuni 
va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab 
chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi. 
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha 
muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati. 
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik 
jarayonning mohiyatini tashkil etadi. 
Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. 
Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari 
birlashadi. 
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha 
jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab 
ichki munosabatlari: 
- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi; 
- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi; 
- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi. 


Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda 
qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash 
mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi 
joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida 
belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. 
Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va 
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar 
bilan xarakterlanadi. 
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar 
kiradi: 
- pedagoglar; 
- tarbiyalanuvchilar; 
- tarbiyaviy shart-sharoitlar. 
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p 
obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni 
tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga 
qamrab oladi. 
Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani 
qo’yadigan ma’noni aks ettiradi. 
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz 
belgilangan 
natijalarga 
erishish 
mumkin 
bo’lmagan 
pedagoglar 
va 
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism 
pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham 
nomlanadi. 


Xulosa
Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks 
ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib 
kelish bilan xarakterlanadi. 
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-
nent)larni quyidagicha bo’lib ko’rsatadi: 
- tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar; 
- ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni 
ta’minlovchi pedagogik kadrlar; 
- tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar; 
- ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar); 
- moddiy-texnik ta’minot; 
- tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti; 
- shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy); 
- tashkil etish va boshqarish. 
Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy 
qismlari deb hisoblaydi: 
- tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi 
vazifalar; 
- ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish; 
- tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi 
boshqarish; 
- turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar 
guruhining tuzilishi va taqsimlanishi; 
- mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart; 
- o’qituvchilar; 
- o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar va 
boshqalar; 
- o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino; 
- texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar; 


- bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, 
tayyorgarlik sifati qoidalari; 
- bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari; 
- ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari. 

Download 295.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling