Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana04.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1157287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish

Tadqiqot ob’yekti: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayoni. 
Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishning turli 
shakl va metodlari vositasida intellektual qobiliyatlarining rivojlanishini ta'minlash. 
Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektual qobiliyatni 
rivojlantirishda amaliy ishlarni tashkil etish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
Tadqiqot vazifalari:
1. Matematika o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining
intellektual qobiliyatini rivojlantirishning hozirgi kundagi nazariy va amaliy holatini
tahlil qilish. 
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlanishga 
yordam beruvchi topshiriqlar tiziminii ishlab chiqish va o’quv jarayoniga tadbiq 
qilish. 
3. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini 
rivojlantirishda didaktik o’yinlarning ahamiyatini ochib berish. 
Tadqiqotning farazi:Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining intellektual 
qobiliyatlarini rivojlanish quyidagi shartlarda bajariladi: 
- umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematika fanini 
o‘qitishda topshiriqlar tizimini tanlashda har bir sinfning yosh xususiyatlari hisobga 
olinsa; 
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda o’quvchilarning intellektual 
qobiliyatlarini rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi ishlab chiqilsa; 



- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda zamonaviy o‘qitish 
texnologiyalaridan samarali foydalanilsa. 
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 
aqliy qobiliyatning rivojlanishini bir necha ko‘rinishlari namoyon etilgan: talim va 
tarbiya tasirida o‘zgaradigan va rivojlanadigan aqliy qobiliyatning individual 
uslubi (V.S.Merlin, Ye.A.Klimov, N.I.Chuprikova), chet el psixologiyasida aqliy 
qobiliyat ko‘p faktorli murakkab psixologik tuzilma (A.Bine, J.Piaje, Ch.Spirmen, 
Tyorstoun, Gilford, G.Ayzenk, R.B.Kettell, R.Sternberg) sifatida tadqiq etilgan. 
Shuningdek, bu boradagi mahalliy olimlar M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, 
E.Z.G‘oziyev, 
V.M.Karimova, 
E.Z.Usmonova, 
R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonovalarning izlanishlari hamda mutafakkirlarimiz Farobiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Abdulla Avloniy va boshqalarning fikrlarida aqliy taraqqiyot, aql 
imkoniyatlari va aqliy qobiliyatlar to‘g‘risidagi qarashlarida ham aqliy qobiliyat va 
uni tashkil etuvchi omillar turlicha talqin qilingan. M.M.Sultonovning 
“Matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-intellektual 
qobiliyatini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida aqliy qobiliyat muammosi 
haqida fikr yuritilgan. M.E.Xusanovaning magistrlik dissertatsiyasida boshlang‘ich 
sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, 
ya’ni pedagogik texnologiya haqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol 
metod, ularning turlari va boshlang‘ich sinflarda ba’zi bir darslarni interfaol metod 
asosida o‘qitish metodikasi bayon etilgan, D.Mengliyevaning magistrlik 
dissertatsiyasida boshlang‘ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni 
pedagogik 
texnologiyalar 
asosida 
o‘qitish metodikasi bayon etilgan, 
X.Sharofiddinovaning magistrlik dissertatsiyasida uzluksiz talim tizimida aqliy 
qobiliyat diagnoztikasi va psixokorreksiyasida aqliy qobiliyat muammosini 
o‘rganib chiqqan, F.Qosimovning nomzodlik dissertatsiyasida boshlang‘ich ta’lim 
o‘quvchilarida ijodiy topshiriqlarni rivojlantirish muammosi bayon etilgan. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling