Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot vazifalari
- Tadqiqotning farazi
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqot ob’yekti: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishning turli shakl va metodlari vositasida intellektual qobiliyatlarining rivojlanishini ta'minlash. Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirishda amaliy ishlarni tashkil etish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1. Matematika o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirishning hozirgi kundagi nazariy va amaliy holatini tahlil qilish. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlanishga yordam beruvchi topshiriqlar tiziminii ishlab chiqish va o’quv jarayoniga tadbiq qilish. 3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirishda didaktik o’yinlarning ahamiyatini ochib berish. Tadqiqotning farazi:Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlanish quyidagi shartlarda bajariladi: - umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematika fanini o‘qitishda topshiriqlar tizimini tanlashda har bir sinfning yosh xususiyatlari hisobga olinsa; - boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi ishlab chiqilsa; 7 - boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanilsa. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, aqliy qobiliyatning rivojlanishini bir necha ko‘rinishlari namoyon etilgan: talim va tarbiya tasirida o‘zgaradigan va rivojlanadigan aqliy qobiliyatning individual uslubi (V.S.Merlin, Ye.A.Klimov, N.I.Chuprikova), chet el psixologiyasida aqliy qobiliyat ko‘p faktorli murakkab psixologik tuzilma (A.Bine, J.Piaje, Ch.Spirmen, Tyorstoun, Gilford, G.Ayzenk, R.B.Kettell, R.Sternberg) sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek, bu boradagi mahalliy olimlar M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, E.Z.G‘oziyev, V.M.Karimova, E.Z.Usmonova, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonovalarning izlanishlari hamda mutafakkirlarimiz Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Abdulla Avloniy va boshqalarning fikrlarida aqliy taraqqiyot, aql imkoniyatlari va aqliy qobiliyatlar to‘g‘risidagi qarashlarida ham aqliy qobiliyat va uni tashkil etuvchi omillar turlicha talqin qilingan. M.M.Sultonovning “Matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-intellektual qobiliyatini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida aqliy qobiliyat muammosi haqida fikr yuritilgan. M.E.Xusanovaning magistrlik dissertatsiyasida boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, ya’ni pedagogik texnologiya haqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol metod, ularning turlari va boshlang‘ich sinflarda ba’zi bir darslarni interfaol metod asosida o‘qitish metodikasi bayon etilgan, D.Mengliyevaning magistrlik dissertatsiyasida boshlang‘ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi bayon etilgan, X.Sharofiddinovaning magistrlik dissertatsiyasida uzluksiz talim tizimida aqliy qobiliyat diagnoztikasi va psixokorreksiyasida aqliy qobiliyat muammosini o‘rganib chiqqan, F.Qosimovning nomzodlik dissertatsiyasida boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida ijodiy topshiriqlarni rivojlantirish muammosi bayon etilgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling