I bob xulosasi
Birinchi bobda boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirishning nazariy asoslari ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy
faoliyatinining
pedagogik
psixologik
asoslari,
didaktik,
ilmiy-metodik
adabiyotlarda intellektual qobiliyat muammosining yoritilishi nazariyalarini hamda
mutafakkir olimlarning aqliy qobiliyatga bog’liq bo’lgan fikrlarini bayon etdik.
Demak, intellekt mohiyatini tushuntirishda fan olamida ikki xil yondashuv
vujudga kelgan. Birinchi guruh vakillarining qarashlaricha, intellektual
xususiyatlar odamga tabiiy ravishda nasliy yo’l bilan ota onalari tomonidan
beriladi (odam onasidan aqlli yoki aqli zaif bo’lib tug’iladi). Ikkinchi guruh
namoyondalari esa intellektni bola idrokining tezligi va tashqi qo’zqatuvchilarga
nisbatan munosabati bilan bog’lab tushuntirganlar. Intellekt tushunchasini rus
psixologlari aqliy iste’dod yoki aqliy qobiliyat deb ham yuritishadi. Bu muammoni
o’rganish davomida shunday psixologik konsepsiyalar vujudga keldiki, ularning
har birida intellekt tushunchasi turlicha talqinga egadir: muammolarni ochish
uslubi va strategiyasi, aqliy operatsiyalar tizimi, vaziyatlarga alohida (individual)
yondashishning samaradorligi, bilish jarayonida bunday yondashishning faollik
talab qilishi, kognitiv uslub va boshqalar.
Inson aqlining tug’ma va fiziologik xususiyati bo’lib, uning yordamida
odamlar dunyoni bilib oladilar, oldinga avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va
mavjud bilimlarni o’zinikiga aylantirib o’zlashtirib oladilar. Demak, aql ilm va
bilim bilan bog’liq. Ilm mavjud, bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan
bilib olinadigan, o’ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql real borliqni nazariy
jihatdan o’zlashtirishning oliy shakli bo’lib, insonni fikrlash qobiliyati orqali
namoyon bo’ladi. Aqlning asosiy ko’rsatkichlari fikrning mustaqilligida,
tanqidiyligi, o’zgaruvchanligida va izchilligida namoyon bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |