Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
III BOB. Tajriba - sinov ishlarini o’tkazish va natijalar tahlili
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosa
III BOB. Tajriba - sinov ishlarini o’tkazish va natijalar tahlili
1. Pedagogik tajriba – sinov maqsadi va vazifalari..........................................69 2. Pedagogik tajriba – sinov natijalari va uning tahlili....................................74 III bob bo’yicha xulosa.........................................................................................80 Umumiy xulosa………………………………………………………………….81 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….…83 Ilova………………………………………………………………………………91 3 Kirish Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha quyidagi dolzarb vazifalar belgilangan: “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilashning samarali tizimini yanada rivojlantirish” 1 ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarga ega yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini taminlashi mumkin. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda , “Biz yashayotgan XXI asr- intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va xalq uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa- bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar” 2 . Mamlakatimizda ta’lim tizimini zamonaviy talablar darajasida rivojlantirish, maktab o‘quvchilarining bilimlarni mustaqil egallashlari, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olishlari, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi. Ayniqsa, ta’lim tizimini isloh qilishda boshlang‘ich maktabga jiddiy e’tibor berilmoqda, chunki aynan shu bosqichda o‘quvchining intellektual salohiyatiga asos solinadi, bilishga bo‘lgan qiziqishlari uquvi o‘quv jarayonida rivojlantiriladi. Marifat – manaviyatga olib keladigan yo‘l. Iqtisodiy islohotlarni hal etish, hech shubhasiz, g‘oyat muhim masala. Ammo manaviy islohotlar, qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, munosib voris 1 I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” Toshkеnt. “Sharq” nashriyoti. 2000- yil.(203-209 bеtlar). 2 I.A Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”- Toshkent.: O’zbekiston, 2011, 440 bet. 4 bo‘lish, har tomonlama komil insonni tarbiyalash-bu dunyoda bundan ortiqroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q. Intellektual salohiyat haqida fikr yuritganda, ko‘pincha “ aql yoshda emas” degan ibora qo‘llanadi. Tariximizda buni tasdiqlovchi misollar bisyor: ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy 6 yoshida sherlar yoza boshlagan va Farididdin Attorning “ Mantiq ut-tayr” asarini yoddan bilgan.Hassos shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur esa 12 yoshida taxtga o‘tirgan. Buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning shonu-shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish qariyib yetti asrdirki, jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormoqda. Yoki bo‘lmasa, ul zotning suyukli nabirasi Mirzo Ulug‘bek boshchiligida rasatxonada, hali texnika taraqqiy etmagan bir davrda olib borilgan kuzatishlar natijalarining hozirgi ilmiy tahlillaridan uncha farq qilmagani (o‘sha vaqtda yulduz yili -365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya deb hisoblangan bo‘lsa, zamonaviy kompyuterlarda bu ko‘rsatgich 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniya ekani aniqlangan. Yani, o‘rtadagi farq atigi 1daqiqa-yu 2 soniya, xolos! ) dunyo ilmiy jamoatchiligini hamon hayratga solib kelmoqda. Chindan ham, intellektual salohiyatni yuksaltirish istiqlol yillarida milliy taraqqiyotning asosiy sharti va mezoniga aylandi.Chunki intellektual jihatdan qoloq xalq hech qachon rivojlanmaydi. Dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar eksport qiladigan mahsulotlarning aksariyat qismini aynan intellektual mulk mahsulotlari –yuksak texnika va texnologiyalar egallashi ham bu fikrni isbotlaydi. Bunday davlatlarning yuksak taraqqiyoti zamirida, avvalo, ularning eng katta intellektual salohiyatga ega ekani mujassamdir. Intellektual salohiyat, bir tomondan, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi texnika va texnologiyalarni yaratish va amalda qo‘llash, shu yo‘l bilan mamlakat boyligini tejash, mustahkamlash hamda yanada ko‘paytirishda asosiy kuchga aylansa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish infratuzilmasini mamlakat va jahonda yuzaga keladigan ehtiyojga qarab tez va samarali o‘zgartirish orqali shu davlatning jahon ishlab chiqarish tizimida teng qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Intellektual salohiyatning yuksak darajada 5 rivojlanishi xalqning milliy manaviyati yuksalishida ham ulkan omilga aylanadi. Yana bir muhim tomoni u milliy manfaatlarni himoya qilishda qudratli qurol vazifasini bajaradi. Qolaversa, intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatda demokratik qadriyatlar barqaror rivojlanadi. Chunki intellektual boylik faqat bilim, aql-u tafakkur, ilm-fan salohiyati bilan cheklanmay, yuksak manaviyatni ham o‘z ichiga oladi. 2012-yil 16-17 fevral kunida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “ Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti “ mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan yakuniy hujjatda “O‘zbekistonda ta’lim sohasida shakllangan samarali model yuksak baholanib, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etish lozim” 3 ,degan xulosaga kelindi. Prezidentimiz qayd etganidek, Hech shubhasiz, bugun talim-tarbiya va ilm- fan sohasiga sarflanayotgan mablag‘lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo‘lgan yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi”. Pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarning tahlili shundan dalolat beradiki, hozirgi vaqtda boshlangich sinf o‘quvchilarida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning turli shakllari va metodlaridan foydalanilib, ularning rivojlanishini ta’minlaydigan tadqiqotlar yetarli emas. Psixologlarning takidlashicha, aqliy istedod koeffitsienti qobiliyatlarning miqdoriy xarakteristikasini aniqlar emish, to‘g‘rirog‘i qandaydir, o‘zgarmas, har tomonlama aqliy istedodini yoki umumiy intellektini namoyon qilar emish. Lekin ilmiy psixologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, aqliy istedodning bu koeffitsienti funksiya hisoblanadi. 3 I.A.Karimov “Yuksak bilimli va intеllеktual rivojlangan avlodni tarbiyalash- mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modеrnizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konfеrеntsiyaning yakuniy hujjati- rеzolyutsiyasi. Marifat gazеtasi. Toshkеnt. 2012- yil 16-17 fеvral. 1-3 bеtlar 6 Shunday qilib, tanlab olingan tadqiqot mavzusining dolzarbligi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida pedagogik sharoitlarni hozirgi zamon ta’lim talablariga muvofiq ravishda yanada samarali majmuasini ishlab chiqish zarurligi bilan asoslanadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling