Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana04.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1157287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish

Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Mavzuga oid ilmiy – nazariy, pedagogik – 
psixologik, ilmiy - uslubiy manbalarini o‘rganish va tahlil qilish, respublikamizda 



nashr qilingan adabiyotlar, internet saytlari hamda o‘quv jarayonini tahlili, 
kuzatish, suhbat, so‘rovnoma, analiz, sintez, testlar o‘tkazish, pedagogik tajriba-
sinov natijalariga matematik-statistik uslublardan foydalanib ishlov berish va 
umumlashtirish. 
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:  
- boshlang’ich sinf o’quvchilari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning 
pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilimlarni o’zlari mustaqil tashkil etish 
asosida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish shakllari va metodlarini nazariy 
asoslash; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish 
metodikasining nazariy asoslarini yaratishdan iborat. 
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
intellektual qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan metodik 
tavsiyalardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari, hamda bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari foydalanishlari mumkin. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika o’qitish jarayonida ularning 
intellektual qobiliyatni oshirishga qaratilgan ta’lim jarayonining nazariy va amaliy 
jihatlari aniqlandi. 
2.Matematika o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
intellektual qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan metodik tavsiyalar mazmuni 
aniqlandi, ishlab chiqildi va u ta’lim jarayoniga tadbiq etildi, tajriba-sinovdan 
o’tkazilib, uning samaradorligi ko’rsatildi.
Tadqiqotning tuzilishi va tarkibi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3-bob, 
boblar bo’yicha xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. 




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling