Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish
35 II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarga aqliy qobiliyat muammosini o’rgatishda amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi 1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida intellektual qobiliyat tizimini yaratish jarayoni Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini tarbiyalash va ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, qiziqarli misol, topshiriq va masalalarni tanlashga alohida e’tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan misol, topshiriq va masalalar aniq bir sistemani tashkil qilishligi, o‘ziga xos tanlash usuliga va o‘qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur. Topshiriqlar sistemasini ishlab chiqish murakkab ishdir. Hozircha metodik adabiyotlarda har bir mavzuga oid topshiriqlar tanlashning ilmiy asoslangan umumiy kriteriyasi, miqdor va sifat jihatdan shakllantirilmagan, ularning mantiqiy taqsimlanish ketma-ketligi ham to‘liq ilmiy va metodik jihatdan ishlab chiqilmagan. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ayrim mavzuga, bobga doir masalalar tanlash ishiga alohida ahamiyat berishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlangan topshiriqlar sistemasi ma’lum metodik talablarni qanoatlantirishi kerak: 1. Har bir tanlangan topshiriqlar sistemasining aniq didaktik maqsadini aniqlash. 2. Ketma-ketlilik tamoyiliga rioya qilish (bunda topshiriqlarining osondan murakkabga qarab yo‘naltirilishi nazarda tutiladi). Tanlangan topshiriqlar sistemasi har xil mavzular yuzasidan bo‘lishi mumkin. “Topshiriqlarning mazmuni boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishning maqsad 36 va vazifalariga mos kelishi zarur. Tanlangan topshiriqlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchi aniq ilmiy bilimga va amaliy malakaga ega bo‘lishi kerak” 28 . Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlangan topshiriqlar sistemasi quyidagi talablarga javob bersa, bunday holda tanlangan har bir topshiriq va har bir misol, masala tarbiyaviy-pedagogik yutuqqa ega bo‘ladi: 1. Har bir topshiriqda qanday maqsad ko‘zda tutilgan? 2. Bu topshiriqning boshqa misol va masalaga nisbatan zaruriyligi nimada? 3. Nima uchun bu topshiriq tanlangan, topshiriqlar sistemasiga kiritilgan? Bu topshiriqni kiritish bilan qanday tarbiyaviy-pedagogik maqsad ko‘zda tutilgan? 4. Berilgan topshiriq o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lsa, uning javobi va yechish usuli o‘quvchini o‘ziga jalb qiladimi? 5. Berilgan topshiriqni o‘quvchilar mustaqil yecha oladimi? Buning uchun u nimani bilishi, eslashi kerak? 6. Qo‘yilgan vazifani bajarish davomida o‘quvchilarning qanday yutuqlarga erishishini xohlaymiz? Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tanlangan masalalar sistemasini tuzishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak. 1) 1-sinf o’quvchilari uchun aqlni rivojlantiruvchi topshiriqlar: sudoku Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling