Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasi
50 2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasi Boshlang’ich sinf o’quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va tez o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin bu qobiliyat va iste’dod, barcha yoshlarimizga tug‘ma talant nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, mahalla, o‘quv muassasalari va korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Iste’dod tushunchasining asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani ham anglatadi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektini oshirishda ahamiyati katta. Bunda bolalarga o’yinni o’rgatishda ularning aqliy imkoniyati nazarda tutiladi. O’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta'limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o’yinlar ta'limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya'ni didaktik o’yinlar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o’yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar. Didaktik o’yinlar bolaning aql-idrokiga, his-tuyg’usiga ta'sir etib, unda o’qishga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan ijro etadi. O’yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o’quv kunining quvonchli manzarasi 51 gavdalanadi. Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf o’quvchilari ishtirok qiladi. Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan ba'zi birlari bevosita ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo -ishoralar vositasida bevosita qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining misolni qanchalik to’g’ri-noto’g’ri yechayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa o’qituvchiga o’quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi, hamda o’quvchi zehni, aql-idrokini tekshirishda o’qituvchiga qulaylik tug’diradi. Didaktik o’yinlar ijodiy shaxs tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin, uning har bir takrorlanishi topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bo’lishni talab qiladi. Uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. Biz bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar. Bu o’yinlarda bolalarning o’z-o’zlarini boshqara, tuta bilishga o’rganishlarini ta'kidlab o’tish lozim. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi. Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi o’quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir. Didaktik o’yin — ta'lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta'limiy maqsadlarga erishuvga, ya'ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya'ni ma'lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Sanoqqa doir didaktik o’yinlar o’zining mazmuniga ko’ra, umumiy bo’ladi, ya'ni ularni («Jimjitlik», «Narvoncha», «Eng yaxshi hisobchi» va boshqalar) butun yil 52 bo’yi turli usullarda o’tkazish mumkin. Ko’pchilik o’yinlarni hеch qanday ko’rsatmali qurolsiz o’tkazish mumkin. Odatda ulardan darsning boshlanish qismida og’zaki hisoblash o’rnida yoki darsning oxirgi qismida (3—5 minut davomida) mustahkamlovchi vosita sifatida foydalaniladi. «Jimjitlik» (bir nеcha usuli), «Hisoblayvеr», «Kеtgan kim?», «Biz kamayib qoldik», «Nima o’zgardi?», «Eng yaxshi hisobchi» (bir nеcha turlari), «Bir-biriga qarama-qarshi», «Tingla va o’yla», «Narvoncha» (bir nеcha usuli), «Zanjircha» «qo’shish yoki ayirish», «hisoblashni qaysi son bilan (boshlagan bo’lsang, o’sha son bilan tugat», «Anqayib o’tirma», «Kim aniqroq va tеzroq», «Mеn bir sonni o’ylab qo’ydim», «Top-chi, qancha?» va boshqa o’yinlar ana shular jumlasiga kiradi. «Tеatr», «Jadvalni qidirib top», «Doiraviy misollar», «Do’koncha», «Yarmarka» (bir nеcha turi), «Qaysi surat bеkitildi?» «Ko’rganni eslab qolish diktanti», «Sonli jadvallar» «Qiziqarli kvadratlar» va boshqa ko’rsatma qurollari — jadvallari, o’yinchoqlari, makеti, ko’rgazmalar, turli buyumlari bo’lgan va maxsus tayyorlangan o’yinlar qatoriga kiradi. Sanoqqa doir o’yinlar birinchi va ikkinchi o’nliklar doirasidagi sonlarni qo’shishni, ayirishni so’ngra esa ko’paytirish va bo’lishni mustahkamlovchi o’yinlar birinchi guruhga kiritiladi. Turli usullarda son tuzishni mashq qildiruvchi, sonlar o’rtasidagi bog’lanishlarni mustahkamlovchi o’yinlar ikkinchi guruhga kiritiladi. Undan oshirib hisoblash malakalarini mustahkamlovchi o’yinlar uchinchi guruhga kiritiladi. To’g’ri va tеskari sanashni hamda son tarkibini mustahkamlovchi o’yinlar to’rtinchi guruhga kiritiladi. Ko’paytirish va kamaytirish topshiriqlarini bajarish malakalarini mustahkamlovchi o’yinlar bеshinchi gruppaga kiritiladi. Xat-savodga doir o’yinlar o’qish va yozish darslarida o’tkaziladi. Jadvalda kеltirilgan o’yinlardan ba'zilari («Oldin qanday qo’yilganini ko’rib ol va xuddi shunday qilib qo’y), (ko’rganni eslab qolish diktanti), «Xuddi shunday qilib joyla», «Bo’lishlar», ko’rsatmali ko’rgazmalardan foydalangan holda, qolganlari esa ko’rsatma matеrialsiz 53 o’tkaziladi. Xat-savod egallanishi bilan xat-savodga doir o’yinlarni o’tkazish ehtiyoji yo’qolavеradi. Masalan, Narvoncha» o’yini ko’raylik. Didaktik topshiriq: birinchi o’nlik ichida qo’shish va ayirish jadvalini yaxshilab bilib olish. O’yin topshirig’i: «Narvoncha»dan boshqalarga qaraganda tezroq yugurib tushishga intilish, ya'ni bir necha misolni tezroq va aniqroq yechish. O’qituvchi uyga berilgan topshiriqni tekshirib bo’lganidan keyin: «Bolalar, hozir men tekis zinalar chizaman. Eng yuqoridagi pog’onaga «1» sonini, ikkinchisiga +2, uchinchisiga +3 hokazo belgilarini yozib qo’yaman. Raqamlarning pog’onalarda qanday joylashganini yaxshilab ko’rib olinglar va o’zinglarcha yechinglar. 1 va 2 – pog’onalardagi sonlarni qo’shganingizdan keyin navbatdagi pog’onaga o’tavering. Qani, «Narvoncha»dan kim birinchi bo’lib tushadi. Oradan 2 minut o’tgach, bir necha o’quvchi javob berish uchun qo’l ko’taradi. o’qituvchi bolalarning hamma javoblarini (jumladan, noto’g’ri javoblarini ham) yozib boradi. So’ngra butun sinf ovoz chiqarib «Narvoncha» masalasini yechishga o’tadi. O’qituvchi g’olib chiqqan bolalarni maqtab qo’yadi, yana bitta «Narvoncha» chizib, uning yuzasidan beriladigan javob tez va aniq bo’lishi kerakligini ta'kidlab o’tadi. «Ketgan kim» didaktik o’yini: Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib olishni mashq qildirish. O’yin topshirig’i: bolalarning safga tizilish tartibini bilib olish, ularni sanab chiqib, shaxsi bilan solishtirish (Vali — beshinchi, Iroda — uchinchi va xokazo). hisob bo’yicha son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning nomini aytish. 54 O’yinning borishi; o’yin boshlangunga qadar bolalar bilan bir oz tayyorgarlik o’tkaziladi. O’qituvchi 6 kishini doskaga chaqirib: Ahmad — birinchi, Sharif — ikkinchi...» deydi. So’ngra ularning har biridan sanoq bo’yicha nechanchi ekanligini so’raydi. Bu esa har bir bolaga o’zining tartib nomerini bilib olishga yordam beradi. Shu maqsadda u hamma chaqirilgan bolalardan: «Sen nechanchisan» deb so’rab oladi. O’quvchilar: «Men — beshinchi», «Men — ikkinchi», «Men — to’rtinchi» va hokazo deb, javob beradilar. Shundan keyin o’qituvchi bolalarga yana bir marta yaxshilab hisoblab chiqishini, kim-kimning ketidan turganini eslab qolish va kimning nomeri nechanchi ekanligini bilib olishni taklif etadi. O’qituvchi o’quvchilardan birini chaqirib, shunday deydi: - Lola, bolalarga bir qarab, ularning tartib raqamini eslab qol. Keyin sinfdan chiqib tur. Seni chaqirganimizda kelib, kim ketganini aytib berishing kerak. Agar sen to’g’ri aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang — indamay turaveramiz. Lola sinfdan chiqadi. o’qituvchi beshinchi bolani joyiga o’tqazib qo’yadi. Qolgan o’quvchilar bir-birlariga yaqinroq turib oladilar. Lola kirib keladi, doska oldida turgan safga, butun sinfga nazar tashlab, kerakli o’quvchini qidiradi. Lola 2 minutcha o’ylanib qoladi, o’rniga borib o’tirgan o’quvchini ko’rib, uning ilgari qayerda turganini eslaydi va «Beshinchi!— deydi. Bolalar xursandchilikdan qarsak chalib yuboradillar. Endi Yo’ldosh eshikka chiqadi. Yo’ldosh sinfga kiriboq, uchinchi bola yo’qligini aytadi. o’quvchilar qarsak chalishadi. So’ngra Vahob sinfdan chiqib turadi. Oltinchi o’quvchi joyiga borib o’tiradi. Vahob sinfga kirib: «Ikkinchi bola o’z joyiga borib o’tiribdi»,—deydi. Sinfda jimjitlik. o’qituvchi: «Yana bir o’ylab ko’r, mana bu tomonda kim turganini eslachi»,— deydi. Vahob indamaydi. o’qituvchi o’tirgan o’quvchilardan biriga murojaat qilib: «Baxtiyor, ketgan kim» desa, u istar-istamas. «To’qqizinchi»,— deb javob beradi. Shundan so’ng o’qituvchi oltinchi bolani tag’in o’z joyiga chiqaradi-da, uning qayerda turganligini Baxtiyordan so’radi. Baxtiyor oltinchi o’quvchini ko’rsatgach, o’qituvchi uning 55 nomeri nechanchi ekanligini aytib berishni so’raydi. «Baxtiyor,— deydi o’qituvchi,— demak, ketgan kim» Baxtiyor: «Oltinchi!»—deb dadil javob beradi. O’yin oltita o’yinchidan har biri navbatma-navbat borib joyiga o’tirguniga qadar davom ettiriladi. Kim to’g’ri topsa, o’qituvchi uning g’olib chiqqanligini aytadi. Har bir berilgan to’g’ri javobdan so’ng bolalar qarsak chalishadi. O’yin 10 minut davom etadi. Bu o’yin g’oyat foydali bo’lib, aqlni charxlash, intellektni oshirish, mantiqiy fikrni, xotirani, bir narsani ikkinchisidan ajrata bilish qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar asosida amallarni bajarish, masalalarni yechishga qaratilgan qiziqarli mazmun, bolaning aqliy va jismoniy harakati yotadi. Ular orqali fikrlash jarayoni - tahlil taqqoslash xususiyatlari rivojlanadi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar ahamiyati shundaki, ular o‘quvchilarning ta’lim olishiga, tarbiyasiga va rivojlanishiga xizmat qiladi. O‘yin davomida yuzaga keluvchi ijobiy his-hayajon o‘quvchilarning kichik yoshdagi o’quvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalashini faollashtiradi, xotirasini, e’tiborini kuchaytiradi. o‘yin davomida o‘quvchilar o‘zlari bilmagan holda ko‘pgina harakatlar, mashqlar bajaradi, masalalar yechadi va hokazo. O’quvchilar diqqat e’tibori o‘yinga, o‘yin maqsadlarini bajarishga qaratilgan. Ayni paytda ular qiyinchiliklarni yengib yangi sharoitdagi mavjud bilimlarni o‘zlashtiradi. Masalan, o‘qituvchi, yosh iztoparlar shifrlangan xat topishganini va shifr belgilarini topib uni o‘qish zarurligini aytadi. Agar misollar ustuni yechilsa va javoblar orqali olinadigan raqamlar o‘rniga kerakli harflar qo‘yilsa, ushbu masalani bajarish mumkin. O‘quvchilar misollarni tez va qiziqish bilan yechadilar. Agar, atigi bitta misol notog‘ri yechilsa, xat shifrlarini o‘qib bo‘lmasligini ular yaxshi biladi. Odatda bunday mashqlar ko‘tarinkilik bilan 56 bajariladi, chunki o‘yin holati kichik yoshdagi o’quvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalashiga hayajon olib kiradi. o‘quvchilar o‘yin davomida nafaqat tarbiyalanadi yoki yangi bilimni o‘zlashtiradi, shuningdek har tomonlama rivojlanadi ham. Ya’ni ularning xotirasi, nutqi, fikrlashi, ijodi taraqqiy etadi. Maqsad o‘yin emas, o‘yin tarbiya vositadir xolos. O‘yinga dam olish, vaqt o‘tkazish vositasi deb qarash kerak emas. Aks holda uning tarbiyaviy vosita sifatidagi ahamiyatini susaytiradi. Unga ta’lim beruvchi faoliyat deb qarash lozim. Boshqa faoliyat turidan alohida ajratish kerak emas. Ilg‘or o‘qituvchilarning ta’lim berish tajribasida didaktik o‘yinlarning juda ko‘p turini, ular dan foydalanishning ajoyib usullarini ko‘rish mumkin. Ushbu fikrlardan kelib chiqib turli xil didaktik o‘yinlarning quyidagicha tasnifini keltirish mumkin. I. Didaktik o‘yinlar o‘tkazilayotganda ko‘zda tutilgan maqsadga ko‘ra ular ta’lim beruvchi, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi mazmunda bo‘lishi mumkin. O‘rgatuvchi o‘yinlar quyidagi o‘yinlarga bo‘linishi mumkin: a) bolalarni yangi o‘quv materialni tayyorlash bilan bog’liq; b) Ilgari o‘zlashtirilgan bilim, mahorat va malakani mustahkamlashga, kengaytirishga va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan o‘yinlar. Nazorat qiluvchi o‘yinlarga esa asosiy mohiyati bolalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘lgan, bilimlarni nazorat va hisobga olishga qaratilgan o‘yinlar kiradi. Amalda bir vaqtning o‘zida ham o‘rgatuvchi ham nazorat qiluvchi bo‘lgan o‘yinlar ko‘p uchraydi. Shu bois ularning maqsadlarini qiyoslabgina u yoki bu o‘yinning o‘rgatuvchi yoki nazorat qiluvchi ekanligi haqida gapirish mumkin. 57 Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ishini kuzatish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha ilgari o‘zlashtirilgan bilim, mahorat va malakani mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlardan foydalaniladi. Yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash va yangi bilimlarni bilan bog’liq o‘yinlarning ahamiyat o‘lchami katta emas. Bu uslubiy adabiyotda ularning to‘liq ishlab chiqilmaganligi bilan bog’liq. Ayrim misollarni ko‘rib chiqamiz. Masalan qo‘shish amalining ko‘chish xususiyatiga kirishga (qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuniga) tayyorgarlikda "Nima o‘zgardi?" o‘yini quyidagi ko‘rinishda o‘tkazilgan bo‘lsin: ko‘rgazmali tayoqcha yordamida ikkita qizil doira va uchta ko‘k doira qo‘yiladi. o‘qituvchi bolalardan ko‘zlarini yumub turishini so‘raydi va doiralar o‘rnini almashtiradi. Bolalar diqqat bilan qarab nima o‘zgarganini aytib berishi kerak. Shartli ravishda tarbiyaviy o‘yinlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Agar o‘yin alohida shaxsiy sifatlarni (diqqat e’tibor, kuzatuvchanlik, axloqiy fazilat, jamoada o‘zini tuta va h.k.) Tarbiyalashga qaratilgan bo‘lsa u tarbiyaviy o‘yin deb ataladi. "Eng yaxshi hisobchi", "Kim to‘g’ri va tez hisoblaydi", "Sonni top", "Hammaga yetadimi?" kabi o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati katta. 2. Didaktik o‘yinlar turlarga va u yoki bu faoliyat mazmuniga bog’liq holda bo‘limlarga ajratilishi mumkin. O‘quvchilardan quyidagilarni talab qiladigan faoliyat turidir: a) tom ma’noda o‘qituvchining hatti-harakati va mulohaza yuritishini takrorlashga asoslangan; b) o‘qituvchi rahbarligida o‘zlashtirilgan bilim, mahorat va malakani (ilgari shakllanib bo‘lgan sharoitda yoki undan farqli sharoitda) mustaqil qo‘llashni talab etuvchi faoliyat: v) aqliy o‘yinlar deb yuritiluvchi o‘yinlar. 58 Bunday o‘yinlarga uni bajarishda o‘quvchilar tahlil qilishni, qiyoslashni, tasniflashni, fikr yuritishni (mantiqiy o‘yinlar), yangi bilimlarni o‘zgacha sharoitda qo‘llashni o‘rgatuvchi o‘yinlar kiradi. Misol uchun "Kartochkadagi gul nomini top" deb ataluvchi o‘yinni ko‘rib chiqamiz. O‘yin uchun uchta kartochka olinadi. Ulardan birida masalan, qizg’aldoq, ikkinchisida - qoqigul va uchinchisida gulxayri tasvirlangan bo‘lsin. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling