Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish
69 III BOB. Tajriba - sinov ishlarini o’tkazish va natijalar tahlili 1. Pedagogik tajriba – sinov maqsadi va vazifalari Tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda – 2012- 2014 yillarda olib borildi. Birinchi – izlanuvchi bosqich (2012-y 3-30 dekabr)da muammoning maktab amaliyotidagi ahvoli o‘rganildi, tahlil qilindi. Dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari, ob’yekti, predmeti, ilmiy farazi va boshqalar belgilab olindi. Ikkinchi - tasdiqlovchi bosqich (2013-y yanvar-iyun)da boshlang‘ich sinflarning matematika darslarida intellektual qobiliyatni rivojlantiruvchi topshiriqlar majmuasi tuzildi, undan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi. Tajribaning uchinchi bosqichi 2013-y sentyabr oyidan 2014-y mart oyigacha tajriba materiallarining ma’qulligi va samarasini tekshirish maqsadida o‘tkazildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ularning natijalarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ilmiy tadqiqot ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi bosqichlarda pedagogik tadqiqot olib borildi. Birinchi bosqichda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellektual qobiliyatni rivojlantirish masalasi bevosita o‘quvchilarda bilishga qiziqishni shakllantirish bilan bog‘liqligi jihatidan tahlil qilindi. O‘quvchilarda intellektual qobiliyatni rivojlantirish muammolarini amaliy hal qilishda o‘qitishning bir qator qonuniyatlari ishlaydi. Eng muhim umumiy qonuniyatlardan biri, bu - o‘quvchilarning aqliy faoliyatida shakllangan bilimlar ko‘lamining bilishga qiziqish bilan bog‘liqligidir. Birinchi bosqichda o‘quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida 222- maktabning boshlang‘ich sinflaridan 193 nafar o’quvchisi tajriba-sinov maydoniga jalb etildi. Matematika darslarida 4-sinf o’quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlanganlik ko‘lamini o‘rganish maqsadida tajriba-sinov o‘tkazildi. Tajriba- sinov ishlarida bilimlarni tashxis qilishning turli xil usullari qo‘llanildi: test o‘tkazish, yozma ish, savol-javob o‘tkazish. 70 Ikkinchi bosqichda olib borilgan ilmiy izlanishlarning tahlili sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida biz tavsiya etayotgan metodik ishlar amalga oshirildi va uslubiy ko‘rsatmalar berib borildi. Tajriba - sinov ishining uchinchi bosqichida maxsus ishlab chiqilgan metodika yuzasidan faoliyat olib borildi va 222-maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan jami 193 nafar o‘quvchisi jalb etildi. Quyida tajriba-sinov ishlarida foydalanilgan testlardan na’munalar keltiramiz: O’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga oid test topshiriqlari 1- Test Mavzu: 3 soni 1.Qatorni davom ettiring 3 2 1 1 1 1 2 2 2 3 3 3 1 2.Kataklarga tegishli raqamni yozing. 3. Kataklarga mos sonlarni yozing. 71 > 1 < 3 = 3 = 2 > 1 < 2 . 4 . Davom ettiring . 2 - Test Mavzu: Qo’shiluvchilar, yig’indi. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasi 1. Qo’shiluvchilarni belgilang: 9 + 1 = 10 2. Guruhlarga ajrating: 3. Hisoblang. 3+2= 3-1= 5-3= 7-4= 7+2= 4+3= 4.Qatorni davom ettiring . 5 0 5 5 0 0 72 3-Test Mavzu: Kamayuvchi. Ayriluvchi. Ayirma. 1. Qatorni davom ettiring. 6 0 6 6 0 0 2. Ifoda nimani bildiradi. Masala tuzing va yeching: _______________ _______________ _______________ 3. Tushirib qoldirilgan sonlarni yozing. 4. Sariq, ko’k va qizil ranglarda bo’yash mumkin bo’lgan usullarni ko’rsating: Qizil va sariq gullar. 6-3 Kichik va katta sharlar. 4-2 Uchburchaklar va to’rtburchaklar. 5-4 4 Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling