Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja
Download 0.98 Mb.
|
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish
Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilishReja:1.Didaktik tamoyillari tòģrisida tushuncha.2.Òqitish tamoyillari.Hozirgi zamon pedagogikasida oʻqituvchining faoliyati hamda oʻquvchilar bilish faoliyatining xarakteri aniq didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Tabiiy fanlarni oʻqitish fani quyidagi didaktik tamoyillarga amal qiladi.1. Oʻqitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab tabiiy fanlar kursi tabiiy fanlarning turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir, Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab oʻquvchilari tabiat toʻgʻrisidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murakkabrogʻi bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiiy fanlarni oʻqitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.Oʻqitishning muntazamliligi, ya'ni sistemaiiligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bogʻlanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan:1) nazariy tabiiy fanlar bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli oʻyinlar (bu boshlangʻich sinflardagi oʻqitish uchun xarakterfidir) ni; 2) Atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar) ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bogʻlanishni nazarda tutadi. Tabiiy fanlar kurslarining izchilligi oʻquvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioyaqilish zaruratiga qarab oʻquv materialining tushunarli boʻlishi bilan belgilanadi.Chunonchi: 1) maktab tabiiy fanlar kursi jonsiz tabiatdagi oʻsimlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy oʻzgarishlarni; 2) jonajon oʻlka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini; 3) Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan oʻrganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena boʻyicha oddiy (elementar) ma'lumotlarni beradi. 6-11 sinflarda biologiya fani oʻrganilishidan oldin 4- sinfda tabiatshunoslik fani oʻtiladi, u 1-4- sinflarda atrof olamning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5-6- sinflardagi botanika va 7-8- sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat toʻgʻrisidagi boshlangʻich bilimlar asosida tuziladi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling