Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja


Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) oʻquvchilarning oʻqishga ongli va ijodiy munosabatda boʻlishlarini


Download 0.98 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1580214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish

Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) oʻquvchilarning oʻqishga ongli va ijodiy munosabatda boʻlishlarini;

2) oʻrganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalayolishlarini;

3) oʻqishning ijodiy xarakterda boʻlishini;

4) bilimlarni amaliyotda ongli qoʻllashni va ularni ishonchga aylanishini oʻz ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol oʻqituvchiga taalluqlidir, u oʻquvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshi bajarishga qiziqish uygʻotishi kerak. Oʻqitishda onglilikni namoyon boʻlishining oliy shakli oʻquvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, oʻtkazilgan kuzatishlarni tavsiflash va oʻqituvchi taklif qilgan mavzu boʻyicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bogʻliq boʻladi.

Oʻqitishning koʻrgazmalilik tamoyili.Koʻrgazmalilik tamoyilidanfoydalanishning asosiy vazifasi oʻquvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi oʻqitishni nazarda tutadi. Koʻrgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni oʻrganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab oʻquvchilari koʻrganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida toʻgʻri tushuncha va xulosalar hosil boʻlishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak. Tabiiy fanlar boʻyicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda oʻrganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar oʻtkazishga imkon beruvchi metodlarning qoʻllanilishini, ya'ni oʻquvchilarning bevosita koʻz bilan yoki bevosita koʻrib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan koʻrgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.

Tabiiy fanlarni oʻqitishdagi koʻrgazmalilikni mashgʻulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi oʻsimiiklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba koʻrinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli koʻrgazmaliliicka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy koʻrgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir. Predmetli va tasviriy koʻrgazmaliiikni amalga oshirish asosida oʻqitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, oʻrganilayotgan masalalarga oʻquvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga oʻrgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, oʻzlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta'minlaydi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling