Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja
Download 0.98 Mb.
|
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish
Tabiiy fanlarda nazariy bilimlar oʻquvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq oʻzlashtirib olinadi. Bunda amaiiyot oʻquvchilarni nazariyani oʻzlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda bahor mavzusini oʻrganish boʻyicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta'sirini aniqlash uchun urugʻlar ekish), keyin esa mavzuni oʻrganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma'qul.Nazariyaning amaliyot bilan bogʻlanishini amalga oshirishga jamoa xoʻjaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar, shuningdek, gʻoʻza, poliz ekinlari, gʻalla ekinlari, sezgi organlari, yurak va qon mavzulari boʻyicha amaliy ishlarning oʻtkazilishi yordam berishi mumkin. Oʻquvchilarning tirik tabiat burchagidagi (oʻsimliklarni ekish va koʻpaytirish) ishlarini, shuningdek, oʻsimliklarning suvga, issiqlikka, yorugʻlikka ehtiyojini, manzarali gul oʻsimliklarining oʻsishi va rivojlanishiga organik va mineral oʻgʻitlarning ta'sirini oʻrganishni, hosildorligini oshirish boʻyicha tajribalar oʻtkazishni mehnat darslari bilan bogʻlb olib borish nazariy bilimlarni amaliyot bilan aloqasini yaxshilash imkonini beradi.Tabiiy fanlar darslarida nazariyaning amaliyot bilan bogʻlanishini amalga oshirib borishda oʻquvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni oʻzlashtirib olishga boʻlgan intilishlarini boʻshashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obyekt va tajribalarni tanlash kerakki, bunda ular nazariy tamoyillarni tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.Tabiiy fanlarn oʻqitishda nazariyani amaliyot bilan bogʻlanishi, uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, shuningdek, amaiiy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. Oʻrganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarning bar xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy mashgʻulotlar, ijtimoiy foydali mehnatdan foydalanish mumkin.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling