Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja


Download 0.98 Mb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1580214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish

Oʻquv materialining ilmiy va tushunarli boʻlish tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni mustaqil oʻquvpredmeti sifatida oʻqitishga yetarli darajada e'tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlani kelindi, goho predmetli darslar va izohli oʻqish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida oʻqitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiiy fanlar kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvoflq keladi. Tabiiy fanlar dasturi Oʻlkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlangʻich sinflardagi tabiiy fanlar ta’limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.

Tabiiy fanlarni oʻqitishda ilmiylik tamoyili hozirgi zamon fanida qat'iy qaror topgan tamoyillarni oʻquvchilarga oʻzlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiiy fanlar boʻyicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta'minlash uchun kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining idrok qila olish imkomyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma'lumotlarni tanlab olish kerak. Oʻquvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi oʻquv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini toʻgʻri aniqlash oʻquvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, oʻquv inaterialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng toʻgʻri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi.

Bu oʻquvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin koʻtarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq oʻzlashtirib olinishiga imkon beradi.Oʻquv materialining ilmiyliligi tushunarli boʻlishi kerak, bunga uni oʻquvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiatshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarida oʻqishga qiziqish uygʻotadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlash, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaiiy masalalarni yechishga undaydi. Nazariyani amaliyot bilan bogʻlash. Nazariyani amaliyot bilan bogʻlash oʻquvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu ularning oʻzlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limi va oʻquvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.Oʻqitishda nazariya bilan amaliyotning bogʻlanish xarakterini oʻquv predmetining mazmuni taqozo qiladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling