Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja


Download 0.98 Mb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1580214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish

Oʻqitishning individuallashtirish tamoyili. Oʻrta ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini oʻrganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab oʻquvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni oʻzlashtirish jarayonlariga ta'sir koʻrsatadi. Biroq oʻqitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni oʻzlashtirish darajasi birxil boʻlishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga toʻgʻri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining oʻxshashligi boʻlishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir oʻquvchi uchun oʻzining individual xususiyatlari;

1) diqqatning rivojlanishi;

2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri;

3) predmetga munosabati;

4) koʻrgazmali va ogʻzaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi;

5) oʻquv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri;

6) tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarining sifati, ogʻzaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi oʻziga xosdir.Oʻqituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir oʻquvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini oʻrganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak.Oʻqituvchining oʻz oʻquvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim oʻquvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida oʻrganib boradi.

Oʻquvchilarning qanday oʻzlashtirayotganligidan qatiy nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni oʻzlashtirishga qiynalayotganlarga oʻz vaqtida qoʻshimcha yordam koʻrsatish zarur. Oʻqituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va oʻquvtajriba maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) oʻquvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, oʻrganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak. Oʻquvchilarga individual yondashishga asoslangan oʻqitish jarayoni oʻquv materialining muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta'minlaydi, axloqiy me'yorJarni singdiradi.tining xilma-xilligi mavzusini


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling