Mavzu: Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish Reja


Download 0.98 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1580214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiga òqitishning didaktik tamoyillarini òrganish va tahlil qilish

Tabiat jismlari va hodisalari yuzasidan olib borilgan kuzatishlar materialni tuShunib olishga va oʻzlashtirilganlarni mustahkamlashga, oʻqituvchi rahbarligida tabiat hodisalari oʻrtasidagi сhuqur bogʻlanishlarni aniqlashga, jismlar toʻgʻrisidagi fikrlar bilan koʻrishganlarini taqqoslashga imkon beradi. Soʻz bilan qabul qilish, soʻz bilan tasavvur etish oʻrtasida puxta bogʻlanishlarning vujudga kelishi oʻquvchilarning tabiat jismlari va hodisalari toʻgʻrisida oʻqituvchi hikoya qilib berganlarning va ular toʻgʻrisida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tuShunib olishlariga imkon beradi.

Bilimlarni puxta oʻzlashtirish tamoyili. Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan oʻquv hamda koʻnikmalarni oʻquvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. Oʻquvchilar bilimining puxta boʻIishi oʻqituvchining koʻrsatib oʻtilgan tamoyillardan oʻquvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bogʻliq.Bilimlarni puxta boʻlishiga erishish uchun, avvalo, oʻquv yili boshlanishida ilgari oʻtilgan materialni yangi bilimlarning oʻzlashtirilishi ongli boʻlishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan koʻproq bogʻliq boʻlgan boʻlimlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni oʻzlashtirishning birinchi bosqichida oʻqituvchi oʻquvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak.

Chunonchi, Vatanimiz tabiaoʻrganishda oʻquvchilar avval oʻlkadagi tabiiy sharoitning turli-tumanligi, keyin bar bir zona bilan tanishadilar. Bu yangi fanlar kiritib borish imkoniyatini beradi, ular yordamida har bir zonaga xos boʻlgan xarakterli xususiyatlar, jumladan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi aniqlanib, oʻquvchilarning bilish faoliyatlarini faoilashtiruvchi qoʻshimcha ma'lumotlar berib boriladi. Puxta bilimlarga erishishda ularni oʻquvchilarning faol fikr yuritishlari asosida muntazamlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilar yangi bilimlarni, ilgari oʻrganilgan material bilan bogʻlab, сhuqurroq oʻzlashtiradilar.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling