Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Kapital harakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar


Download 0.51 Mb.
bet103/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Kapital harakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.

Xorijga aktivlarni sotish valyuta zahirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operasiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi. Joriy operasiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq, ya‘ii balansning bu ikki bo’limi bir-biri


bilan tenglashib boradi.

To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operasiyalar + Kapital harakati balansi

Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zahiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zahiralariga ega bo’lib, bu zahiralar joriy operasiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi.


203
Joriy operasiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Y=C+I+G+Xn;

Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);


Sn = I+Xn


(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda).
Bu yerda: Sn – milliy jamg’arish; (I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operasiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’ycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn < 0  X-M < 0  X< M ;
I-S >0  I >S  xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq import qilinishini taminlaydi (M>X). Ya‘ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi.
Joriy operasiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0  X-M>0  X>M;
I-S<0  IDavlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega bo’lmagan to’lov balansining katta davriy taqchilligi bo’lgan
204
hollarda o’z valyutalari devalvasiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko’payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o’sishi hamda to’lov balansi kamomadi tugatiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling