Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Chegaralangan resurslar va ―daromadlar –xarajatlar‖ ning doiraviy oqimi modeli


Download 0.51 Mb.
bet7/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Chegaralangan resurslar va ―daromadlar –xarajatlar‖ ning doiraviy oqimi modeli

Makroiqtisodiyotda mamlakat iqtisodiyoti va uning yalpi ishlab chiqarishning o’sishi, pasayishi, turg’unlik davrlarini iqtisodiy tahlil qiladi va uni tartibga solish iqtisodiy mexanizmlarini yaratadi.



Makroiqtisodiyotdagi muammolarni qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: Insonlar chegaralangan imkoniyatlar doirasida yashaydilar. Jamiyatda yoki umuman dunyo miqiyosida barcha resurslar, mablag’lar, vaqt, chegaralanganligi u yoki bu ishlab chiqarishni ma‘lum vaqtda amalga oshirishni taqazo etadi. Mablag’larining chegaralanganligi u yoki bu maqsadni insonlarning jismoniy va aqliy imkoniyatlari chegaralangandir. Masalan, vaqtning oshirishni moliyaviy jihatdan mushkullashtiradi. Resurslarning chegaralanganligi barchaning bir vaqtning o’zida hamma ehtiyojlarini ko’ndirish mumkin emasligi muammosi paydo buladi va hokazo.
Shuning uchun Makroiqtisodiyotda davlatda nimalarni, qanday va kimlar uchun ishlab chiqarish muammosi hal qilishga qaratilgandir.
Bundan tashqari resurslarning chegaralanganligi oqibatida raqobat yuzaga keladi. Bu kishilar o’rtasidagi raqobat bo’lmasdan, balki alternativ maqsadlar o’rtasidagi raqobatdir, chunki bir resursni uzi bir
13
necha maqsadlarga ishlatilish mumkin. Bu vaqtda ma‘lum bir variantda resurslardan samarasiz foydalanishi hollari va boshqa salbiy holatlar paydo bo’lishi mumkin. Bularning natijasida iqtisodiyot bir tekis rivojlanmaydi.
Bu iqtisodiyotdagi notekislikni davlat Makroiqtisodiy siyosat olib borilib, ma‘lum darajada barqarorlikka erishiladi.
Iqtisodiyotga davlat ikki yo’l bilan ta‘sir o’tkazishi mumkin. Ulardan biri davlatni soliqlardan foydalanishi va byudjet mablag’larini sarflashi bilan bog’lik bo’lib, u fiskal siyosat deyiladi. Ikkinchisi iqtisodiyotda pul muomalasini va kredit pullar miqdorini tartibga solishdan iborat bo’lib, u monetar siyosat deyiladi.
Bundan tashqari hukumat iqtisodiyotga maoshlar va narxlarni chegaralashtirish, valyuta kurslarni va tashqi savdo siyosati orqali ham keskin ta‘sir o’tkazishi mumkin.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya‘ni davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq Iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma).
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha Iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda ―resurslar - tovarlar va xizmatlar‖ oqimiga qarama qarshi yo’nalishda ―daromadlar - xarajatlar‖ ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya‘ni, uy xo’jaliklari o’zlari yetkazib bergan Iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste‘mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki
14
mavjud bo’lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi.
Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo’lgan Iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi.
11 8
12 7

15 6
10




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling