Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
Eksport narxlar indeksi EiSavdo sharoiti indeksi = ---------------------------------- 100 = 100 Import narxlar indeksi Ii Indeksning o’sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya‘ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi. Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o’zgarishi hisobiga, unga bo’lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo’layotgan o’zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar. Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo’ladi. Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste‘molidagi o’zgarishlarga qarab o’zgaradi. Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to’g’risida ma‘lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov balansini yomonlashtiradi. A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta‘sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq. Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko’rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan. 184 J. St. Millning xalqaro savdo nazariyasi. Millning fikriga ko’ra, import qilinadigan tovarlarning narxi evaziga berilishi kerak bo’lgan eksport qilingan tovarlarning miqdori bilan o’lchanadi, ya'ni Millga ko’ra birja narxi talab qonuni va ta'minot qonuni bo’yicha aniqlanadi, bu esa mamlakat eksporti va importi o’rtasidagi muvozanatni ta'minlaydi. Binobarin, xalqaro savdo muammolarini tahlil qilishda u talab va taklif omillaridan foydalanadi. Mill shuni aniqladiki, tovarlari chet elda eng katta talabga ega bo’lgan va chet eldan tovarlarga eng kam ehtiyoj sezadigan mamlakat g’olib hisoblanadi. Demak, J. St. Millning xalqaro savdo nazariyasi, talab va taklifning o’zaro ta'siri asosida belgilanadigan va mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashni muvozanatlashtiradigan bozor narxi mavjudligidan kelib chiqadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling