Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Valyuta va valyuta tizimi tushunchasi


Download 0.51 Mb.
bet105/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Valyuta va valyuta tizimi tushunchasi



Valyuta – keng ma‘noda mamlakat pul birligini (masalan, so’m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma‘noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma‘nosida qo’llaniladi.
Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega.
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo’lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.
Jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta‘minlashga qaratilgan mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarining yig’indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to’lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari);


  • Valyuta kurslarini o’rnatish va saqlab turish mexanizmini;


206

  • Valyuta bozorining ishlash tartibini;

  • Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;


  • Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;


  • Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining barqaror faoliyatini ta‘minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki).




Xalqaro valyuta yoki xalqaro to„lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo’lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi
Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:
  • Zahiralardan foydalanish- valyuta kursini mustahkamlash uchun rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi


  • Savdo siyosati- savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to’g’ridan- to’g’ri nazorat qilish. Masalan, AQSh dollarining yetishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin.


  • Valyuta nazorati- milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning yetishmasligi muammosini hal qilishi va chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o’rtasida taqsimlash.


  • Ichki makroiqtisodiy tartibga solish- ichki soliq yoki pul-kredit siyosatidan tegishli chet el valyutasining yetishmasligi bartaraf qilish maqsadida foydalanish. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi


1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling