Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va eksport
15.3-Jadval.O’zbekiston respublikasi tashqi savdosining Tovar tarkibi, jamiga nisbatan foiz xisobida
195 Savdo embargosi - davlat tomonidan tovarlarning ayrim turlarini istalgan mamlakatga olib kirishni yoki istalgan mamlakatdan olib chiqishni taqiqlash. Bunday iqtisodiy sanksiyalar iqtisodiy manfaatlar uchun emas, balki siyosiy sabablarga ko’ra amalga oshiriladi. Savdo embargosi BMT qaroriga binoan bir mamlakatga taalluqli yoki jamoaviy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Savdo aloqalarini cheklaydigan embargo unda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarga iqtisodiy zarar etkazadi. Shu bilan birga, savdo embargosiga qo’shilmaydigan mamlakatlar ma'lum foyda keltirishi mumkin, chunki ularning tovarlari eksportining o’sishi uchun sharoitlar yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va eksportsubsidiyalari Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni o’sishini ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, iste‘molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Ammo subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi, raqobat muhiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma‘muriy, me‘yoriy - huquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Lisenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi. Lisenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma‘lum tartibidir. Liseniyalar berish huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, 196 Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Xalq ta‘limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank. Lisenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma‘lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq iste‘moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga lisenziyalar samarasiz joylashtirilsa. Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi. Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga: - eksport qiluvchi firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 197 reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish; firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish; bevosita subsidiyalash kiradi. Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir. Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste‘mol o’sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo’qotishga duch bo’ladilar. Tashqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‘molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga ―ixtiyoriy‖ eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu yerda «ixtiyoriy so’zi‘ shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste‘molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste‘molchilar ularni e‘tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste‘molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. 198
"Subsidiyalar kodeksi" jahon bozorida raqobat uchun normal sharoitlarni yaratishni, taqiqlangan eksport subsidiyalarini yo’q qilishni nazarda tutgan. Biroq, bu muammoni hal qilmaydi, chunki ichki eksportni JSTni chetlab o’tib davlat tomonidan subsidiyalash usullari mavjud (1995 yilgacha GATTgacha). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling