Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Xalqaro savdoning neoklassik nazariyasi
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
Xalqaro savdoning neoklassik nazariyasiD. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo konsepsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi. Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (XX asrning 30- yillar) ko’rsatish mumkin. E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni tenglashishi‘ qoidasini oldinga surgan. Buning ma‘nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste‘moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq. Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 185
Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi‘ (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.
Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi. Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi. Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya‘ni, «sanoatlashgan‘ va «agrar‘ mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma‘lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo kapital yetishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don yetishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq yer resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar. Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda ―Leontyev taajjubi‖ yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontyev AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya‘ni Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 186 1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta‘minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi. Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo’ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab faqat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo’lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So’ngra, bu texnologiyani o’zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham ko’cha boshladi. Buning natijasida G’arb ilmiy- texnikaviy omil tufayli o’zi ega bo’lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi. M. Porterga o’z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo’ladi: Asosiy omillar: -zarur sifatga ega va yetarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarining mavjud bo’lishi; -mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari; -mamlakatda ushbu tarmoqqa yo’ldosh va uni ta‘minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan tarmoqlarning mavjudligi; -firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri Qo’shimcha omillar: -tasodifiy hodisalar; 187 -tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha hukumat faoliyati. Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling