Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Download 0.51 Mb.
bet95/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Fiziokratlar - 18-asr o’rtalarida Fransiyadagi siyosiy iqtisod maktabining vakillari, ular 1789–1794 yillardagi inqilobgacha o’z ta'sirini saqlab qolishdi. Xalqaro savdo muammolarini muhokama qilish jarayonida fiziokratlar konsepsiyasi shakllandi. Fransuz iqtisodchilari- fiziokratlari F.Kyene (maktab rahbari), A.R.J. Turgo, P. S. Dyupont merkantilizmni tanqid qildilar. Fiziokratlar jahon iqtisodiy fikrida birinchi marta ijtimoiy boylikning kelib chiqishi masalasini muomaladan ishlab chiqarish sohasiga ko’chirishdi.
Fiziokratlarning iqtisodiy konseptsiyasida markaziy o’rinni "sof mahsulot" muammosi egalladi, ular orqali tabiat foydalanadigan qiymatlarning ko’payishini tushundilar. Fiziokratlar erkin savdoning tarafdorlari edilar, ammo bunday savdo erkinligi, bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish mamlakatda ortiqcha bo’lganida yuqori narxda va hosil etishmay qolganda ularni import qilishda shu kabi erkinlikni anglatadi. Binobarin, fiziokratlar xalqaro savdo erkinligini ma'lum bir mamlakat manfaatlaridan kelib chiqib izohladilar.

  • Xalqaro savdoning klassik nazariyasi


    Xalqaro savdo nazariyasining rivojlanishiga ingliz iqtisodchilari A. Smit, D. Rikardo, J. St. Millar o’z xissasini qo’shdilar.

    Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to’g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o’ziga xosligiga tayangan holda ma‘lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko’p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo’lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o’z iste‘molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo’lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab


    180
    ko’proq mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan paxta mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko’proq shunga e‘tiborni qaratish lozim. Chunki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta yetishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi ixtisoslashgan sohaga ko’proq e‘tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
    Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo’lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
    D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik‘ nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar‘ nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashda yoki ko’proq ustunlikka ega bo’lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari nisbiy ustunlik nazariyasida o’z yechimiga ega bo’ldi.
    Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini qo’llaymiz:
    181

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling