ShTD uy xo’jaliklari tomonidan iste‘mol (C) va jamg’arish (S)
uchun ishlatiladi.
Makroiqtisodiy taxlilda uy xo’jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko’rsatkichlari o’zaro farqlanadi.
25
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashkarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashkariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‘mol va milliy jamg’arish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste‘mol + Milliy jamg’armalar
Yakuniy iste‘mol uy xo’jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste‘molga xarajatlarini ham o’z ichiga oladi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida ma‘lum proporsiyalar yoki tenglik ta‘minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo’laklarining nisbatini, yoki shu bo’laklar o’rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzumizning YaMTD ning yakuniy iste‘mol va milliy jamg’arishga bo’linishini misol qilib keltirish mumkin.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo’lishi uchun ayrim ko’rsatkichlarning aynan teng bo’lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yoki ko’rsatkichlar guruhlari o’rtasidagi mavjud bo’ladigan, yoki mavjud bo’lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o’zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblangan YaIM ko’rsatkichlarining o’zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari yo’lga qo’yilgan, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |