4.1-rasm. Infilatsiya darajasiga ta‘sir qiluvchi ichki va tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar
49
Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta‘sirini kamaytirish, ya‘ni real daromadi darajavsini saqlab qolish chorasini ko’radi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + kut., bu yerda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; kut- kutilayotgan infnflyasiya darajasi.
Inflyatsiya sur‘ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko’rinishni oladi:
i - kut. r =
1+ kut.
Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat‘iy chegaralash qiyin. Ba‘zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e‘tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta‘sir ko’rsatadi. Yillik sur‘ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan.
F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor
50
50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baholarning o’sishi bu sur‘atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar- moddiy boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |