Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholar ikki martaga 70
- Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi
Inflyatsion shokni jarayon deb qaralib inflyatsiyadan ajratish kerak, chunki u giperinflyatsiyaga olib kelishi yoki keltirmasligi mumkin bo’lgan narxlarning bir martalik sakrashi hisoblanadi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70- miqdor qoidasi‘ deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya: Baholar ikki martaga 70oshishi uchun zarur = ----- yillar soni Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya‘ni, (70:7 = 10). Real YaMM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan‘ foydalaniladi. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasiInflyatsiyani kelib chiqish sababini aniqlash murakkabdir, chunki, inflyatsiya ishlab chiqarishning o’sishi va pasayishi bilan birga bo’lishi mumkin. Shuning uchun inflyatsiyani bir-biriga bog’liq bo’lgan pul (monetar) va monetar bo’lmagan omillar ta'siri ostida shakllanadigan ko’p faktorli jarayon sifatida ko’rib chiqish orqali uning sabablarini aniqlash mumkin. Agar pul omillari ustun bo’lsa, unda talab inflyatsiyasi mavjud buladi ("xaridor inflyatsiyasi"). Monetar bo’lmagan omillar ta'sirida taklif inflyatsiyasi (xarajatlar) shakllanadi - ("sotuvchilarning inflyatsiyasi"). Ushbu ikki turdagi inflyatsiyaning o’zaro ta'siri uni ushlab turishni qiyinlashtiradi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya‘ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda 46 iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’paiyishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi‘. Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur‘atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya‘ni, ba‘zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi. Talab inflyatsiyasini quyidagi chizma orqali izohlash mumkin (4.1-chizma). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling