Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Download 0.51 Mb.
bet36/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Vertikal yoki klassik kesmada iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab
62

chiqarish potensiali darajasida bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti. To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay qoladi.


Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va baholar darajasiga bog’liq emas;
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o’zgarish sekinlik bilan ro’y beradi;
-iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya‘ni ishlab chiqarish hajmi potensial darajaga teng;
-baholar va nominal ish haqi o’zgaruvchan, ularning o’zgarishi bozorlarda muvozanatni ta‘minlab turadi.
Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi bahoga bog’liq bo’lmagan omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog’liq bo’lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta‘sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o’zgarishlar, ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi, resurslar baholarining o’zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi o’zgarishlar boshqalar kiradi.


AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda

63
baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir- biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Moodleda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko’rib chiqamiz (5.3.-chizma). Dastlab muvozanat ye nuqtasida o’rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pye va Yye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pye narxlarning muvozanatli darajasini va Yye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko’rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pye emas, balki P1 deb hisoblaymiz.


1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling