Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy
- P↑→ X↓ (M↑ →X n ↓ →AD↓
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg’arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligasiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste‘mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya ta‘sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m to’plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi. Iste‘mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. MoliyaviyP↑ → aktivlarning↓ → C↓ (S↑ → AD↓ real qiymati Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab 59 oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta‘sir ko’rsatadi. P↑→ X↓ (M↑ →Xn↓ →AD↓Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o’zgarishlar yalpi talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi (9-chizma). Yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: Iste‘mol xarajatlaridagi o’zgarishlar: iste‘molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o’zgarishi; iste‘molchilar kutishi; v) iste‘molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi;g) iste‘molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar: a) foiz stavkasidagi o’zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o’zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o’zgarishi. Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar. boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi. valyuta kurslaridagi o’zgarishlar. Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillari ta‘sirida AD egri chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma‘lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o’zgaradi. Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma‘lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga 60 olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD egri chizig’i chapga siljiydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling