Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
Jamg’arma (S) - bu kechiktirilgan iste'mol yoki hozirgi vaqtda iste'mol qilinmaydigan daromadning bir qismidir. Jamg’arma ham firmalar, ham uy xo’jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Firmalar ishlab chiqarishni kengaytirish va foydani ko’paytirish uchun tejashadi. Uy xo’jaliklari bir necha sabablarga ko’ra tejashadi: qarilikni ta'minlash, boylikni bolalarga o’tkazish, ko’chmas mulk va uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan mollarni sotib olish uchun mablag’ to’plash va boshqa sabablar.
Makroiqtisodiyot darajada iste'molchilar tanlovi iqtisodiy subyektlarning qarorlariga, ularning daromadlarini qanday tasarruf etishiga bog’liq, ya‘ni bugungi kunda qancha mablag 'sarflash va kelajak uchun qancha mablag’ to’plash. Iste'molchilar tanlovi bo’yicha barcha konsepsiyalarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 69 daromad miqdori ekzogen parameter sifatida nomayon buladi (J. M. Keyns, F. Modigliani, M. Fridman modellari); daromad miqdori endogen parameter sifatida nomayon buladi (neoklassik model). J.M.Keyns iste'mol qilish kontseptsiyasida mutlaq daromad gipotezasidan kelib chiqqan. U subyektlar o’zlarining iste'mollarini hozirgi daromadlariga qarab shakllantirishlariga e'tibor qaratdi.Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste‘mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa, J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste‘mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste‘mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste‘mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. Iste‘mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste‘mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling