Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
MAVZU IJTIMOIY ISHDA TADQIQOT: TUSHUNCHA, TADQIQOT
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy ishda tizimlar nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tadqiqotlar bilan boғliq asosiy tushunchalar
MAVZU IJTIMOIY ISHDA TADQIQOT: TUSHUNCHA, TADQIQOT TURLARI VA USULLARI Reja: 1.Ijtimoiy ishda tadqiqotlarning olib borilishi 2. Ijtimoiy tadqiqot – bu ijtimoiy muammolar 3. Tadqiqotlar bilan boғliq asosiy tushunchalar Mazkur axborot beruvchi matnda ijtimoiy ishdagi taqiqotning mohiyati ochib beriladi hamda uning turlari va xususiyatlari borasida qisqacha fikr yuritiladi, asosiy tadqiqot usullari sanab keltiriladi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot tushunchasi
Ijtimoiy tadqiqotlar turli xil ijtimoiy muammolarning odatiy, kundalik hayotimizdagi talqini bilan boғliq ehtimoliy xatoliklarni kamaytirishga yo’naltirilgan. Engel va Schutt o’z kitobida keltirgan quyidagi misolni ko’rib chiqamiz:
Ayol bu vaziyatdan chiqargan xulosasida qanday xatoliklarga yo’l qo’ygan? Birinchi xato – xolatning haddan ziyod umumlashtirib yuborilganida. Bizning vaziyatda – xulosa barcha mushuklar uchun chiqarilmoqda, aslida ayolning tajribasi faqatgina 2 ta mushuk bilan boғliq edi. Ikkinchi xato – tanlanma kuzatuv yoki noto’ғri kuzatuv – (mushuklarni kuzatish bo’yicha faqatgina bittagina vaziyat bo’lgan). Uchinchi xato – vaziyatning mantiqqa ega bo’lmagan tarzda tushuntirilishi (bizning qahramonning fikricha barcha insonlar shu kabi vaziyatlarda o’zlarini aybdor his qiladilar). To’rtinchi xato – o’zgarishlarga qarshi chiqish (ayol tezgina uning o’z mushuklariga nisbatan munosabatini o’zgartirmasligi lozimligi haqida xulosa chiqarayapti).
Albatta, mazkur xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun olim bo’lish shart emas. Mazkur xatoliklarni inobatga olish har qanday insonga ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan kengroq munosabatda bo’lishimiz, o’zga insonlarni nostereotip tarzda idrok etish, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslik uchun imkon beradi.
Ijtimoiy ishda tadqiqotlarning olib borilishi insonlarga ijtimoiy yordam ko’rsatilishini, ko’mak va ijtimoiy xizmatlarni boshqarishni tashkillashtirishda, bu kabi xatoliklarga yo’l qo’yilishi ehtimolining kamayishiga imkoniyat beradi.
Ijtimoiy tadqiqot – bu ijtimoiy muammolar, ixtimoiy xulq-atvor yoki hayotimizning istalgan biron-bir sohasini mantiqiy va muttasil tarzda o’rganishga qaratilgan faoliyat bo’lib, asosan mazkur hodisalarni tushuntiruvchi nazariyalarni tekshirish maqsadida amalga oliriladi. Ijtimoiy tadqiqotlarda qo’llaniladigan mantiqiy asoslangan va bir tizimga solishga yordam beruvchi usullarga quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: olingan ma’lumotlarni haddan ziyod umumlashtirilishi ehtimolini o’rganish uchun tanlangan insonlar yoki guruhni tanlashda sistematik va izchil ravishda yondoshish asosida kamaytirish. Bu inson yoki guruhlar o’rganilishi rejalashtirilgan aholining bir qismi sifatida ishtirok etadilar, ya’ni reprezentativ tanlanma bo’lib hisoblanadilar. Masalan, agarda biz uydagi ish bilan shuғullanayotgan ayollarning miqdorini o’rganishni istasak, u taqdirda tadqiqot ishtirokchisi sifatida nafaqat uy bekalaridan yoki turmushga chiqmagan ayollardan, balki boshqa guruh ayollarni ham jalb etish mumkin bo’ladi; o’rganilayotgan muammoning noto’ғri, noaniq yoki tanlanma yondoshuv asosida kuzatilishi xavfini kamaytirish. Masalan, bolaning maktabdagi xulqini bir soatlik dars davomidagina kuzatib, boshka bolalarga nisbatan agressiv xulk bilan munosabatda bo’lmoqda, deb xulosa chiqarishimiz xato bo’lar edi. Buning uchun bolani turli xil vaziyatlarda kuzatishimiz zarur bo’ladi; mantiqqa ega bo’lmagan tushuntirishlardan qochish. Buning uchun ijtimoiy ishdagi tadqiqotchilar vaziyatga ta’rif berish uchun aniq va tushunarli mezonlarni ishlab chiqqanlar, masalan, insnonning aniq bir ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhiga mansubliligi. Yoki yana boshqa misol, aniq va tushunarli mezonlar u yoki bu turdagi ijtimoiy yordamni ko’rsatish yoki moddiy imtiyozlarni rasmiylashtirish uchun zarur; bizning tadqiqotchi sifatidagi ijtimoiy olam haqidagi shaxsiy fikr va munosabatlarimiz, an’analarga rioya qilish bilan boғliq bo’lgan savollarga javob bildirish imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, agarda biz barcha kambaғal insonlar dangasa, deb fikr bildiradigan bo’lsak, u holda keyingi xolatlarda ham shu munosabatni tasdiqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlarni qidirishga harakat qilamiz.
kerak? Ijtimoiy ishda tadqiqotlarni amalga oshirish yo’li bilan biz ijtimoiy olamning mavjudligi hamda faoliyat yuritishi bilan boғliq turli sohalarni izlab topish hamda ochib berish, shuningdek turli ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ularni hal etish usullarini aniqlash, qiyin hayotiy vaziyatlarda inson xulqining xususiyatlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Tadqiqotlar davlat darajasidagi ijtimoiy dasturlarning haqiqatda mavjud bo’lgan ijtimoiy muammolarga qanchalik muvofiqligini baholashga yordam beradi. Masalan, ko’pincha davlat ijtimoiy dasturlari jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarning asosiy sabablarini tahmin qilish asosida yaratiladi. Agarda bizda bolalarga nisbatan shaqqatsiz munosabat faqatgina jamiyatdagi an’anaviylik bilan boғliq degan qat’iy ishonch bilan shartli fikr bildiradigan bo’lsak, u taqdirda dasturning mohiyati ham aynan jamiyatdagi bolalarga nisbatan munosabatning o’zgartirilishiga qaratilishi mumkin. U holda bu dastur mazkur muammoni hal etish bo’yicha tadbirlarida ichkilikbozlik hamda bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatni yuzaga keltiruvchi sabab sifatida ruhiy buzilishlar kabi muammolarni xal etilishini tushurib qoldirishi mumkin.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar ko’pgina muammolarga nisbatan munosabatimizni o’zgartirishga, stereotiplarning mohiyati va ahamiyatini tushunishimizga yordam beradi. Masalan, ko’pgina uysiz insonlar – bu ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan aynan erkaklar yoki narkotik vositalarga ro’’ju qo’yganlar, degan yanglish fikrga ega bo’lish mumkin. Biroq zamonaviy tadqiqotlar, uysiz qolgan insonlar orasida farzandlari bor ayollarning va oITS tashxisi qo’yilgan insonlarning ko’payib borayotganini tasdiqlamoqda. Bitta muammoning turli sohalarini tushunish tegishli xizmatlarning yaratilishi va ijtimoiy ko’mak zarur bo’lgan u yoki bu guruh insonlarining ehtiyojlariga muvofiq keladigan yordamning ko’rsatilishiga to’ғri yondoshish imkoniyatini beradi. Klinik amaliyotda baholash jarayonini o’tkazish yoki boshqacha so’zlar bilan aytganda ijtimoiy ishda samarali amaliyotni amalga oshirishda tadqiqotlarning roli kattadir.
Umumiy qilib aytganda, tadqiqotlar ijtimoiy ishda quyidagilarga erishishga yordam beradi: refleksiv amaliyotni amalga oshirish va o’z shaxsiy faoliyatini baholash; taklif qilinayotgan xizmatlar hamda ularning sifatini baholash va ekspertiza qilish;
o’z shaxsiy ustanovkalari va kasbdoshlarining shaxsiy ustanovkalarini tanqidiy baholash; ijtimoiy notenglik va adolatsizlikni, mavjud ijtimoiy muammolarni tahlil qilish.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ish bugungi kunda ega bo’lgan bilimlarning barchasi tadqiqotlarning asosida olingan. Bu ma’lumotlarga aholi soғliғi haqidagi ma’lumotlar, ularning hayot tarzi va ishi sharoitlari kabilar kirishi mumkin. Buning manbalari sifatida esa aholining turli yozishmalari, davlat hisobotlari va sotsiologik so’rovnomalar xizmat qilishi mumkin [2].
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar kasbiy salohiyatni yuqori darajaga ko’tarishga imkon beradi va ijtimoiy ishchi kasbining rivojlanishini ta’minlaydi. Tadqiqotlar bilan boғliq asosiy tushunchalar
zaruriyatini tushuntiradi. odatda, tadqiqotning dolzarbligi tadqiqotning amaliy
ahamiyati hamda “bu kimga kerak?” saovliga javob topish bilan chambarchas boғliq. Tadqiqotning ilmiy muammosi – o’zining xal etilishi va o’rganilishini talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala. Tadqiqot muammosi – bu tadqiqotchi o’rganayotgan holat. Tadqiqotchilar, odatda o’z oldilariga o’rganish uchun keng muammolarni tadqiq etilishini maqsad qilib belgilaydilar. Ko’pincha o’rganilishi uchun belgilangan masalalar tadqiqotni cheklash imkonini beradi. Agarda tadqiqotda uysizlik muammosi belgilangan bo’lsa, tadqiqotchilik masalalari quyidagicha tarzda qo’yilishi mumkin: Qaysi demografik guruhlar uysiz bo’lib hisoblanadilar? Insonlarning uysiz bo’lib qolishlariga olib keluvchi sabablar nimalardan iborat?
Tadqiqot predmeti – o’rganilayotgan muammo, tadqiqot ob’ektining alohida tomonlari, o’ziga xos xususiyat va tavsifi. Masalan, tadqiqot predmeti bo’lib uysiz odamlarning demografik va ijtimoiy-psixologik tavsifi xizmat qilishi mumkin.
Masalan, “armiyadagi ijtimoiy himoya amaliyotini sotsiologik tahlil asosida genderga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat kontekstida ochib berish” [3].
U tadqiqotchilik masalalariga javob beruvchi tahminiy javobni o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ishga oid tadqiqotlarda har doim ham faraz belgilash shart emas – odatda, ijtimoiy siyosat yo’nalishlari yoki qonunlariga baғishlangan tadqiqotlarda uning zaruriyati yo’q.
masalalariga javob izlab topish imkonini beruvchi maqsad va harakatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda tutadi. Vazifalar ilmiy ish va tadqiqotning dasturini shakllantirishga yordam beradi. Tadqiqot ishtirokchilari. Ijtimoiy fanlarda bugungi kunlarga qadar “tadqiqot ob’ekti” degan tushuncha keng foydalaniladigan tushunchalardan bo’lsada, “tadqiqot ishtirokchilari” iborasi ham keng ravishda qo’llanilib kelinmoqda. Tadqiqot “ishtirokchilari” degan tushunchaning qo’llanilishiga asosiy sabab tadqiqot insonlarda emas, balki insonlar ishtirokida, ya’ni ularning tadqiqot jarayoniga butkul faol ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Aynan shuning uchun ham ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda tadqiqot ishtirokchilari bilan ularning tadqiqotda ishtirok etishlariga ongli munosabat va roziliklarini bildirayotganliklarini tasdiqlovchi kelishuv tuzib olish an’anaga aylangan.
Bizning tadqiqot insult kasalligini boshidan kechirgan insonlarning kundalik hayotga moslashib ketishlarida tibbiy-ijtimoiy yordamning rolini o’rganishga yo’naltirilgan. Sizlarni bizning tadqiqotda ishtirok etishingizni so’raymiz. Mazkur ma’lumot Sizga ushbu tadqiqotda ishtirok etishga nisbatan roziligingiz yoki qarshiligingiz borasida yagona qarorga kelganingiz haqidja ma’lumot olish uchun taqdim etilmoqda.
Sizning tadqiqotdagi ishtirokingiz ixtiyoriydir. Agarda Siz ishtirok etishdan bosh tortsangiz yoki ishtirokingizni to’xtatishni istasangiz, bu sizning davolanish jarayoningizga aslo ta’sir ko’rsatmaydi. Tadqiqot natijalarining anonimligi va sir saqlanilishi kafolatlanadi.
Tadqiqotdagi ishtirokingiz Sizning insonlar bilan o’zaro munosabatingiz va kasallikka moslashishingiz xususiyatiga tegishli bir qancha savolnomalarni to’ldirish va suhbatda ishtirok etishingiz bilan kechadi.
Umid qilamizki, Sizning ishtirokingiz Siz uchun foydali bo’lib, bizga insult tabiatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Tadqiqot ishtirokchisi imzosi________________ Sana_____________
Ilmiy ish va tadqiqot bosqichlari o’z ichiga muammoni belgilanishi, ma’lumot qidirish va adabiyotlar tahlili; maqsad, faraz, va tadqiqot vazifalarini belgilash; farazning empirik jihatdan tekshirilishi; olingan ma’lumotlar interpretatsiyasini oladi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar turlari
Ijtimoiy ishda amalga oshiriladigan quyidagi tadqiqotlar turlarini ajratish qabul qilingan: 1. Deskriptiv (tafsilotlar beriladigan) tadqiqot 2. Eksplorativ (tadqiqotning o’zi) 3. Tushuntiruvchi tadqiqot 4. Evalyuator (baholovchi) tadqiqot [1]
aniqlagan holda ularni qiziqtirgan muammoning tavsifini beradilar. YA’ni deskriptiv tadqiqot ma’lumotlarning to’planilishini nazarda tutadi. Masalan, ijtimoiy to’lovlar oluvchi ayollar, ularni olmaydigan ayollarga nisbatan ko’proq tuғishini ko’rsatuvchi tadqiqot deskriptiv tadqiqotlar guruhiga kiradi.
bo’lishlari bilan boғliq savolga javob qidiradi. Bunday tadqiqotning maqsadi insonlarning nuqtai nazarida ijtimoiy fenomenlarni o’rganishdan iborat bo’lib, bunda sifatli uslullardan (bu haqida quyiroqda batafsil to’xtalib o’tamiz) foydalaniladi. Masalan, tadqiqotchi uysizlik muammosini o’rganayotgan bo’lsa, u taqdirda u tadqiqotni uysiz insonlar bilan suhbatlashish asosida ularning qanday yashayotganliklari borasida surishtirishdan boshlaydi.
voqe’likning boshqa sohalariga ta’sir ko’rsatishi va sabablarini o’rganishga qaratiladi. Masalan, tadqiqotlardan birida yaxshi daromad topish imkoniyatining oshirilishi AQShlaridagi ishlovchi oilalik ayollarning oshishiga olib kelishi ko’rsatilgan edi. Mazkur tadaiqotni tushuntiruvchi tadqiqot guruhiga kiritishimiz mumkin.
Evalyuator tadqiqot ijtimoiy dasturlarning, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy ishchilarning faoliyati samaradorligini baholashga yo’naltirilgan. Masalan, yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash dasturlarining samaradorligini tadqiq etilishi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarni har doim ham aniq bir toifaga kiritish qiyin. odatda, bitta tadqiqotning o’zi 4 ta turga kiruvchi tadqiqot xususiyatlarini o’zida aks ettirishi mumkin.
Bundan tashqari ijtimoiy ishdagi tadqiqot miqdoriy va sifatli tadqiqot bo’lishi mumkin. Miqdori ytadqiqot haqida so’z borayotganda tadqiqotning asosiy motivi bo’lib, tushuntirish, tavsiflash va baholash hisoblanadi. Sifatli tadaiqotda esa bunda asosiy motiv sifatida sub’ektiv ahamiyatga yo’nalganlik, tushunish nazarda tutiladi. Sifatli tadqiqotlar haqida yanada batafsilroq ma’lumotlarni S.A. Belanovskiyning «Glubokoe intervyu», «Metod
fokus-grupp», V.
Semenovayaning «Kachestvenno’ye metodo’» kitoblaridan aniqlab olishingiz mumkin.
Miqdoriy usullar statistik solishtirish va xulosa chiqarish imkonini beruvchi raqamli ma’lumotlardan foydalanishni nazarda tutadi. Tadqiqotning sifatli turi ishtirokchilarning fikrini bildiruvchi so’zli ma’lumotlardan foydalanishga yo’naltirilgan. Ilgari ijtimoiy tadqiqotlarni uyushtirilishida uni amalga oshirishda yo miqdoriy, yo sifatli strategiyalarning hamda ularga muvofiq tarzda usullarning belgilanishi ma’qullanar edi. Ijtimoiy ish rivojlanishining zamonaviy bosqichida esa miqdoriy hamda sifatli tadqiqotlar bir-birini to’ldirib, ijtimoiy muammo, ijtimoiy vaziyat va ijtimoiy hodisalarni bir butunlik hamda tizim sifatida tushunilishi imkoniyatini berishi e’tirof etilmoqda.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning qanday asosiy usullari mavjud? Tadqiqot usullari
Tadqiqotning turi aniqlab olingach (miqdoriy yoki sifatli, yoki ularning o’zaro muvofiq kelishi; deskriptiv, tushuntiruvchi, eksplorativ yoki evalyuator yoki ularning o’zaro muvofiq kelishi), ma’lumotlar to’plash va ularni qayta ishlash usullarini tanlash masalasi yuzaga keladi.
S.V. Teterskiy ijtimoiy ishdagi quyidagi ilmiy-tadqiqotchilik usullarini ajratib ko’rsatadi: [4, s.86-87] 1. Umummantiqiy usullar: analiz,
sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, loyihalashtirish. 2. Umumilmiy usullar: adabiy manbalarning tahlili; ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlarning nazariy tahlili va sintezi; kuzatish (tabiiy sharoitlarda, murakkab vaziyatlarni modellashtirishda, test, hamkorlikdagi tadbirlar va sh.k. jarayonlarda); tajribani o’rganish va umumlashtirish; eksperiment; ekspert baholash usuli. 3. tarixiy usullar: qiyosiy-tarixiy usul (tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va takrorlanuvchanligini aniqlash uchun), genetik usul (o’rganiluvchi hodisaning kelib chiqishi, sabablari hamda bosqichlarini aniqlash), strukturali usul (alohida elementlarning butun bir tizim bilan o’zaro aloqasini belgilash) va boshqalar. 4. Sotsiologik usullar: anketa va intervyu; sotsiometriya; monitoring (ijtimoiy vaziyatlarni ularning aniq bir istiqbolda o’zgarishini tahmin qilgan holda o’zgarib borishining muntazam ravishda tadqiq etilishi). 5. Psixologik usullar: blankali va maxsus apparat qurilmalari vositasidagi testlarning qo’llanilishi (individual yoki guruhli). 6. Matematik statistika usullari.
egallaydi. Bunga quyidagilar kiradi: yoshi, faoliyati va shu kabi ko’rsatkichlar bo’yicha turli xil guruhlarni solishtiruvchi qiyosiy usul; longityud – faqatgina belgilangan aniq insonlarning uzoq vaqt mobaynida bir necha marotaba tadqiqi etilishi; kompleks – bitta ob’ektning turli fan soxasi vakillari tomonidan tadqiq etilishi.
Ma’lumot to’plovchi usullar orasida kuzatish, eksperiment, anketa va so’rovnoma o’tkazish (strukturalashtirilgan yoki yarimstrukturalashtirilgan anketa yoki so’rovnomalar yordamida); intervyu; psixodiagnostik usul (psixodiagnostik so’rovnomalar yordamida); hujjatlar, faoliyat mahsullari yoki istalgan boshqa matnli ma’lumotlarning tahlili (kontent-analiz); fokus-guruhlar, keys-stadi. Ularning ba’zilariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
usullaridan biri. Kuzatish deganda maqsadga qaratilgan, tashkillashtirilgan va tadqiq etilayotgan ob’ektga nisbatan e’tiborning ma’lum tarzda yo’naltirilishi tushuniladi. Kuzatish mobaynida olingan natijalar ob’ekt xklqining tavsifi deb ataladi. Kuzatish bevosita yoki ma’lumotlarni qayd etishning texnik vositalari hamda usullaridan (foto-, audio- va videoapparatura, kuzatish kartalari va h.z.) foydalanilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Biroq kuzatish yordamida faqatgina kundalik hayotda, tabiiy sharoitda bo’lib o’tadigan voqea-hodisalarnigina aniqlash mumkin. ob’ektning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun esa odatdagi sharoitlardan farq qiluvchi maxsus sharoitlarning yaratilishi zarurdir.
Kuzatish usulining asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: kuzatuvchi va kuzatiluvchi ob’ekt o’rtasidagi bevosita aloqa; kuzatishning maqsadga qaratilganligi; qayta kuzatishning murakkabligi (ba’zan esa buning iloji bo’lmaydi) [5]. Kuzatish ochiq yoki yopiq tarzda, tabiiy, laborator yoki klinik sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Anketa o’tkazish – maxsus tayyorlangan hamda tadqiqotda belgilangan asosiy vazifalarga javob beruvchi savollar asosida ma’lumotlar to’plashning empirik usuli. Anketa o’tkazish – maxsus ishlab chiqilgan va anketa deb ataluvchi savolnomalar yordamida materiallarni ommaviy tarzda yiғish usuli. Anketa savollar bilan murojaat etilayotgan insonning mazkur savollarga ro’yirost javob berishini tahmin qilinishiga asoslanadi. Biroq, bu usulning samaradorligi har doim ham yuqori bo’lavermaydi va olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqotchida shubha uyғotishi mumkin.
Anketa ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: savollar mazmuni; savollarning turi – ochiq yoki yopiq; savollarning tuzilishi (aniqlik, tushunarlilik va sh.k.); miqdori va savollar mazmunining tartibliligi. Anketa oғzaki, yozma, individual, guruhiy tarzda, lekin eng asosiysi ikkita talabga javob beradigan tarzda o’tkazilishi mumkin: tanlanmaning reprezentativligi va bir xilliligi. Anketa natijasida olingan ma’lumotlar miqdoriy va sifat jihatidan qayta ishlanadi [5].
Ijtimoiy ishdagi intervyu ijtimoiy ish bo’yicha luғat mualliflarining fikricha, bu – “ijtimoiy himoya tizimi xodimi bilan xizmatlardan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotdir» [2, c. 96]. Ba’zi vaziyatlarda intervyu telefon yoki videoaloqa vositasida olib borilishi mumkin. Tadqiqotchi uning uchun zarur ma’lumotni olishi uchun tadqiqotchi yoki intervyuerda tinglash va muloqotga kirishish ko’nikmalari yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Intervyuda ochiq savollarning qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. odatda, intervyu o’z dasturiga yoki intervyu mobaynida to’xtab o’tiladigan mavzularga ajratilgan gaydga hamda berilishi mumkin bo’lgan tahminiy savollardan iborat bo’ladi.
hamda o’lchash maqsadida ushbu xujjatlarni sifat-miqdoriy jihatdan tahlil etish usulidir. Kontent-analizning o’ziga xosligi xujjatlarning ijtimoiy manmunda o’rganilishida aks etadi. Undan tadqiqotning asosiy usuli sifatida (masalan, gazetaning siyosiy yo’nalganligini tadqiq etishda matnning kontent-analizi), parallel, ya’ni boshqa usullar bilan birgalikda (masalan, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini tadqiq etish), yordamchi yoki nazorat qiluvchi (masalan, anketalardagi ochiq savollarga berilgan javoblarni toifalarga ajratishda) usul sifatida foydalanish mumkin.
Mazkur qisqa ma’lumotda shunga alohida ta’kidlash joizki, uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar hamda jamiyatning ijtimoiy muammolarini
hal qilishning usullarini aniqlash, samarali klinik amaliyotga erishish hamda refleksiv amaliyot sohasida ijtimoiy ishchining kasbiy salohiyatini oshirilishiga yo’naltiriladi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling