Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy ishda tizimlar nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:Gaffarova N. Tekshirdi: dots Jo’raev L.N. Samarqand – 2014 yil.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY – IQTISODIYOT FAKULTETI IJTIMOIY ISH KAFEDRASI IJTIMOIY ISH YO’NALISHI KURS IShI MAVZU: IJTIMOIY ISHDA TIZIMLAR NAZARIYASI Fan: MEHNAT BIRJALARI VA BANDLIK Bajardi:Gaffarova N. Tekshirdi: dots Jo’raev L.N. Samarqand – 2014 yil. MAVZU IJTIMOIY ISHDA TIZIMLAR NAZARIYASI. Reja: 1. Tizimlar nazariyasi tahliliy modeli 2 Tizimlarning rivojlanishi va amalga oshirilishi 3 Ijtimoiy mavjudlik insoniy tizim
Ijtimoiy ishning nazariy bilimlarining asosiy qismini egallagan tizimlar nazariyasi amaliyotda olinayotgan bilimlarni quyidagi tarzda yo’lga qo’yishga imkon beradi. 1. Tizimlar nazariyasi tahliliy modelga qaraganda ko’proq ma’lumotlarni ko’rib chiqish imkonini beradi, shuningdek ijtimoiy ishda zarur bo’lgan bir qancha fanlararo xarakterga ega bo’lgan ma’lumotlarni bir tizimga solishga yordam beradi. 2. Tizimlarning rivojlanish, amalga oshirilishi, tuzilmasi bilan boғliq holatlar ijtimoiy ishchining turli toifadagi – individdan tortib, to butun bir jamiyatdan iborat bo’lgan mijozlari bilan ishlashida qo’llanilishi mumkin. 3. Tizimlar nazariyasi keng ko’lamdagi ijtimoiy muammolarni, ya’ni ijtimoiy kichik tizimlar orasida munosabatlarda yuzaga keladigan muammolarni ham baholash uchun asosni yaratib beradi. Bunda kichik tizimlardan birida kechayotgan o’zgarishlarni boshqa tizimchalarga ta’sir ko’rsatuvchi xolat sifatida inobatga olinishi imkoniyatini oshiradi. Ijtimoiy ish amaliyotida tizimli yondoshuv doirasida, shuningdek rollar nazariyasining quyidagi xolatlari ham katta ahamiyatga egadir: Aniq bir xulq-atvor namunalariga nisbatan munosabat (biz tomondan yoki bizning ijtimoiy tizimimizdagi boshqa elementlar tomonidan) bizning shu tizim ichidagi pozitsiyamizga monand ravishda bildiriladi.
kabi boshqa bir yoki ko’pchilik insonlardagi kabi.
Rolli kutilmalar shunday ta’sir ko’rsatadiki, aniq bir ijtimoiy me’yorlar, pozitsiyalar ichidagi va tizimlar orasidagi kongruent, nizolarni yuzaga keltirmaydigan interaksiy va transaksiylar uchun belgilanadigan tashqi chegaralar doirasida mavjud bo’ladi. 4. Rol o’ynayotgan individning o’zida bo’lgani kabi, uning atrof muhitidagi jamiyatda ham insonlarning o’z rollarini qay tarzda o’ynashlari haqidagi hissan rang-barang talqinli qadriyatli fikrlar mavjud bo’ladi.
5. Ijtimoiy mavjudlik insoniy tizim tomonidan amalga oshirilayotgan bir qancha rollarning majmui sifatida ko’rilishi mumkin. 6. Rol, rolli mavjudlik, rolli ekspektatsiya va rolli transaksiya kabi tushunchalar muammoli vaziyat baholanayotganda qo’llanilishi mumkin. Quyidagi xolatlarda rolning muvaffaqiyatsiz ijro etilishi yoki rolli nizolar vaziyatlarga olib kelishi mumkin:
mavjud emas yoki yetarli emas; tizimlar oldindan rolli kutilmalarni bilmagan holda yangi rollarga kirishadilar;
o’zaro munosabatga kiruvchi tizimlar orasida har birining rolli kutilmalari yuzasidan nizolar mavjud bo’ladi; bitta tizimdagi rollar guruhida rolli kutilmalar orasida ham nizolar mavjud bo’ladi;
rolli kutilmalarning ikki xil ma’no va mazmunga ega bo’lishi boshqa tizimlarda mavjud bo’ladi; individ tizim va ijtimoiy tizim a’zosi sifatida o’z rolidan kelib chiqqan holda jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy qobiliyatlarda cheklangan yoki defektli bo’lishi mumkin;
yuqori tuyғular yoki krizisli vaziyatlar to’satdan va ogohlantirmasdan turib oldindan samarali bo’lgan rolli namunalarni barbod qilib yuborishi mumkin.
Rollar kongruentligiga misol: ijtimoiy ishchining va mijozning o’zida mijoz (ijtimoiy ishchi) xulqi bilan boғliq kutilmalarida farqliklar mavjud bo’lganida yoki mijozning tasavvuridagi ijtimoiy ishchining roli bilan ijtimoiy ishning o’z roli haqidagi o’z tasavvurida farqliklar mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishchi bitta madaniyat vakillaridan biri bo’lib turgan holda boshqa madaniyat vakili bo’lgan mijoz bilan ishlayotganda uning uchun yaqqol “ko’zga tashlanmaydigan” va tan olinmaydigan muammolar juda ham oғir, jiddiy va murakkab bo’lib tuyulishi mumkin. Bu muammolar ijtimoiy ishchi uchun toki u rollarni nokongruentligining muhimligini anglab yetmaguniga qadar ularning o’zaro munosabatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ikki xil madaniyat o’zida attityud va u yoki bu rolga to’ғri keluvchi turli xil va nizoli tavsiflarini aks ettirishi mumkin.
Masalan, Shimoliy Amerika aholisining vakili bo’lgan talaba-ijtimoiy ishchi xuddi shu madaniyatga tegishli bo’lgan soғliғi xolati taqozosi tufayli kasalxonaga yotqizilishi zarur bo’lgan, biroq klinikaga borishdan qo’rqayotgan mijoz ayol bilan ishladi. o’zining xavotirlanayotgan mijozi uchun mediatorlik yordamini berishga uringan talaba klinika doktorining oldiga boradi. U klinika doktorining yordam berishdan bosh tortayotganini hamda o’zini juda qo’pol tarzda tutayotganini ko’rgan talaba bu vazichtdan qattiq achchiqlanib umidsizlikka tushadi. U amaliyot rahbari bilan o’z taassurotlari haqida gapirganda aniq bo’lishicha, doktorning xulqi borasidagi qizning xulosasi aslida doktorning qiz kirishi bilan uning mijozi haqida to’ғridan- to’ғri savollarni juda ham ko’p berishi bilan boғliq bo’lgan. Bu tarzdagi muomala talabaning bir-biri bilan yaxshi tanish bo’lmagan insonlarning o’zini qanday tutishlari lozimligi haqidagi tasavvurlariga aslo to’ғri kelmas edi. Mazkur misolda notanish insonlar bir-birlari bilan muomalada o’zlarini qanday tutish kerakligi haqidagi madaniy tasavvurlariga (rolli kutilmalar) ega bo’lib turib, ijtimoiy ishchi (o’zgarishlarga olib keluvchi agent sifatida) uning mijoz uchun (mijoz tizimi) yordam berayotgan vaziyatning mohiyatiga tushunishga uringan doktorning xulqini noto’ғri talqin qilgan.
Shvesiyadagi kupqirrali yondoshuvlarga muvofiq bugungi kunda ijtimoiy ishning ikki xil turi ajratiladi: psixoijtimoiy ish va tuzilmaviy ijtimoiy ish.
Psixoijtimoiy ish deganda individ, oila va guruhlar bilan ishlayotganda ularning ham ichki (psixologik), ham tashqi (ijtimoiy) muammolari ustida ishlash orqali yordam berilishi tushuniladi. Psixoijtimoiy ishda biz insonlarning ana shu ikkilamchi mavjudligini inobatga olgan holda ish yuritamiz. Ҳar ikki tomonga oid
elementlar bir-biri bilan kesishib, psixoijtimoiy muammolarni qanday hosil qilganini tushunib olmaguncha biz mijozga yordam bera olmaymiz.
Ijtimoiy ish – bu tizimli va maqsadga qaratilan faoliyatdir. Mazkur amaliy faoliyat hodisalar, vaziyat va jaranlarni tahlil qilishga (tushuntirish va anglab yetish) yordam beruvchi bir va bir qancha nazariyalarga asoslanadi. Insoniyat va guruhda o’zgarishlarning ehtimolligi, shuningdek nazariy asoslangan intervensiyalar haqidagi nazariy tasavvurlarga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Barchasini inobatga olgan holda aytish mumkinki, nazariya ijtimoiy ishchiga: 1) tahlil qilishga, ya’ni tushunish va tushuntirishga; 2) faoliyat yuritish, o’zgarishlarni amalga oshirgan holda ishlashga yordam beradi. Nazariy bilimlar yordamida ijtimoiy ishchi mijozning muammosini tushuntirib bera olishi va terapevtik jarayonning mohiyatini tushuna olishi, mijozni, hamda mijoz bilan o’zaro munosabatlarga kirishish mobaynida o’zligini tushunish imkoniyaga ega bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu nazariya bir qancha psixologik, sotsiologik va boshqa nazariyalarning kombinatsiyasidan iborat bo’lmay, balki ijtimoiy ishga tegishli nazariyalardan biri bo’lishi lozim. Ҳaqiqatda ham bu turli xil nazariyalarni mujassamlashtirmoq birmuncha mushkul bo’lar edi. Zero ularning ba’zilari faqat nazariy tahlilga yaroqlik bo’lsa, boshqalari – amaliy faoliyat uchun qo’l keladi. Ba’zan shunaqa ham bo’ladiki, turli xil nazariyalar turli darajada qo’llanilishi mumkin: biri inson shaxsini tushunish uchun bo’lsa, boshqasi – oilani, yana uchinchisi esa – qo’llab-quvvatlash tizimini, ijtimoiy institut va tuzilmalarni tushunishda yordam beradi. Ijtimoiy ishda “inson o’zining vaziyatida” degan iborani tushunish uchun kompleks tahlilni olib borish hamda ichki va tashqi muammolar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni tushunishga qaratilgan amaliy faoliyatlarning kompleks strategiyasini amalga oshirish uchun nazariy yondoshuvlarning paydo bo’lish davri kechgan. Lisbet va professor Gunnar Bernler (Geteborg universiteti, Shvesiya) psixoijtimoiy deb nom olgan nazariyani ishlab chiqish ustida ishlaganlar.
Evropa va AQShlarida ijtimoiy ishchilar paydo bo’lish bilan boғliq eski an’anaga binoan ijtimoiy ish bo’yicha barcha bilimlar “nazariya” va “usullarga” bo’linadi. Ijtimoiy ish fakultetlarida nazariyani o’rgatuvchi alohida o’qituvchilar va usullarga ixtisoslashgan muallimlar mavjud.
Bitta o’quv predmetida talabalar inson, jamiyat va ijtimoiy muammolarni qanday qilib tahlil qilishga o’rgansalar, boshqasida bu muammolar bilan qanday ishlash lozimligini o’rganadilar. Bu ijtimoiy ishchining tahlili va usullarining bir- biridan ajratilib qo’yilishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, tahlil va faoliyat na nazariyada va na amaliyotda bir-biri bilan boғlanadi.
Agarda tahlil va faoliyat bir-biri bilan nazariyada boғlanmagan bo’lsa, usul va texnologiyalar o’z olamidagina mavjud bo’lib, ijtimoiy ish ham “ijtimoiy injeneriyaga” aylanib qolish ehtimoli mavjud. Ba’zi ijtimoiy ishchilar mijoz muammolarining tahlili borasida juda o’zib ketsalarda, biroq vaziyatni qanday qilib o’zgartirish mumkinligi borasida yetarlicha tasavvurga ega bo’lmaydilar. Boshqalari esa usullarni muammo va vaziyatni chuqur tushunmagan holda qo’llaydilar.
Psixoijtimoiy ishning beshta muhim shartlari mavjud: 1. Psixoijtimoiy yondoshuv. Insonlar va ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatini yaxshilash mazkur ishning markaziy ғoyasi hisoblanadi. Mazkur ғoya inson rivojlanishining qay tarzda kechishi, shuningdek ijtimoiy muammolar qay tarzda vujudga kelishi va davom etishini tushunishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda “insonni o’zining vaziyatida” ekanligini bir butunlik sifatida qabul qilish lozim. Individ vaziyat mazmuniga qarab talqin etilishi lozim, bunda biz o’z e’tiborimizni ichki va tashqi omillar hamda ichki va tashqi muammolar orasidagi o’zaro aloqadorlikka qaratishimiz lozim bo’ladi. Umuman olganda bolalar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassis – pedagoglar, patronajni olib boruvchi tibbiy xodimlar, vrachlar, ijtimoiy ishchilar ham o’z ishida mazkur psixoijtimoiy yondoshuvni qo’llashi lozim. Biroq faqatgina keyingi to’rtta tamoyilga rioya qilingandagina ijtimoiy ishchilar uchun psixoijtimoiy ish ular kasbiy faoliyatining bir usuli sifatida xizmat qiladi. 2. Psixoijtimoiy ish nazariyasining mavjudligi. Shuningdek, shuni alohida ta’kidlash joizki, psixoijtimoiy ish nazariyasi individual-shaxsiy va guruhiy hodisalarning vujudga kelishini tushunish va tushuntirishda qo’llaniladigan tizimlar va psixodinamika teoriyasi bilimlari sohasi asosida quriladi. “Inson o’zining vaziyatida” konsepsiyasini bir butunligini tushunish uchun psixoijtimoiy ish nazariyasi bir butunlikni hosil qiluvchi qismlarning interaksiyasi, transaksiyasi hamda o’zaro boғliqligiga asoslanadi. Tizimli tarzda fikr yuritish asosidagina biz o’zimizni yo individ, yoki uning atrof muhiti muhokama markazida turgan ijtimoiy ishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklardan himoya qila olishimiz mumkin
Tizimlar nazariyasi oilaviy terapiya nazariyasi hamda amaliyotining rivojlanishi bilan bir vaqtda rivojlanib bordi. Mazkur nazariyani ijtimoiy ishning barcha darajalarida qo’llash uchun, uni albatta modifikatsiya qilib, kengaytirish zarur bo’ladi. Mazkur modifikatsiyalar L.YUnsson va G.Bernlerning Teoriya psixosotsialnoy raboto’", ya’ni “Psixoijtimoiy ish nazariyasi” kitobida ko’rsatib o’tiladi. 3.
Individual va guruhiy usullar (ishning mikro hamda mezodarajalari). Bu psixoijtimoiy ish individ, oila va guruhlar bilan bevosita muloqotga kirishish mobaynida preventiv yoki terapevtik ish sifatida qo’llaniladi deganidir.
aloqador bo’lgan va bizning ishimiz uchun muhim bo’lgan tizimlarga qaratish zarur. Ijtimoiy ishchi o’z ishida o’smir bola bilan qanday rshlash lozim, yoki uni ota-onasi, oilasini ham jalb qilish lozimmi, degan savollarga duch keladi. Shu bola mansub bo’lgan bir guruh o’smirlar bilan ishlash kerakmi yoki bir tizim sifatida butun bir maktab bilan ishlash kerakmi? Shaxs va muammoni tushunish bilan boғliq bo’lgan barcha tizimlar ijtimoiy ishchi tomonidan inobatga olinishi lozim bo’ladi. Aks holda tahlil noto’ғri bo’lib, bu ijtimoiy ishchining vaziyatni o’zgartirish uchun tanlagan intervensiya turi va yo’lining ham noto’ғri belgilanishiga olib keladi. Bunda shuningdek ijtimoiy ishchining tizimlar ichida va tashqarisida kechayotgan jarayonlarni tushunishga intilishi ham juda muhimdir.
Boshqacha so’z bilan gapirganda ijtimoiy ishchi mijozni hamda uning muammosini tushunishda tizimlarni nazarda tutgan holda fikrlashi zarur bo’ladi. 5. Ҳarakat modeli. Beshinchi shart, ehtimol psixoijtimoiy ishda ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan shartlardandir. Psixoijtimoiy ishdagi harakatlarni kundalik hayotimizdagi harakatlardan farqlash zarur. […] Ijtimoiy ishchi yoki terapevt harakatining uchta ehtimoliy tipi mavjud: Direktiv yoki to’ғridan-to’ғri harakat (“o’rganuvchi model”)
To’ғridan-to’ғri boshqarish (“Maslahat beruvchi model”) Bilvosita boshqarish (“Ijodiy model”).
Birinchi holatida ijtimoiy ishchi yordam jarayonida butun bir harakati uchun kabi, ko’mak berish niyati uchun ham ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu barcha ma’suliyatni u mijozning zimmasidan o’z zimmasiga oladi deganidir. Direktiv harakatga misollar: araqxo’rning qo’lidan aroq idishini olib qo’yish bolaning yoshiga to’ғri kelmaydigan joydan topilgan o’smir bolani uyiga olib borib qo’yish. Ijtimoiy ish uchun ko’p uchraydigan holatlardan bu mijozning uyiga zarur narsalarni yetkazib berish, uy bilan boғliq barcha turdagi ғamxo’rlik yoki yordamlar.
Ikkinchi holatida ijtimoiy ishchi mijozning harakatlari uchun emas, balki uning niyati uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. Maslahat va ko’mak o’z niyatlarini amalga oshirishda mijoz uchun imkoniyatlar beradi.
Ijtimoiy ishning ba’zi shakllarida direktiv yoki to’ғridan-to’ғri boshqarish mijozga ko’rsatma berish yoki buyruq berish shaklida namoyon bo’lishi mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, direktiv boshqarish bu buyruq berish degani emas.
Bilvosita, ya’ni direktiv bo’lmagan usulda ishlash orqali ijtimoiy ishchi mijozning na niyati, na harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olmaydi. Bunda ijtimoiy ishchining maqsadi – mijozning o’z shaxsiy o’zgarishlariga erishish uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishiga erishishdan iborat. Ijtimoiy ishchi bir tomondan mijozning o’z ғamiga yoki o’z vaziyatiga ko’milib ketishiga yo’l qo’ymasligi uchun harakat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mijozning o’z shaxsiy tanlovini amalga oshirish va maqsadga erishishda o’z mustaqil harakatlarini qila olishiga ishonch bildirishga harakat qiladi. Ijtimoiy ishchi mijozning tanlovi va harakatlari uchun emas, balki belgilangan maqsadlarga olib keluvchi jarayon uchungina javob beradi.
Mazkur uchta tip ijtimoiy ishchi mijoz haqida ega bo’lgan hamda u yoki bu darajadagi ishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlar darajasi bilan boғliq. Birinchi vaziyatda ijtimoiy ishchiga mijoz haqidagi hech qanday bilimlarning keragi yo’qdir. Resurslarning mediatori tamoyiliga binoan ishlash mobaynida biz mijozning boshqa insonlar kabi oziq-ovqat va turar joyga, ega bo’lishlari, ishlashlari zaruriyati borasidagi umumiy ma’lumotlarga ega bo’lgandek, mijoz haqida atroflicha va maxsus ma’lumotga muhtoj bo’lmaymiz. Agarda biz maslahat berish turi bo’yicha ishlayotgan bo’lsak, biz yana nimalardir haqida, aniqroғi mijozning qaysi ijtimoiy, etnik va submadaniyatli guruhlarga mansubliligiga oid ma’lumotlarga ega bo’lishimiz lozim. Biroq uning shaxsi borasida qaysidir ma’lumotga ega bo’lishimiz shart emas. Faqatgina uchinchi tipdagi harakatlarni, ya’ni mijozning shaxsi bilan ishlash maxsus bilim va tushunchalarga ega bo’lmay turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Mazkur harakat darajalari bilan mijozga yo’naltirilgan ijtimoiy ishning mohiyati o’rtasida o’zaro aloqadorlik mavjud. Quyidagi yo’nalganlik bilan boғliq ijtimoiy ishni ajratish mumkin: 1) mijozning resurs va imkoniyatlariga; 2) mijozning irodasi va niyatlariga; 3) mijozning motivlariga yo’naltirilgan.
YUqoridagi kabi klassifikatsiyaga ajratish ijtimoiy ishdagi harakatlarning uchta tipiga muvofiq keladi. Psixoijtimoiy ish (individ va oila bilan ishlash bo’yicha mavjud barcha turdagi ish) harakatlarning har uch tipi bilan muvofiq kelishi zarur. Mijozlarning hayotiy vaziyatlari murakkabligini, muammolarning esa ham ijtimoiy, ham psixologik toifga tegishliligini inobatga oladigan bo’lsak, qaysidir faqat bitta darajada ishlashning o’zi kifoya qilmaydi. To’ғridan-to’ғri ko’rsatiladigan yordamni maslahat va ta’sir ko’rsatuvchi usullar bilan muvofiqlashtirish asosida mijozga uning muammolarini hal qilish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirishga erishish mumkin.
Agarda ijtimoiy ish bitta yoki ikkita tip asosida amalga oshiriladigan bo’lsa mijoz tizimi tez orada bir muvozanatga keltiriladi. Agarda faqatgina birinchi tip bo’yicha ishlaydigan bo’lsak, bu holda biz mijozning o’z harakatlaridan foydalangan holda ijtimoiy muvozanatini saqlab qolishga erishishimiz mumkin. “Maslahat” tamoyiliga rioya qilgan holda ishlash mohiyatan mijozning yana ham yuqoriroq darajada, ya’ni tashabbusi va irodasidan foydalanish mazmunida tushuniladi.
Ijtimoiy ishchi yuqoridagi barcha uch tipini o’zaro muvofiqlashtirgan holda ularning orasidagi farqni ajrata bilishi zarur. Strategiyani tanlash mijozning o’zgarib borayotgan ehtiyojlari, shuningdek terapevtik jarayonning dinamikligini saqlab qolish zaruriyatiga ham boғliq bo’ladi. Agarda ijtimoiy ishchi uzoq vaqt mobaynida faqat bittagina usulni qo’llayversa, mijoz bunga o’rganib qoladi va yordam ko’rsatilish jarayoni harakatsiz qoladi. Shu vaqtdan boshlab na faoliyat darajasida va na mijozning hayotida o’zgarishlarga erishishning imkoni bo’lmaydi.
Ijtimoiy ishda o’smirlar bilan ishlashda model sifatida qo’llaniladigan va mustaqil hayot deb ataladigan ғoya aynan nodirektiv yordam tamoyiliga asoslanadi.
Ijtimoiy ishning ekologik modelida mijoz ijtimoiy xizmatlarning buyurtmachisi sifatida ularni qabul qiluvchi iste’molchilari va ta’sir yo’naltirilgan shaxslardan farq qiladi. (Pinkus, Minaxanga qarang, 1993). Masalan, ijtimoiy ishchi yoki maktab tabbiy xodimi mijoz bo’lsa, ijtimoiy xizmatlar iste’molchisi va ta’sir ko’rsatish ob’ekti bo’lib esa – aksentual xulq-atvorni namoyon qiluvchi bolaning oilasi bo’lishi mumkin. Mazkur misol Shvesiyadagi bolalar-o’smirlar psixiatrik poliklinikasi ishi amaliyotidan olingan bo’lib, unda oila ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda xizmatlar iste’molchisi sifatida gavdalanadi. Ayni vaqtda poliklinikaga (remis) yo’llanma maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va rayon ijtimoiy ta’minoti ijtimoiy xodimi tomonidan beriladi. Mazkur vaziyatda mijozga maxsus qo’shimcha tayyorgarlikdan o’tgan va litsenziyaga ega bo’lgan ijtimoiy ishchi tomonidan ko’rsatiladigan oilaviy terapiya xizmati zarur bo’ladi.
A.Pinkus va A.Minaxanning fikricha, ijtimoiy ish bu – o’zgarishlarga eltuvchi agentdir. Ijtimoiy ishchining ijtimoiy o’zgarishga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarida insonlar bilan maqsadga yo’naltirilgan o’zaro munosabatga kirishadi. Bunda turli xil funksiyalarga ega bo’lgan o’zaro munosabatlar paydo bo’ladi. Ijtimoiy ishchi bilan o’zaro hamkorlikka kirishuvchi insonlar istalgan biron-bir tizimga, shuningdek bir vaqtning o’zida bir qancha tizimlarga ham aloqador bo’lishlari mumkin. Ijtimoiy ishning ekologik modelida tizimlarning quyidagi tiplari mavjud: 1. o’zgarishlarga olib keluvchi tizim. Bu – o’z agentliklarida o’z mijozlarining vaziyatlarini sinchiklab tahlil qilishi va uning vujudga kelish sabablarini atroflicha o’rganib chiqishi orqali mijozning ongida, xulqida, mikromuhit bilan o’zaro munosabatga kirishishida o’zgarishlarga erishish yo’lida bevosita yordamchi funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy ishchilardir. 2. Mijozlar tizimi – bu ijtimoiy ishchiga muammolarini va qiyinchiliklarini hal qilishga yordam berishlarini so’rab murojaat etgan hamda ular bilan shartnoma rasmiylashtirgan yoki yuzaga kelgan vaziyatni xal etishda hamkorlik qilish bo’yicha oғzaki kelishgan insonlardir. 3. ob’ektlar tizimi – bu ko’rsatiladigan ta’sir yo’naltirilgan insonlardir. 4. Ҳarakat tizimi – ob’ektlar tizimiga ta’sir ko’rsatish uchun birlashgan insonlar.
kiruvchi “jamoatchilik”, “tashkilot” yoki “tizim” bilan emas, aksincha aniq bir insonlarning xulqini o’zgartirish uchun xizmat qiladilar. Xatto butun bir tizimni yoki tashkilotni o’zgartirish zarur bo’lsa, bularning barchasi tizim a’zolarining xulqining o’zgarishiga, tashkilot yoki tizimga nisbatan munosabatini o’zgartirish, ularni o’zaro hamjihatligiga erishish orqali erishiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, o’zgarishlarga olib keluvchi shaxs mijozlar tizimining yoki ob’ektlar tizimi, yo harakat tizimining bir qismi bo’lmaydi, lekin har doim o’zgarishga olib keluvchilar tizimining bir qismi bo’lib qoladi. U harakat tizimi, mijozlar tizimi bilan hamkorlik qiladi, ob’ektlar tizimiga ta’sir ko’rsatish yo’llarini izlab topadi, lekin hech qachon bu tizimlardan qaysidir birining qismi bo’lmaydi.
Shunday qilib, ijtimoiy ish shaxs (yoki guruh) va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikdir. Yoki boshqacha so’zlar bilan aytganda, o’zaro faoliyatga kirishish, yoki insonlarning va ularni atrofdagilari o’rtasidagi interaksiyadir. Ijtimoiy ishchi mijoz va uning muammolari turini aniqlab olgach yaxshiroq natijaga ega bo’ladi, chunki keyinchalik aniq bir usulni qo’llay olish imkoniga ega bo’ladi.
Biroq ko’pincha mijozlar biz vaqtning o’zida yuqorida sanab o’tilgan toifalarning bir qanchasiga kirishi mumkin. Masalan, oila mijoz rolida bo’lsa, u taqdirda bu oilaning a’zolari ham bu rolni bajaradilar, ya’ni individlar nafaqat jamoatchilik a’zosi, balki kichik guruh va uning ichidagi guruhchalarning ham a’zolaridir. Shu munosabat bilan ko’rsatilayotgan xizmatlar mijozlarning ehtiyojlariga muvofiq kelishi uchun ijtimoiy yordamning maqsad va vazifalarini aniq tushunib olish zarur.
Ekotizimli ijtimoiy ishning maqsadi, bilimlari (nazariy asoslari), usul va jarayonini atroflicha ko’rib chiqaylik. Maqsad: ijtimsoiy ishchi nimaga intiladi? Ekologik nazariyaga ko’ra ijtimoiy ishning quyidagi maqsadlari mavjud: 1) insonlarning o’z muammolarini xal qila olish va qiyin vaziyatlardan chiqa olish bo’yicha qobiliyatlarini oshirish; 2) mijozga insonlarni resurslar, xizmatlar hamda imkoniyatlar bilan ta’minlovchi tizimlar bilan aloqa o’rnatishlariga yordam berish; 3) mazkur tizimlarning samarali va insonparvarlik asosida faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratishga ko’maklashish; 4) ijtimoiy siyosatni rivojlantirish va yaxshilash (Pinkus va Minaxan). Individu bilan ishlayotganda biz uning salohiyatini, muammolarini hal qila olish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilamiz, mijozga zarur resurslarga ega bo’lishiga, bu resurslarni bugun va yaqin kunlarda ishlata olish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishida yordam berishga urinamiz. YAna bir vazifa – mijozning o’z ijtimoiy muhiti bilan muomala qilishini yengillashtirishdan iborat.
Ijtimoiy ishchining kasbi tashkilot va insonlar, tashkilotlar va ijtimoiy institutlar o’rtasidagi aloqalarni mukammallashtirish bo’yicha faoliyatni ham o’z ichiga oladi va ijtimoiy siyosatga ta’sir ko’rsatishga yo’naltiriladi. Ҳaqiqatdan ham, bunday ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga intilish uchun asos ham bor: ijtimoiy ish jamiyatning barcha darajalarida, ya’ni individualdan tortib intermadaniyat hamda halqaro hamkorlik darajasigacha faoliyat yuritadi. Ijtimoiy ishchi tashxisli, terapevtik, prognostik va nazorat qiluvchi texnologiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun qanday kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishi haqida atroflicha fikr yuritamiz.
Ijtimoiy ishchining asosiy kasbiy ko’nikmalari: 1. o’zgalarni tushunish hamda maqsadga yo’naltirilgan tarzda tinglay olish. 2. Ma’lumotlarni aniqlab, vaziyatni baholagan holda uning ijtimoiy yuzaga kelishi sabablarini aniqlashga yordam beruvchi barcha dalillarni yiғish. 3. Samarali kasbiy faoliyatni amalga oshirishga yordam beruvchi munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish. 4. Verbal va noverbal xulq-atvorni kuzatish va uni talqin qila olish, tashxis qilishga yordam beruvchi hamda shaxs nazariyasi bilan boғliq nazariy bilimlarni qo’llay bilish. 5. Individ, guruh, ijtimoiy muhit, jamoatchilikni o’z muammolarini hal qilishga nisbatan sa’y-harakatlarini faollashtirish, ularning ishonchini qozonish. 6. Muammoli mavzularni ijobiy hissiy kayfiyatda va tahdidni ifoda etmasdan muhokama qilish. 7. Mijozlarning muammolarini xal etishning yangicha yo’llarini ishlab chiqish. 8. Yordam, ta’lim va terapevtik ko’mak olish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash. 9. Tadqiqotlarni olib borish, tadqiqotning xulosalarini hamda nazariy xolatlarni talqin qila olish. 10. Nizoli individ, guruhlar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashish. 11. Turli mutaxassisliklararo va idoralararo aloqalarni ta’minlash. 12. Ijtimoiy muammolarni talqin qilish va ular haqida fondlarda, tashkilotlarda va qonunchilik institutlarida ma’ruza qila olish. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling