Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy ishda tizimlar nazariyasi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Engel, R., Schutt, R. The practice of research in social work. Sage Publications, Inc., 2005 2. Slovar po sotsialnoy rabote. Pierson J., Thomas M. tahriri ostida. Rus tiliga tarjima. Toshkent, 2006. B. 98 3. Surkova I.YU. Armiya kak ob’ekt sotsialnoy politiki v gendernom kontekste. Sotsiol.fan.nomz. dis.aftoref. Saratov, 2004. 4. Teterskiy S.V. Vvedenie v sotsialnuyu rabotu: Uchebnoe posobie. – 4-nashr. – M.: Akademicheskiy proekt, 2004. 5. Aysmonstas B.B. Pedagogicheskaya psixologiya. Elektron darslik. http:G’G’www.ido.edu.ruG’psychologyG’pedagogical_psychologyG’2.html#2. 1 . Resursga murojaat etilgan sana: 15.10.2004.
Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha uslubiy tavsiyalar Ganieva M.X., Karamyan M.X. Kirish
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari referativ, nazariy yoki empirik xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Ilmiy-tadqiqotchilik ishining tipi tadqiqotda belgilangan ilmiy muammo, uning maqsadi, hamda tadqiqotchining (nazariyotchi, amaliyotchi) ma’lumoti darajasi yoki faoliyat yo’nalishiga boғliq bo’lishi mumkin.
adabiyotlarning tasniflangan tahlili tushuniladi. Masalan, uydagi zulm muammosi yoki alohida ehtiyojli bolalar ta’limini tashkillashtirish muammosi bo’yicha turli olimlarning fikrlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilish. Nazariy ilmiy-tadqiqotchilik ishi o’z ichiga nafaqat ma’lum bir ilmiy-amaliy muammo bo’yicha adabiyotlar tahlilini balki, adabiy manbalarda qayd etilgan noyob tadqiqotlarning natijalarining muhokama qilinishini oladi. Masalan, turli davlatlarda oilaviy siyosat tahlili yoki ijtimoiy ish bilan psixologiya sohasi orasidagi o’xshashlik va farqliklarning tahlili.
tahlili bilan o’z shaxsiy empirik tadqiqoti hamda uning natija va xulosalarining muhokamasini o’z ichiga oladi. Masalan, tadqiqot ota-onalarda bolalar bilan shafqatsiz munosabatning oldini olish borasida ota-onalik ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha kurslarning roliga yoki ijtimoiy ishchilarning alohida
ehtiyojli farzandi bor oilalar bilan muloqoti xususiyatlari yoki yolғiz insonlar bilan ishlaydigan ijtimoiy ishchilardagi kasbiy kuyish xususiyatlari muammosiga baғishlangan bo’lishi mumkin. oo’YUda, qayta tayyorlash kurslari yoki malaka oshirish kurslarida ta’lim olish jarayonidagi ilmiy-tadqiqotchilik ishlari turlariga referat, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari (diplomlar), magistrlik dissertatsiyalari, tadqiqotchilik loyihalari kiradi. Istalgan har qanday tadqiqotchilik loyihasiga umumiy talablar qo’yiladi – ilmiy etika, yangiligi, tadqiqotning dolzarbligi, tadqiqot uchun tanlangan usullarning muvofiqligi va olingan natijalarning to’ғri tahlil etilishi kabi talablar. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqotchilik ishi ma’lum bir ma’lumotni olishda manffatdor bo’lgan o’z o’quvchilariga (masalan, olimlar, mutaxassislar) ega bo’lishini inobatga olgan holda imkon boricha tadqiqotchilik loyihasini yozish hamda rasmiylashtirish uchun belgilangan umumiy talablarga rioya qilish talab etiladi.
Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha umumiy talablar Tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha umumiy talablar o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Adabiy tildan foydalanish, Bunda matnni izchillik bilan ehtimoliy grammatik, orfografik, stilistik xatolarni tekshirilishi hamda ularni o’z vaqtida bartaraf etilishi nazarda tutiladi. 2. Ilmiy-tadqiqotchilik ishida ob’ektiv-xolis fikr bildirish usulining qo’llanilishi. Bunda ommabop nashrlarda qo’llaniladigan jo’shqinlik kayfiyati va xissiyotlarga berilishdan xoli bo’lish zarur. 3. Ma’lumotlarni taqdim etish uchun matnni yaxshi tushunishga yordam beruvchi sxemalar, grafik, jadvallardan foydalanish. Agarda ma’lumotni yaxshiroq qabul qilishga yordam beruvchi mazkur vositalar ishda qo’llansa, ularni mazmun bayon etilayotgan joyda yoki agar ular katta xajmga ega bo’lsa, ularni ilovalarda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 4. Shartli belgi, ishora, sxemalar, grafik, jadvallar tagi (usti)dagi yozuvlarni batafsilroq yozish. Sxemalar, grafik, jadvallar sarlavhaga va ishning bobiga boғliq bo’lmagan tartib raqamiga ega bo’lishi kerak. Masalan, jadvalning tartib raqami va nomi jadvalning tepa qismida o’ng tomonida joylashtiriladi: 1-jadval. Nomi. 5. Matndagi rasm, jadval, ishning bobi, betiga ishora qiluvchi ssilka (havola)lar qisqartirilgan holda yoziladi, masalan: 1-rasm, 1-jadval, 5-bet, 1-Bob, 1-Ilova. 6. Snoskalar asosiy matndan qalin chiziq bilan ajratiladi, har bir betdan kelib chiqqan holda raqam qo’yiladi, bunda raqamlash har bir betda qayta belgilanadi. Agar bu gapning oxiri bo’lsa yoki snoska bevosita tegishli bo’lgan so’z oldida bo’lsa snoska belgisi tinish belgisi oldidan qo’yiladi (savol, undov va ko’p nuqtadan tashqari). 7. Ish muallifining ғoyasini tasdiqlash maqsadida sitata keltirish bo’yicha talablarga rioya qilish.
Sitata 2 xil ko’rinishda keltirilishi mumkin: to’ғridan to’ғri (boshqa muallifning matni qo’shtirnoq ichida so’zma-so’z qaytariladi) va bilvosita (boshqa muallif fikri uning biron-bir asarining turli qismidan olingan va keltirilayotgan matnga yaqin ma’nodosh mazmun keltiriladi). “Sitata keltirilishida u ortiqcha ham, kam ham bo’lishi kerak emas, chunki unisi ham bunisi ham ilmiy ishning darajasini pasaytirib yuborishi mumkin: haddan ziyod ko’p sitata keltirilishi kishida bosho’alarning matnlaridan foydalanish matn hajmini kengaytirishga urinishdek taassurot qoldiradi. Foydalanilgan manbalardan olingan sitatalar keltirilishi yoki unga yo’naltirilgan ssilka (havola)ning zaruriyati paydo bo’lganda sitataning kam keltirilishi esa ishda keltirilayotgan fikrning ilmiy qimmatini pasaytiradi” (2, 10).
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ilmiy fikrni bildirish etikasi sitata keltirilishi bo’yicha talablarga qat’iy rioya qilinishini talab etadi. Bu esa mazkur muallifning boshqa mualliflarning ғoyasi, farazi, ijodiy faoliyati mahsullari bo’lgan natijalarni o’zlashtirmayotganligi hamda
plagiat bilan
shuғullanmayotganligiga ishora sifatida xizmat qiladi. Quyidagilar sitata keltirish talablariga kiradi: A) Sitatani rasmiylashtirish qoidablari.
Vinnichenko, Petrovalarning fikricha, sitata sifatida keltirilayotgan matn asl namunasida keltirilganidek to’liq holda hamda qo’shtirnoq ichidav keltirilishi kerak [2]. Agarda so’zlar, gaplar, abzatslar sitata sifatida keltirilayotgan matn mnbasida pastga tushirilgan bo’lsa, unday holda mazkur tushirishlar ko’p nuqta bilan belgilanadi. Bevosita sitata keltirishda esa, boshqa muallif fikrning aniq va to’ғri bildirilishiga qat’iy rioya qilish zarur.
2 ta asosiy usullari qo’llaniladi: muallif familiyasi va ish yili qavs ichida ko’rsatilishi orqali (agarda 2 ta hammualliflikda bo’lsa – har ikkala hammuallif, agarda ko’p mualliflikda bo’lsa, birinchi muallif familiyasi “va b.” ishorasi hamda betlari keltiriladi, manbaning adabiyotlar ro’yxatidagi tartib raqami va beti qavs ichida keltiriladi.
Agarda sitata birinchi asosiy manbadan emas, boshqa manbadan keltirilayotgan bo’lsa, u taqdirda “Sit. “Manba nomi”dan olingan”ligi ko’rsatiladi. V) sitata keltirilishiga oid misollar «Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi – shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud bo’lishi uchun imkoniyat va qobiliyatlarini ochib berish hamda ularning farovonligi haqida qayғurishdan iborat” (Teterskiy, 2000, B. 23) faoliyati turli ijtimoiy xizmatlar, davlat ijtimoiy dasturlari va b.larda mujassamdir. Ijtimoiy ishning asosiy maqsadiga baғishlangan ko’pgina asarlarda “ijtimoiy ishning asosiy maqsadi – shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud bo’lishi uchun imkoniyat va qobiliyatlarini ochib berish hamda ularning farovonligi haqida qayғurishdan iborat”ligi alohida ta’kidlanadi (Teterskiy, 2000, B. 23). Ijtimoiy ishning asosiy maqsadiga baғishlangan ko’pgina asarlarda “ijtimoiy ishning asosiy maqsadi – shaxs, oila, jamiyatni me’yorda mavjud bo’lishi uchun
ularning farovonligi haqida qayғurishdan iborat”ligi alohida ta’kidlanadi (Teterskiy, 2000, B. 23). Ko’pincha tadqiqotlarda IIning maqsadiga alohida e’tibor beriladi. Bir tomondan IIning maqsadi insonlarning farovonligi haqida qayғurishdan iborat bo’lsa, boshqa tomondan – ularning imkoniyatlarini ochib berishdan iborat (Teterskiy, 2000).
8. Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini inobatga olgan holda “eksperimental tadqiqot” tushunchasini to’ғri qo’llash lozim. Agar ishda tadqiqot ishtirokchilariga ta’sir ko’rsatish ehtimoli bor eksperiment o’tkazilmaydigan bo’lsa, u taqdirda “empirik tadqiqot” tushunchasining qo’llangani ma’qulroqdir. 9. Tadqiqotchilik loyihasining rasmiylashtirilishi. Ishni rasmiylashtirish bo’yicha talablar oo’YUning talabidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy talablardan biri bu – matn oson o’qilishi kerak.
Matn qo’lyozma tarzida, mashinkada yoki kompyuter vositasi yordamida yozilgan bo’lishi mumkin. Matn betlari A4 formatga mos bo’lishi kerak; matn bir betda quyidagi xoshiyalar xajmiga muvofiq bo’lishi kerak – chap tomondan – 3 sm, o’ng tomondan – 1,5 sm, yuqorisi – 2 sm, quyidagisi – 2 sm. odatda matn Times New Roman shriftida 1,5-2 interval oraliғida 12 yoki 14 punkt xajmida yoziladi. Ish xajmi oo’YU talablariga muvofiq belgilanadi va u kurs ishi uchun 15-20 betdan, bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertatsiyasi uchun 50-60 betdan iborat bo’lishi mumkin.
Ish strukturasi Jahon amaliyotida ilmiy-tadqiqotchilik ishi natijalarini taqdim etishning yagona shakli mavjud: 1) tadqiqot muammosiga kirish (adabiyotlar tahlili, muammo, ishning maqsad va vazifalarini belgilash, tadqiqot dasturi); 2) ish natijalarining tavsifi va tahlili; 3) tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq ravishda ish natijalarining muhokamasi.
Tadqiqotchilik loyihasining asosiy tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi: 1. Titul varaғi 2. Mundarija 3. Kirish 4. Bob, paragraf va paragrafosti raqamlarga bo’linuvchi asosiy qism. U adabiyotlar tahlili; muammo va tadqiqot dasturining belgilanishi, tadqiqot natijalarining tavsifi, tahlili va interpretatsiyasini o’z ichiga oladi. 5. Xulosalar 6. YAkuniy xulosa 7. Adabiyotlar ro’yxati 8. Ilovalar (zarur bo’lsa) Bundan tashqari ishga yordamchi element sifatida qisqartmalar ro’yxati, shartli belgilar ro’yxati, jadval va rasmlarga ko’rsatma va boshqalardan foydalanish mumkin. Ular mualliflarning ishning tarkibiy tuzilmasiga nisbatan yondoshuvi va uning mazmunini taqdim etish xususiyatlariga boғliq ravishda qo’llanilishi mumkin.
Ularning xususiyatlarini alohida tarzda ko’rib chiqamiz. 1. Titul varaғi oo’YUning talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Lekin umuman olganda u o’zida quyidagilarni aks ettiradi: vazirlikning to’liq nomi (ushbu holatda o’zbekiston Respublikasining oliy va o’rta maxsus vazirligi va o’zbekiston Respublikasining madaniyat va sport ishlari bo’yicha Vazirligi); oo’YUning (masalan, A.Qodiriy nomli Toshkent Davlat Madaniyat instituti), fakultet va kafedraning to’liq nomi; ish turining nomi (masalan, bitiruv malakaviy ish); ish mavzusi; bajaruvchi va ilmiy rahbar haqidagi ma’lumotlar; himoyaga tavsiya etilishi borasidagi ma’lumotlar; himoya joyi va yili haqidagi ma’lumotlar. 2. Mundarija ishning tarkibiy qismini aks ettiradi. Ularni har birining umumiy matndagi joylashgan beti raqami qayd etiladi. Bular kirish qismi, boblar, paragraflar, paragrafosti bandlari, xulosalar va yakuniy xulosa, adabiyotlar ro’yxati, ilovalar.
Mundarija Kirish……………………………………………………………………………… ……..….. 3 1 Bob.
Tadqiqot muammosi bo’yicha nazariy
adabiyotlar tahlili
....…………..…….8 1.1. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatni tushunish borasidagi asosiy yondoshuvlar............................................................................................................... ......8 1.2. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatni oldini
olish usullari .………...…….15 2 Bob. Tadqiqot metodologiyasi, uni tashkillashtirish va usullari ................……… 2.1. Tadqiqot metodologiyasi va
uni tashkillashtirish............………………....…………… 2.2. Tadqiqot usullari......…………………………………………………...………………… 3 Bob. oilada bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olishda ota- onalik ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha kurslarning rolini tadqiq etish bo’yicha natijalar ..............................................................................................……………… 3.1. Natijalar tavsifi......………………………………………...…………………………… 3.2.
Natijalar tahlili
va muhokamasi………………………....…………………………….. Xulosalar…………………………………………………………………………… ………….
YAkuniy xulosa……………………………………………………………………………… ….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………...…………………………………..….. Ilovalar.......………………………………………………………………………… …...…….
3. Kirish. Mazkur qism quyidagilardan iborat: Mavzuning dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati va ishning mohiyati qaratilgan muammoning tanlanilishini asoslanishi; ilm-fanda uning ishlab chiqilganlik darajasi; tadqiqotning predmeti, maqsadi, faraz va vazifalari (maqsadni bosqichma- bosqich amalga oshirilishi); tadqiqot bazasi va uning ishtirokchilari; ma’lumotlarni yiғish va qayta ishlash usullari; ishning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati; ishning tuzilishi.
bir necha bobdan iborat bo’ladi. 4.1. Adabiyotlar obzori va tahlili – belgilangan mavzu bo’yicha adabiyotlar manbalarining tanqidiy tahliliy-sintetik nuqtai nazardan talqini. Adabiyotlar tahlili to’liq va ishonchli bo’lishi, keltirilgan ma’lumot bo’yicha fikr-munosabat bildirilishi, mantiqiy, mukammal, aniq va ixcham bo’lishi kerak.
odatda, adabiyotlar obzori ishning umumiy hajmining 1G’3 qismidan oshmaydi va bitta bobda 2 ta paragrafda aks ettiriladi. Mazkur bob aniq tarzda ifodalangan xulosalar bilan yakunlanadi. Ishning ushbu qismi maqsadi nafaqat muammoga tegishli turli xil nazariy yondoshuvlar, bu tadqiqotlarning natijalarini muhokama etishdan, balki o’z tadqiqotining mavzusini tanlanilishi, maqsadi va vazifalari belgilanishining asoslanishiga baғishlanadi.
tadqiqotning metodologik jihatdan yondoshuvi ochib beriladi. Masalan, ijtimoiy ishda metodologiya sifatida alohida ehtiyojli farzandi bor oilalar bilan ishlashda kuchli tomonlar nazariyasi yoki oilaviy zo’ravonlik muammosi tahliliga tizimli yondoshuv xizmat qiladi.
Bu bob yoki paragrafda (ishning tuzilishiga qarab) tadqiqot muammosi, uning maqsadi, faraz va vazifalari, tadqiqot ishtirokchilari Kirish qismiga qaraganda aniq va batafsilroq keltiriladi.
Tadqiqot dasturi yoki uni tashkillashtirilishi tavsifi keltiriladi. Masalan, tadqiqot maqsadiga, ya’ni bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olishda ota-onalik ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha kurslarning rolini o’rganishda – ota-onalar uchun kurslar tashkillashtirilishi, kurslar yakunida esa mazkur oilalarda munosabat tarzining o’zgarganligini kuzatilishi ta’kidlanadi.
Shu qismda usullar va tadqiqot metodikalarining tavsifi va ularni tanlanilishining asoslanadi, natijalarni qayta ishlash asosida olingan ma’lumotlar va ularning tahlili keltiriladi. odatda, mazkur qism 2 ta paragrafdan iborat bo’lgan alohida bobni tashkil etadi. Bunda birinchisi tadqiqot metodologiyasi va uning tashkillashtirilishiga (ishtirokchilari haqidagi ma’lumotni ham ko’rsatgan holda) baғishlansa, ikkinchisida esa tadqiqot usullari va metodikalari haqida ma’lumot beriladi.
paragrafdan iborat alohida bobda keltiriladi. Ko’pincha bu bob “Empirik (eksperimental) tadqiqot natijalari” deb nomlanadi. Paragraflarning miqdori, fikrlar bayon etilishi ketma-ketligi va mantiqi tadqiqot mavzusi va belgilangan rejaga
boғliq amalga oshiriladi. Ishning mazkur qismida sxemalar, grafik va jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur bob tadqiqot davomida olingan barcha natijalar borasidagi ma’lumotlarni, uning tadqiqotchilar tomonidan muhokamasi va interpretatsiyasini aks ettiradi. Natijalarning muhokamasi shu jumladan ularning tanqidiy tahlilini ham nazarda tutadi. Birinchidan, natijalarning belgilangan maqsad, faraz va vazifalariga muvofiq kelishi, ikkinchidan esa boshqa tadqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlarga mosligi muhokamasini o’z ichiga oladi.
Mazkur bobni rasmiylashtirishda shuni unutmaslik lozimki, tadqiqotda belgilangan maqsad har doim ham kutilgan natijani beravermaydi, salbiy natija ham aniq bir ilmiy qimmatga ega bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, olingan ma’lumotlarni maqsadga, tadqiqot farazi va vazifalariga muvofiq keladigan qilib o’zgartirishning aslo xojati yo’q. olingan ma’lumotlarni ochiq-oydinlik bilan tavsiflab berilishi hamda muhokama etilishi tadqiqot muallifining ilmiy kompetentlikka egaligidan dalolat beradi. 5. Xulosalar Ishning yakunlari “Xulosalar” qismida beriladi. Xulosalar asoslangan hamda aniq va qisqa qilib bayon etilgan bo’lishi lozim. Ҳar bir xulosa raqamlanadi. Xulosalarda tadqiqotning asosiy natijalari hamda unda aniqlangan qonuniyatlar tavsifi beriladi. Xulosalar maqsad, faraz xolatlari va tadqiqot vazifalariga mos ravishda berilishi lozim.
tavsifi
beriladi,
ishda belgilangan farazning isbotlanganligi yoki
isbotlanmaganligini ko’rsatgan holda umumiy baho beriladi. YAkuniy xulosalar matni tadqiqot maqsadi va vazifalari bilan aniq boғlangan bo’lishi zarur. Bu qismda ish yakunlanib, olingan natijalar asosida taklif va tavsiyalar bayon etiladi, kelgusidagi tadqiqotlarning istiqbollari belgilanadi. Ijtimoiy ishda olib boriladigan tadqiqotlarning o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda YAkuniy xulosalarda alohida e’tiborni tavsiyalarga qaratish mumkin yoki ularni keyingi boshqa alohida paragrafda ajratib ko’rsatish mumkin.
boғliq. Ularni tartiblash bo’yicha talablar oo’YU talablariga boғliq, lekin odatda adabiyotlar ro’yxati ikki usulda keltiriladi: ishda manbalarning ko’rsatilishi ketma-ketligiga muvofiq tarzda; alfavit tartibida. Ҳar bir manba uchun mualliflarning familiya va initsiallarini, ishning nomi, nashr bo’yicha ma’lumotlarni; jurnalning nomi (agar jarnaldagi maqola bo’lsa) va uning beti ko’rsatilgan holda nashrga oid ma’lumotlarni; to’plam nomi va uning tahrirchilari yoki tuzuvchilari familiyalari, nashrga oid ma’lumotlarni ko’rsatish zarur. Nashrga oid ma’lumotlarga – nashr joyi, nashriyot nomi, nashr yili, betlar miqdori kiradi. Manbalar tartibga keltirilib, tartib raqami bilan belgilangan bo’lishi kerak – o’zbek tilidagi manbalar, rus tilidagi manbalar, chet tillardagi barcha manbalar.
Abdullaxodjaev M. S. , Muxtarova E. X., Nakonechno’y YU. P., Axmedov A. X. Faktoro’ riska razvitiya yazvennoy bolezni u deteyG’G’Meditsinskiy jurnal Uzbekistana. 1992. № 5. B. 12-15. Aleksandrova V. YU., Suslova ye.A., Aleksandrov A.A. Psixologicheskie aspekto’ profilaktiki serdechno-sosudisto’x zabolevaniyG’G’Psixol. jurn. 1985. T. 6. № 1. B.122-130.
Bassin F. V. o sovremennom podxode k probleme psixologicheskix faktorov bolezniG’G’ Kitob: Rol psixicheskogo faktora v proisxojdenii, techenii i lechenii somaticheskix bolezney. Morozov G. V. tahriri ostida - M.: Meditsina, 1972. B. 25-33 Vasserman L.I, Vuks A.YA., Iovlev B.V., Karpova E.B. o psixologicheskoy diagnostike tipov otnosheniya k bolezniG’G’ Kitob: Psixologicheskaya diagnostika otnosheniya k bolezni pri nervno-psixicheskix i somaticheskix zabolevaniyax. L.: Leningr.ilmiy-tadq.psixonevrol.in-t, 1990. B. 8-15. Shapatina o.V. Razvitie samootsenki rebenka v sisteme semeyno’x otnosheniy G’G’ «Pedagogicheskiy protsess kak kulturnaya deyatelnost» Xalqaro anjumani ma’ruzalari tezisi. Samara, 1997. S.153-154. Kitob Vasilyuk F.E. Psixologiya perejivaniya. Analiz preodoleniya kriticheskix situatsiy. – M.: Mosk. un-ti nashri, 1984. 156 b.
Familiya I.o. Maqola nomi G’G’ Resurs nomi. URL: http:G’G’www .....
Resursga murojaat etilgan sana. Material nomi G’G’ Resurs nomi. URL: http:G’G’www ..... Resursga murojaat etilgan sana.
Zotkin N.V. Smo’slopolaganie v situatsii neopredelennosti: Psixol. fanlari nomzodligi dis. avtoreferati. M., 2000. - 23 b. Po’jikova J.V. Stanovlenie avtonomii lichnosti starsheklassnika v usloviyax sotsialno-psixologicheskogo treninga: Psixol. fanlari
nomzodligi dis.
avtoreferati. M., 1999. - 136 b. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1.
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizsiya va isloh etishdir. “O„zbyokiston”, 2005. 2. Karimov I.A. “Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo„lidan yanada izchil Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch. T., “Ma'naviyat”, 2008. 3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy inqirozi ,O„zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yo„llari vachoralari, T.:”O„zbekiston”,2009 4.
Grigoryev S.I., Guslyakova L.G., Yelchaninov V.A. i dr. Teoriya i metodologiya sotsialnoy raboti.- M.: Nauka, 1994. 5. Osnovi sotsialnoy raboti: Uchebnik / Otv. red. P.D. Pavlenok.- M.: INFRA- M, 1997. 6.
Teorii sotsialnoy raboti na puti k samoopredeleniyu, obrazovaniyu i praktike (Kniga dlya sotsialnogo rabotnika i sotsialnogo pedagoga) / Pod red. SI, Grigoryeva.- M.: Izd-vo ASOPiR. 1994. 7.
Teoriya i metodika sotsialnoy raboti: kratkiy kurs / Pod red. B.I. Jukova - M.: Soyuz, 1994. 8. Teoriya v metodika sotsialnoy raboti / Pod red. P.D. Pav-lenka,- M.: GASBU, 1993, 1995. Vip.1 - 2.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling