Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.12.2020
Hajmi0.59 Mb.
#156886
  1   2   3
Bog'liq
ijtimoiy ishda tizimlar nazariyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI  

 

IJTIMOIY – IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

IJTIMOIY ISH KAFEDRASI 

IJTIMOIY ISH  YO’NALISHI 

 

KURS IShI 

 

MAVZU: IJTIMOIY ISHDA TIZIMLAR NAZARIYASI 

 

Fan: MEHNAT BIRJALARI VA BANDLIK 

 

 

 

 Bajardi:Gaffarova N. 

 Tekshirdi: dots Jo’raev L.N. 

 

 

 

Samarqand – 2014 yil. 

 

MAVZU 

IJTIMOIY ISHDA TIZIMLAR NAZARIYASI. 

Reja: 

1. Tizimlar nazariyasi tahliliy modeli  

2 Tizimlarning rivojlanishi va  amalga oshirilishi 

3 Ijtimoiy mavjudlik insoniy tizim 



 

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijtimoiy  ishning  nazariy  bilimlarining  asosiy  qismini  egallagan  tizimlar 

nazariyasi  amaliyotda  olinayotgan  bilimlarni  quyidagi  tarzda  yo’lga  qo’yishga 

imkon beradi. 

1.  Tizimlar  nazariyasi  tahliliy  modelga  qaraganda  ko’proq  ma’lumotlarni  ko’rib 

chiqish  imkonini  beradi,  shuningdek  ijtimoiy  ishda  zarur  bo’lgan  bir  qancha 

fanlararo  xarakterga  ega  bo’lgan  ma’lumotlarni  bir  tizimga  solishga  yordam 

beradi.  

2.  Tizimlarning  rivojlanish,  amalga  oshirilishi,  tuzilmasi  bilan  boғliq  holatlar 

ijtimoiy  ishchining  turli  toifadagi  –  individdan  tortib,  to  butun  bir  jamiyatdan 

iborat bo’lgan mijozlari bilan ishlashida qo’llanilishi mumkin. 

3.  Tizimlar  nazariyasi  keng  ko’lamdagi  ijtimoiy  muammolarni,  ya’ni  ijtimoiy 

kichik  tizimlar  orasida  munosabatlarda  yuzaga  keladigan  muammolarni  ham 

baholash  uchun  asosni  yaratib  beradi.  Bunda  kichik  tizimlardan  birida 

kechayotgan  o’zgarishlarni  boshqa  tizimchalarga  ta’sir  ko’rsatuvchi  xolat 

sifatida inobatga olinishi imkoniyatini oshiradi.    

Ijtimoiy  ish  amaliyotida  tizimli  yondoshuv  doirasida,  shuningdek  rollar 

nazariyasining quyidagi xolatlari ham katta ahamiyatga egadir:    

  Aniq  bir  xulq-atvor  namunalariga  nisbatan  munosabat  (biz  tomondan  yoki 



bizning ijtimoiy tizimimizdagi boshqa elementlar tomonidan) bizning shu tizim 

ichidagi pozitsiyamizga monand ravishda bildiriladi.   

 

Ҳar  bir  rol  o’z  ichiga  kutilma    va  imkoniyatlarni  qamrab  oladi:  o’zimizning 



kabi boshqa bir yoki ko’pchilik insonlardagi kabi.   

 



Rolli  kutilmalar  shunday  ta’sir  ko’rsatadiki,  aniq  bir  ijtimoiy  me’yorlar, 

pozitsiyalar  ichidagi  va  tizimlar  orasidagi  kongruent,  nizolarni  yuzaga 

keltirmaydigan  interaksiy  va  transaksiylar  uchun  belgilanadigan  tashqi 

chegaralar doirasida mavjud bo’ladi. 

4.  Rol  o’ynayotgan  individning  o’zida  bo’lgani  kabi,  uning  atrof  muhitidagi 

jamiyatda ham insonlarning o’z rollarini qay tarzda o’ynashlari haqidagi hissan 

rang-barang talqinli qadriyatli fikrlar mavjud bo’ladi.  


5.  Ijtimoiy  mavjudlik  insoniy  tizim  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  bir  qancha 

rollarning majmui sifatida ko’rilishi mumkin.  

6.  Rol,  rolli  mavjudlik,  rolli  ekspektatsiya  va  rolli  transaksiya  kabi  tushunchalar 

muammoli  vaziyat  baholanayotganda  qo’llanilishi  mumkin.  Quyidagi 

xolatlarda  rolning  muvaffaqiyatsiz  ijro  etilishi  yoki  rolli  nizolar  vaziyatlarga 

olib kelishi mumkin: 

 

tizimning o’z rolini me’yorida bajarishi uchun zarur resurslar; 



  mavjud emas yoki yetarli emas; 

  tizimlar  oldindan  rolli  kutilmalarni  bilmagan  holda  yangi  rollarga 



kirishadilar; 

 



o’zaro  munosabatga  kiruvchi  tizimlar  orasida  har  birining  rolli  kutilmalari 

yuzasidan nizolar mavjud bo’ladi;  

  bitta  tizimdagi  rollar  guruhida  rolli  kutilmalar  orasida  ham  nizolar  mavjud 



bo’ladi; 

 



rolli  kutilmalarning  ikki  xil  ma’no  va  mazmunga  ega  bo’lishi  boshqa 

tizimlarda mavjud bo’ladi; 

  individ tizim va ijtimoiy tizim a’zosi sifatida o’z rolidan kelib chiqqan holda 



jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy qobiliyatlarda cheklangan yoki defektli bo’lishi 

mumkin; 


 

yuqori tuyғular yoki krizisli vaziyatlar to’satdan va ogohlantirmasdan turib 



oldindan samarali bo’lgan rolli namunalarni barbod qilib yuborishi mumkin. 

     


Rollar kongruentligiga misol: ijtimoiy ishchining va mijozning o’zida mijoz 

(ijtimoiy  ishchi)  xulqi  bilan  boғliq  kutilmalarida  farqliklar  mavjud 

bo’lganida  yoki  mijozning  tasavvuridagi  ijtimoiy  ishchining  roli  bilan 

ijtimoiy ishning o’z roli haqidagi o’z tasavvurida farqliklar mavjud bo’ladi. 

Ijtimoiy ishchi bitta madaniyat vakillaridan biri bo’lib turgan holda boshqa 

madaniyat  vakili  bo’lgan  mijoz  bilan  ishlayotganda  uning  uchun  yaqqol 

“ko’zga tashlanmaydigan” va tan olinmaydigan muammolar juda ham oғir, 

jiddiy va murakkab bo’lib tuyulishi mumkin. Bu muammolar ijtimoiy ishchi 



uchun  toki  u  rollarni  nokongruentligining  muhimligini  anglab  yetmaguniga 

qadar ularning o’zaro munosabatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ikki xil 

madaniyat o’zida attityud va u yoki bu rolga to’ғri keluvchi turli xil va nizoli  

tavsiflarini aks ettirishi mumkin.  

     

Masalan, Shimoliy Amerika aholisining vakili bo’lgan talaba-ijtimoiy ishchi  



xuddi shu madaniyatga tegishli bo’lgan soғliғi xolati taqozosi tufayli kasalxonaga 

yotqizilishi zarur bo’lgan, biroq klinikaga borishdan qo’rqayotgan mijoz ayol bilan 

ishladi.   

o’zining  xavotirlanayotgan  mijozi  uchun  mediatorlik  yordamini  berishga  uringan 

talaba  klinika  doktorining  oldiga  boradi. U  klinika  doktorining  yordam  berishdan 

bosh  tortayotganini  hamda  o’zini  juda  qo’pol  tarzda  tutayotganini  ko’rgan  talaba 

bu vazichtdan qattiq achchiqlanib umidsizlikka tushadi.  U amaliyot rahbari bilan 

o’z  taassurotlari  haqida  gapirganda  aniq  bo’lishicha,  doktorning  xulqi  borasidagi 

qizning xulosasi aslida doktorning qiz kirishi bilan uning mijozi haqida to’ғridan-

to’ғri savollarni juda ham ko’p berishi bilan boғliq bo’lgan.  Bu tarzdagi muomala 

talabaning  bir-biri  bilan  yaxshi  tanish  bo’lmagan  insonlarning  o’zini  qanday 

tutishlari lozimligi haqidagi tasavvurlariga aslo to’ғri kelmas edi. Mazkur misolda 

notanish  insonlar  bir-birlari  bilan  muomalada  o’zlarini  qanday  tutish  kerakligi 

haqidagi madaniy tasavvurlariga (rolli kutilmalar) ega bo’lib turib, ijtimoiy ishchi 

(o’zgarishlarga  olib  keluvchi  agent  sifatida)  uning  mijoz  uchun  (mijoz  tizimi) 

yordam  berayotgan  vaziyatning  mohiyatiga  tushunishga  uringan  doktorning 

xulqini noto’ғri talqin qilgan.    

Psixoijtimoiy ish modeli  

    


Shvesiyadagi  kupqirrali  yondoshuvlarga  muvofiq  bugungi  kunda  ijtimoiy 

ishning ikki xil turi ajratiladi: psixoijtimoiy ish va tuzilmaviy ijtimoiy ish.  

      

Psixoijtimoiy  ish  deganda  individ,  oila  va  guruhlar  bilan  ishlayotganda 



ularning ham ichki (psixologik), ham tashqi (ijtimoiy)  muammolari ustida ishlash 

orqali  yordam  berilishi  tushuniladi.    Psixoijtimoiy  ishda  biz  insonlarning  ana  shu 

ikkilamchi mavjudligini inobatga olgan holda ish yuritamiz. Ҳar ikki tomonga oid 


elementlar  bir-biri  bilan  kesishib,  psixoijtimoiy  muammolarni  qanday  hosil 

qilganini tushunib olmaguncha biz mijozga yordam bera olmaymiz.   

      

Ijtimoiy  ish  –  bu  tizimli  va  maqsadga  qaratilan  faoliyatdir.  Mazkur  amaliy 



faoliyat  hodisalar,  vaziyat  va  jaranlarni  tahlil  qilishga  (tushuntirish  va  anglab 

yetish)  yordam  beruvchi  bir  va  bir  qancha  nazariyalarga  asoslanadi.  Insoniyat  va 

guruhda 

o’zgarishlarning 

ehtimolligi, 

shuningdek 

nazariy 

asoslangan 

intervensiyalar  haqidagi  nazariy  tasavvurlarga  ega  bo’lish  katta  ahamiyatga  ega. 

Barchasini inobatga olgan holda aytish mumkinki, nazariya ijtimoiy ishchiga: 

1) tahlil qilishga, ya’ni tushunish va tushuntirishga;  

2) faoliyat yuritish, o’zgarishlarni amalga oshirgan holda ishlashga yordam beradi.  

Nazariy  bilimlar  yordamida  ijtimoiy  ishchi  mijozning  muammosini 

tushuntirib  bera  olishi  va  terapevtik  jarayonning  mohiyatini  tushuna  olishi, 

mijozni,  hamda  mijoz  bilan  o’zaro  munosabatlarga  kirishish  mobaynida  o’zligini 

tushunish imkoniyaga ega bo’ladi.  Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu nazariya bir 

qancha psixologik, sotsiologik va boshqa nazariyalarning kombinatsiyasidan iborat 

bo’lmay, balki ijtimoiy ishga tegishli nazariyalardan biri bo’lishi lozim. Ҳaqiqatda 

ham bu turli xil nazariyalarni mujassamlashtirmoq birmuncha mushkul bo’lar edi. 

Zero ularning ba’zilari faqat nazariy tahlilga yaroqlik bo’lsa, boshqalari  – amaliy 

faoliyat uchun qo’l keladi. Ba’zan shunaqa ham bo’ladiki, turli xil nazariyalar turli 

darajada qo’llanilishi mumkin: biri inson shaxsini tushunish uchun bo’lsa, boshqasi 

–  oilani,  yana  uchinchisi  esa  –  qo’llab-quvvatlash  tizimini,  ijtimoiy  institut  va 

tuzilmalarni  tushunishda  yordam  beradi.    Ijtimoiy  ishda  “inson  o’zining 

vaziyatida”  degan  iborani  tushunish  uchun  kompleks  tahlilni  olib  borish  hamda 

ichki va tashqi muammolar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni tushunishga qaratilgan 

amaliy  faoliyatlarning  kompleks  strategiyasini  amalga  oshirish  uchun  nazariy 

yondoshuvlarning  paydo  bo’lish  davri  kechgan.  Lisbet  va    professor    Gunnar  

Bernler (Geteborg  universiteti, Shvesiya)  psixoijtimoiy  deb  nom  olgan  nazariyani 

ishlab chiqish ustida ishlaganlar.  

      

Evropa  va  AQShlarida  ijtimoiy  ishchilar  paydo  bo’lish  bilan  boғliq  eski 



an’anaga  binoan  ijtimoiy  ish  bo’yicha  barcha  bilimlar  “nazariya”  va  “usullarga” 

bo’linadi. Ijtimoiy ish fakultetlarida nazariyani o’rgatuvchi alohida o’qituvchilar va 

usullarga ixtisoslashgan muallimlar mavjud.  

 

Bitta  o’quv  predmetida  talabalar  inson,  jamiyat  va  ijtimoiy  muammolarni 



qanday  qilib  tahlil  qilishga  o’rgansalar,  boshqasida  bu  muammolar  bilan  qanday 

ishlash lozimligini o’rganadilar. Bu ijtimoiy ishchining tahlili va usullarining bir-

biridan  ajratilib  qo’yilishiga  olib  keladi.    Boshqacha  qilib  aytganda,  tahlil  va 

faoliyat na nazariyada va na amaliyotda bir-biri bilan boғlanadi.   

   

Agarda  tahlil va faoliyat  bir-biri bilan nazariyada boғlanmagan  bo’lsa, usul 



va  texnologiyalar  o’z  olamidagina  mavjud  bo’lib,  ijtimoiy  ish  ham  “ijtimoiy 

injeneriyaga”  aylanib  qolish  ehtimoli  mavjud.  Ba’zi  ijtimoiy  ishchilar  mijoz 

muammolarining  tahlili  borasida  juda  o’zib  ketsalarda,  biroq  vaziyatni  qanday 

qilib  o’zgartirish  mumkinligi  borasida  yetarlicha  tasavvurga  ega  bo’lmaydilar. 

Boshqalari  esa  usullarni  muammo  va  vaziyatni  chuqur  tushunmagan  holda 

qo’llaydilar. 

      

Psixoijtimoiy ishning beshta muhim shartlari mavjud: 



1. 

Psixoijtimoiy yondoshuv. Insonlar va ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit bilan 

o’zaro  munosabatini  yaxshilash  mazkur  ishning  markaziy  ғoyasi  hisoblanadi. 

Mazkur  ғoya  inson  rivojlanishining  qay  tarzda  kechishi,  shuningdek  ijtimoiy 

muammolar  qay  tarzda  vujudga  kelishi  va  davom  etishini  tushunishning  asosi 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  “insonni  o’zining  vaziyatida” 

ekanligini  bir  butunlik  sifatida  qabul  qilish  lozim.  Individ  vaziyat  mazmuniga 

qarab  talqin  etilishi  lozim,  bunda  biz  o’z  e’tiborimizni  ichki  va  tashqi  omillar 

hamda  ichki  va  tashqi  muammolar  orasidagi  o’zaro  aloqadorlikka  qaratishimiz 

lozim bo’ladi.   

Umuman  olganda  bolalar  bilan  ishlaydigan  har  qanday  mutaxassis  – 

pedagoglar,  patronajni  olib  boruvchi  tibbiy  xodimlar,  vrachlar,  ijtimoiy  ishchilar 

ham o’z ishida mazkur psixoijtimoiy yondoshuvni qo’llashi lozim. Biroq faqatgina 

keyingi  to’rtta  tamoyilga  rioya  qilingandagina  ijtimoiy  ishchilar  uchun 

psixoijtimoiy ish ular kasbiy faoliyatining bir usuli sifatida xizmat qiladi. 



2. 

Psixoijtimoiy  ish  nazariyasining  mavjudligi.  Shuningdek,  shuni  alohida 

ta’kidlash  joizki,  psixoijtimoiy  ish  nazariyasi  individual-shaxsiy  va  guruhiy 

hodisalarning  vujudga  kelishini  tushunish  va  tushuntirishda  qo’llaniladigan 

tizimlar  va  psixodinamika  teoriyasi  bilimlari  sohasi  asosida  quriladi.  “Inson 

o’zining vaziyatida” konsepsiyasini bir butunligini tushunish uchun psixoijtimoiy 

ish nazariyasi bir butunlikni hosil qiluvchi qismlarning interaksiyasi, transaksiyasi 

hamda o’zaro boғliqligiga asoslanadi. Tizimli tarzda fikr yuritish asosidagina biz 

o’zimizni yo individ, yoki uning atrof muhiti muhokama markazida turgan ijtimoiy 

ishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklardan himoya qila olishimiz mumkin     

 

Tizimlar  nazariyasi  oilaviy  terapiya  nazariyasi  hamda  amaliyotining 



rivojlanishi  bilan  bir vaqtda  rivojlanib bordi.   Mazkur  nazariyani ijtimoiy  ishning 

barcha  darajalarida  qo’llash  uchun,  uni  albatta  modifikatsiya  qilib,  kengaytirish 

zarur  bo’ladi.        Mazkur  modifikatsiyalar  L.YUnsson  va  G.Bernlerning  Teoriya 

psixosotsialnoy  raboto’",  ya’ni  “Psixoijtimoiy  ish  nazariyasi”  kitobida  ko’rsatib 

o’tiladi.  

3. 


     Individual va guruhiy usullar (ishning mikro hamda mezodarajalari). Bu 

psixoijtimoiy  ish  individ,  oila  va  guruhlar  bilan  bevosita  muloqotga  kirishish 

mobaynida preventiv yoki terapevtik ish sifatida qo’llaniladi deganidir.  

4.  E’tiborni  tizimlarga  qaratish.  Psixoijtimoiy  ishda  asosiy  e’tiborni  mijoz 

aloqador  bo’lgan  va  bizning  ishimiz  uchun  muhim  bo’lgan  tizimlarga  qaratish 

zarur. Ijtimoiy ishchi o’z ishida o’smir bola bilan qanday rshlash lozim, yoki uni 

ota-onasi, oilasini ham jalb qilish lozimmi, degan savollarga duch keladi. Shu bola 

mansub  bo’lgan  bir  guruh  o’smirlar  bilan  ishlash  kerakmi  yoki  bir  tizim  sifatida 

butun  bir  maktab  bilan  ishlash  kerakmi?  Shaxs  va  muammoni  tushunish  bilan 

boғliq  bo’lgan  barcha  tizimlar  ijtimoiy  ishchi  tomonidan  inobatga  olinishi  lozim 

bo’ladi.  Aks  holda  tahlil  noto’ғri  bo’lib,  bu  ijtimoiy  ishchining  vaziyatni 

o’zgartirish  uchun  tanlagan  intervensiya  turi  va  yo’lining  ham  noto’ғri 

belgilanishiga olib keladi. Bunda shuningdek ijtimoiy ishchining tizimlar ichida va 

tashqarisida  kechayotgan  jarayonlarni  tushunishga  intilishi  ham  juda  muhimdir. 


Boshqacha  so’z  bilan  gapirganda  ijtimoiy  ishchi  mijozni  hamda  uning 

muammosini tushunishda tizimlarni nazarda tutgan holda fikrlashi zarur bo’ladi.    



5.  Ҳarakat  modeli.  Beshinchi  shart,  ehtimol  psixoijtimoiy  ishda  ko’proq 

ahamiyatga ega bo’lgan shartlardandir. Psixoijtimoiy ishdagi harakatlarni kundalik 

hayotimizdagi harakatlardan farqlash zarur. […]  

Ijtimoiy ishchi yoki terapevt harakatining uchta ehtimoliy tipi mavjud: 

  Direktiv yoki to’ғridan-to’ғri harakat (“o’rganuvchi model”) 



 

To’ғridan-to’ғri boshqarish  (“Maslahat beruvchi model”) 



  Bilvosita boshqarish (“Ijodiy model”). 

      

Birinchi holatida ijtimoiy ishchi yordam jarayonida butun bir harakati uchun 



kabi, ko’mak berish niyati uchun ham ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu barcha 

ma’suliyatni  u  mijozning  zimmasidan  o’z  zimmasiga  oladi  deganidir.    Direktiv 

harakatga  misollar:  araqxo’rning  qo’lidan  aroq  idishini  olib  qo’yish  bolaning 

yoshiga to’ғri kelmaydigan joydan topilgan o’smir bolani uyiga olib borib qo’yish. 

Ijtimoiy  ish  uchun  ko’p  uchraydigan  holatlardan  bu  mijozning  uyiga  zarur 

narsalarni  yetkazib  berish,  uy  bilan  boғliq  barcha  turdagi  ғamxo’rlik  yoki 

yordamlar.    

      


Ikkinchi  holatida  ijtimoiy  ishchi  mijozning  harakatlari  uchun  emas,  balki 

uning  niyati  uchun  ma’suliyatni  o’z  zimmasiga  oladi.  Maslahat  va  ko’mak  o’z 

niyatlarini amalga oshirishda  mijoz uchun imkoniyatlar beradi.   

 

Ijtimoiy  ishning  ba’zi  shakllarida  direktiv  yoki  to’ғridan-to’ғri  boshqarish 



mijozga ko’rsatma berish yoki buyruq berish shaklida namoyon bo’lishi mumkin.  

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, direktiv boshqarish bu buyruq berish degani 

emas. 

      


Bilvosita,  ya’ni  direktiv  bo’lmagan  usulda  ishlash  orqali  ijtimoiy  ishchi 

mijozning  na  niyati,  na  harakatlari  uchun  ma’suliyatni  o’z  zimmasiga  olmaydi. 

Bunda  ijtimoiy  ishchining  maqsadi  –  mijozning  o’z  shaxsiy  o’zgarishlariga 

erishish  uchun  ma’suliyatni  o’z  zimmasiga  olishiga  erishishdan  iborat.  Ijtimoiy 

ishchi  bir tomondan  mijozning o’z ғamiga yoki o’z vaziyatiga ko’milib ketishiga 

yo’l  qo’ymasligi  uchun  harakat  qilayotgan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  mijozning 



o’z  shaxsiy  tanlovini  amalga  oshirish  va  maqsadga  erishishda  o’z  mustaqil 

harakatlarini  qila  olishiga  ishonch  bildirishga  harakat  qiladi.  Ijtimoiy  ishchi 

mijozning  tanlovi  va  harakatlari  uchun  emas,  balki  belgilangan  maqsadlarga  olib 

keluvchi jarayon uchungina javob beradi.    

      

Mazkur uchta tip ijtimoiy ishchi mijoz haqida ega bo’lgan hamda u yoki bu 



darajadagi ishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlar darajasi bilan boғliq. 

Birinchi  vaziyatda  ijtimoiy  ishchiga  mijoz  haqidagi  hech  qanday  bilimlarning 

keragi yo’qdir. Resurslarning mediatori tamoyiliga binoan ishlash mobaynida biz 

mijozning  boshqa  insonlar  kabi  oziq-ovqat  va  turar  joyga,  ega  bo’lishlari, 

ishlashlari  zaruriyati  borasidagi  umumiy  ma’lumotlarga  ega  bo’lgandek,  mijoz 

haqida atroflicha va maxsus ma’lumotga muhtoj bo’lmaymiz. Agarda biz maslahat 

berish  turi  bo’yicha  ishlayotgan  bo’lsak,  biz  yana  nimalardir  haqida,  aniqroғi 

mijozning  qaysi  ijtimoiy,  etnik  va  submadaniyatli  guruhlarga  mansubliligiga  oid 

ma’lumotlarga  ega  bo’lishimiz  lozim.  Biroq  uning  shaxsi  borasida  qaysidir 

ma’lumotga  ega  bo’lishimiz  shart  emas.  Faqatgina  uchinchi  tipdagi  harakatlarni, 

ya’ni mijozning shaxsi bilan ishlash maxsus bilim va tushunchalarga ega bo’lmay 

turib amalga oshirib bo’lmaydi. 

      

Mazkur  harakat  darajalari  bilan  mijozga  yo’naltirilgan  ijtimoiy  ishning 



mohiyati o’rtasida o’zaro aloqadorlik mavjud. Quyidagi yo’nalganlik bilan boғliq 

ijtimoiy  ishni  ajratish  mumkin:  1)  mijozning  resurs  va  imkoniyatlariga;  2) 

mijozning irodasi va niyatlariga; 3) mijozning motivlariga yo’naltirilgan.  

      


YUqoridagi  kabi  klassifikatsiyaga  ajratish  ijtimoiy  ishdagi  harakatlarning 

uchta  tipiga  muvofiq  keladi.  Psixoijtimoiy  ish  (individ  va  oila  bilan  ishlash 

bo’yicha  mavjud  barcha  turdagi  ish)  harakatlarning  har  uch  tipi  bilan  muvofiq 

kelishi zarur. Mijozlarning hayotiy vaziyatlari murakkabligini, muammolarning esa 

ham  ijtimoiy,  ham  psixologik  toifga  tegishliligini  inobatga  oladigan  bo’lsak, 

qaysidir  faqat  bitta  darajada  ishlashning  o’zi  kifoya  qilmaydi.  To’ғridan-to’ғri 

ko’rsatiladigan  yordamni  maslahat  va  ta’sir  ko’rsatuvchi  usullar  bilan 

muvofiqlashtirish  asosida  mijozga  uning  muammolarini  hal  qilish  bo’yicha 

imkoniyatlarini kengaytirishga erishish mumkin.  


      

Agarda ijtimoiy ish bitta yoki ikkita tip asosida amalga oshiriladigan bo’lsa 

mijoz  tizimi  tez  orada  bir  muvozanatga  keltiriladi.  Agarda  faqatgina  birinchi  tip 

bo’yicha  ishlaydigan  bo’lsak,  bu  holda  biz  mijozning  o’z  harakatlaridan 

foydalangan  holda    ijtimoiy  muvozanatini  saqlab  qolishga  erishishimiz  mumkin. 

“Maslahat” tamoyiliga rioya qilgan holda ishlash mohiyatan mijozning yana ham 

yuqoriroq  darajada,  ya’ni  tashabbusi  va  irodasidan  foydalanish  mazmunida 

tushuniladi.  

      

Ijtimoiy ishchi yuqoridagi barcha uch tipini o’zaro muvofiqlashtirgan holda 



ularning  orasidagi  farqni  ajrata  bilishi  zarur.  Strategiyani  tanlash      mijozning 

o’zgarib  borayotgan  ehtiyojlari,  shuningdek  terapevtik  jarayonning  dinamikligini 

saqlab  qolish  zaruriyatiga  ham  boғliq  bo’ladi.    Agarda  ijtimoiy  ishchi  uzoq  vaqt 

mobaynida  faqat  bittagina  usulni  qo’llayversa,  mijoz  bunga  o’rganib  qoladi  va 

yordam  ko’rsatilish  jarayoni  harakatsiz  qoladi.    Shu  vaqtdan  boshlab  na  faoliyat 

darajasida va na mijozning hayotida o’zgarishlarga erishishning imkoni bo’lmaydi.  

    

Ijtimoiy  ishda  o’smirlar  bilan  ishlashda  model  sifatida  qo’llaniladigan    va 



mustaqil  hayot  deb  ataladigan  ғoya  aynan  nodirektiv  yordam  tamoyiliga 

asoslanadi.   

 

Ijtimoiy  ishning  ekologik  modelida  mijoz  ijtimoiy  xizmatlarning 



buyurtmachisi sifatida ularni qabul qiluvchi iste’molchilari va ta’sir yo’naltirilgan 

shaxslardan  farq  qiladi.  (Pinkus,  Minaxanga  qarang,  1993).  Masalan,  ijtimoiy 

ishchi yoki maktab tabbiy xodimi mijoz bo’lsa, ijtimoiy xizmatlar iste’molchisi va 

ta’sir  ko’rsatish  ob’ekti  bo’lib  esa  –  aksentual  xulq-atvorni  namoyon  qiluvchi 

bolaning  oilasi  bo’lishi  mumkin.  Mazkur  misol  Shvesiyadagi  bolalar-o’smirlar 

psixiatrik poliklinikasi ishi amaliyotidan olingan bo’lib, unda oila ta’sir ko’rsatish 

ob’ekti  hamda  xizmatlar  iste’molchisi  sifatida  gavdalanadi.    Ayni  vaqtda  

poliklinikaga (remis) yo’llanma maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va rayon 

ijtimoiy  ta’minoti  ijtimoiy  xodimi  tomonidan  beriladi.  Mazkur  vaziyatda  mijozga 

maxsus  qo’shimcha  tayyorgarlikdan  o’tgan  va  litsenziyaga  ega  bo’lgan  ijtimoiy 

ishchi tomonidan ko’rsatiladigan oilaviy terapiya xizmati zarur bo’ladi.  


      

A.Pinkus  va  A.Minaxanning  fikricha,  ijtimoiy  ish  bu  –  o’zgarishlarga 

eltuvchi  agentdir.  Ijtimoiy  ishchining   ijtimoiy  o’zgarishga qaratilgan har qanday 

sa’y-harakatlarida  insonlar  bilan  maqsadga  yo’naltirilgan  o’zaro  munosabatga 

kirishadi.    Bunda  turli  xil  funksiyalarga  ega  bo’lgan  o’zaro  munosabatlar  paydo 

bo’ladi.  Ijtimoiy  ishchi  bilan  o’zaro  hamkorlikka  kirishuvchi  insonlar  istalgan 

biron-bir  tizimga,  shuningdek  bir  vaqtning  o’zida  bir  qancha  tizimlarga  ham 

aloqador  bo’lishlari  mumkin.    Ijtimoiy  ishning  ekologik  modelida  tizimlarning 

quyidagi tiplari mavjud: 

1.  o’zgarishlarga  olib  keluvchi  tizim.  Bu  –  o’z  agentliklarida  o’z  mijozlarining 

vaziyatlarini  sinchiklab  tahlil  qilishi  va  uning  vujudga  kelish  sabablarini 

atroflicha o’rganib chiqishi orqali mijozning ongida, xulqida, mikromuhit bilan 

o’zaro  munosabatga  kirishishida  o’zgarishlarga  erishish  yo’lida  bevosita 

yordamchi funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy ishchilardir. 

2.  Mijozlar  tizimi  –  bu  ijtimoiy  ishchiga  muammolarini  va  qiyinchiliklarini  hal 

qilishga yordam berishlarini so’rab murojaat etgan hamda ular bilan shartnoma 

rasmiylashtirgan  yoki  yuzaga  kelgan  vaziyatni  xal  etishda  hamkorlik    qilish 

bo’yicha oғzaki kelishgan insonlardir.  

3.  ob’ektlar tizimi – bu ko’rsatiladigan ta’sir yo’naltirilgan insonlardir.   

4.  Ҳarakat tizimi – ob’ektlar tizimiga ta’sir ko’rsatish uchun birlashgan insonlar.   

      

 

Shuni  unutmaslik  lozimki,  o’zgarishlarga  olib  keluvchilar  mavhum  tipiga 



kiruvchi  “jamoatchilik”,  “tashkilot”  yoki  “tizim”  bilan  emas,  aksincha  aniq  bir 

insonlarning  xulqini  o’zgartirish  uchun  xizmat  qiladilar.  Xatto  butun  bir  tizimni 

yoki  tashkilotni  o’zgartirish  zarur  bo’lsa,  bularning  barchasi  tizim  a’zolarining 

xulqining  o’zgarishiga,  tashkilot  yoki  tizimga  nisbatan  munosabatini  o’zgartirish, 

ularni o’zaro hamjihatligiga erishish orqali erishiladi.  

      


Shuni  yodda  tutish  lozimki,  o’zgarishlarga  olib  keluvchi  shaxs  mijozlar 

tizimining yoki ob’ektlar tizimi, yo harakat tizimining bir qismi bo’lmaydi, lekin 

har doim o’zgarishga olib keluvchilar tizimining bir qismi bo’lib qoladi. U harakat 

tizimi,  mijozlar  tizimi  bilan  hamkorlik  qiladi,  ob’ektlar  tizimiga  ta’sir  ko’rsatish 



yo’llarini  izlab  topadi,  lekin  hech  qachon  bu  tizimlardan  qaysidir  birining  qismi 

bo’lmaydi. 

      

Shunday qilib, ijtimoiy ish shaxs (yoki guruh) va jamiyat o’rtasidagi o’zaro 



aloqadorlikdir. Yoki boshqacha so’zlar bilan aytganda, o’zaro faoliyatga kirishish, 

yoki insonlarning va ularni atrofdagilari o’rtasidagi interaksiyadir.  Ijtimoiy ishchi 

mijoz va uning muammolari turini aniqlab olgach yaxshiroq natijaga ega bo’ladi, 

chunki keyinchalik aniq bir usulni qo’llay olish imkoniga ega bo’ladi.   

    

Biroq  ko’pincha  mijozlar  biz  vaqtning  o’zida  yuqorida  sanab  o’tilgan 



toifalarning  bir  qanchasiga  kirishi  mumkin.  Masalan,  oila  mijoz  rolida  bo’lsa,  u 

taqdirda  bu  oilaning  a’zolari  ham  bu  rolni  bajaradilar,  ya’ni  individlar  nafaqat 

jamoatchilik  a’zosi,  balki  kichik  guruh  va  uning  ichidagi  guruhchalarning  ham 

a’zolaridir.  Shu  munosabat  bilan  ko’rsatilayotgan  xizmatlar  mijozlarning 

ehtiyojlariga  muvofiq  kelishi  uchun  ijtimoiy  yordamning  maqsad  va  vazifalarini 

aniq tushunib olish zarur.   

     

Ekotizimli  ijtimoiy  ishning  maqsadi,  bilimlari  (nazariy  asoslari),  usul  va 



jarayonini atroflicha ko’rib chiqaylik.   

            Maqsad: ijtimsoiy ishchi nimaga intiladi?  

            Ekologik nazariyaga ko’ra ijtimoiy ishning quyidagi maqsadlari mavjud:  

1)  insonlarning o’z muammolarini xal qila olish va qiyin vaziyatlardan chiqa olish 

bo’yicha qobiliyatlarini oshirish;   

2)  mijozga  insonlarni  resurslar,  xizmatlar  hamda  imkoniyatlar  bilan  ta’minlovchi 

tizimlar bilan aloqa o’rnatishlariga yordam berish; 

3)  mazkur  tizimlarning  samarali  va  insonparvarlik  asosida  faoliyat  yuritishiga 

imkoniyat yaratishga ko’maklashish; 

4)  ijtimoiy siyosatni rivojlantirish va yaxshilash (Pinkus va Minaxan). 

          Individu  bilan  ishlayotganda  biz  uning  salohiyatini,  muammolarini  hal  qila 

olish  bo’yicha  imkoniyatlarini    kengaytirishga  harakat  qilamiz,  mijozga  zarur 

resurslarga  ega  bo’lishiga,  bu  resurslarni  bugun  va  yaqin  kunlarda  ishlata  olish 

bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishida yordam berishga urinamiz. YAna bir vazifa 

– mijozning o’z ijtimoiy muhiti bilan muomala qilishini yengillashtirishdan iborat. 


          Ijtimoiy  ishchining  kasbi  tashkilot  va  insonlar,  tashkilotlar  va  ijtimoiy 

institutlar o’rtasidagi aloqalarni mukammallashtirish  bo’yicha faoliyatni ham o’z 

ichiga  oladi  va  ijtimoiy  siyosatga  ta’sir  ko’rsatishga  yo’naltiriladi.  Ҳaqiqatdan 

ham,  bunday  ahamiyatga  ega  bo’lgan  maqsadlarga  intilish  uchun  asos  ham  bor: 

ijtimoiy  ish  jamiyatning  barcha  darajalarida,  ya’ni  individualdan  tortib 

intermadaniyat hamda halqaro hamkorlik darajasigacha  faoliyat yuritadi. Ijtimoiy 

ishchi  tashxisli,  terapevtik,  prognostik  va  nazorat  qiluvchi  texnologiyalarni 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirishi  uchun qanday  kasbiy  ko’nikmalarga  ega  bo’lishi 

haqida atroflicha fikr yuritamiz. 

 

Ijtimoiy ishchining asosiy kasbiy ko’nikmalari:  



1.  o’zgalarni tushunish hamda maqsadga yo’naltirilgan tarzda tinglay olish. 

2.  Ma’lumotlarni aniqlab, vaziyatni baholagan holda uning ijtimoiy yuzaga kelishi 

sabablarini aniqlashga yordam beruvchi barcha dalillarni yiғish.    

3.  Samarali  kasbiy  faoliyatni  amalga  oshirishga  yordam  beruvchi munosabatlarni 

o’rnatish va rivojlantirish. 

4.  Verbal  va  noverbal  xulq-atvorni  kuzatish  va  uni  talqin  qila  olish,  tashxis 

qilishga  yordam  beruvchi  hamda  shaxs  nazariyasi  bilan  boғliq  nazariy 

bilimlarni qo’llay bilish. 

5.  Individ,  guruh,  ijtimoiy  muhit,  jamoatchilikni  o’z  muammolarini  hal  qilishga 

nisbatan sa’y-harakatlarini faollashtirish, ularning ishonchini qozonish. 

6.  Muammoli  mavzularni  ijobiy  hissiy  kayfiyatda  va  tahdidni  ifoda  etmasdan 

muhokama qilish.  

7.  Mijozlarning muammolarini xal etishning yangicha yo’llarini ishlab chiqish. 

8.  Yordam, ta’lim va terapevtik ko’mak olish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash. 

9.  Tadqiqotlarni  olib  borish,  tadqiqotning  xulosalarini  hamda  nazariy  xolatlarni 

talqin qila olish.  

10. Nizoli individ, guruhlar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashish. 

11. Turli mutaxassisliklararo va idoralararo aloqalarni ta’minlash.  

12. Ijtimoiy  muammolarni  talqin  qilish  va  ular  haqida  fondlarda, tashkilotlarda  va 

qonunchilik institutlarida ma’ruza qila olish.  



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling