Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 1.Belgilar tizimini o‗rganuvchi bo‗lim nima deb nomlanadi? 2.Belgi turlarini toping. Ularni kim dastlab turlarga ajratgan?
Belgilarning linvistik belgilar bilan umumiy tomonlarini ayting. Belgilarning linvistik belgilardan farqli tomonlarini ayting. Adabiyotlar:Nurmonov A., Yo‗ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2001. –B.140-143. Nurmonov A., Usmonova H.,Boboxonova D. Tilni sistema sifatida o„rganish. Namangan. – 2011. –B. 12-31. Quyidagi fikrlarga e‟tibor bering. ―Til - belgilar tizimidir. Bunda birdan–bir muhim narsa mazmun bilan akustik obrazning birikishi hisoblanadi. Shu bilan birga, belgining bu ikki elementi teng mohiyatli psixik hodisalardir‖ (F. de Sossyur). “Belgi - bu idrok qilanadigan narsa bo`lib, idrok qiluvchiga o`zi xaqida va ushbu belgadan tashqarida bo`lgan boshqa narsa haqida ma`lumot beruvchi vositadir”.( Yu. S. Maslov) mavzu:Dunyo tillari tasnifi va tavsifiReja : 1.Tillarning geneologik tasnifi. 2. Tillarning morfologik tasnifi. 3.Analitik tizimdagi tillar. Sintetik tizimdagi tillar. Polisintetik tillar. Tayanch so‘z va iboralar: tillarning geneologik tasnifi, morfologik tasnif, analitik tizimdagi tillar, sintetik tizimdagi tillar, polisintetik tillar, agglutinativ tillar, flektiv tillar, amorf tillar . Dunyoda uch mingdan ortiq (ayrim manbalarda yetti mingga yaqin) til mavjud ekan, tabiiyki, ularni tasniflab o‗rganishga ehtiyoj tug‗iladi. XIX asrga kelib bu borada yetarli ilmiy ma‘lumotlar to‗plandi, tillarni tipologik guruhlashga ehtiyoj ortib bordi. Shu tarzda tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan: areal-geografik, genetik-geneologik, morfologik-tipologik kabi. Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonida xarakteristikasi, ayrim tillarining qo‗llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‗z ifodasini topadi. Mas.,O‗zbekiston hududida millat va elatlarning joylashishi. (Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni ko‗rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‗zaro to‗g‗ri kelmaydi). Tillarning tipologik tasnifi da tillarning grammatik qurilishi asosga olinib, ularning asosiy tiplari belgilanadi. Unda tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farqlanadi. Morfologik tasnif ana shu usulga asoslanadi. Morfologik tipologiya da ko‗proq so‗zlarning o‗zgarishi asosga olinadi. Tillarning morfologik tasnifi so‗z qurilishida o‗zak va affikislarning o‗zaro qarama-qarshi qo‗yishga asoslanadi. Bu tasnif tilshunoslikda keng tarqalgan. Sintaktik tipologiya gap va so‗z birikmalarida ifoda qilinadigan logik - semantik munosabatlarning universalligiga suyanadi, bunda kesim shakli, sintaktik aloqa, gapdagi logik semantik munosabatlar hisobga olinadi. Geneologik tasnifda til faktlari tarixiy prinsip (usul) asosida o‗rganilib, tillarning qarindoshlik munosabati hisobga olinadi. Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling