Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
- Stomatit (Stomatitis).
- Oldini olish
Mashg‘ulotning maqsadi: Parrandalaming hazm tizimi kasalliklari haqida, klinikasi, tashxisi, davolash muolajalarini va oldini olish tadbirlarini o‘zlashtiriladi.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga parrandalar hazm tizimi kasalliklari to‘g‘risida tushuntirib o‘tadi. Ularni davolashni yozdiradi va amalda bajarib ko‘rsatadi. Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, temperatura, xona harorati, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, ochiq va yopiq joylarda asrash, me’yor, ratsion, oziqa, stomatit, A gipovitaminoz, til va tumshuqlarning anomaliyalari, og‘iz bo‘shlig‘i, ingluvit, buzilgan go‘sht, baliq uni, mog‘orlagan donlar, barda, jig‘ildon tiqilishi, kutikulit, erroziya, yara, nekroz, gastroenterit, kloasit, sariqlik peritoniti. Hazm tizimining kasalliklari hamma turdagi parrandalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, barcha yuqumsiz kasalliklarining 20 foizini tashkil etadi. Yosh jo‘jalar orasida inkubatsiya qoidalari, oziqlantirish va saqlash talablarining buzilishi oqibatida muskulli oshqozon va ichaklarning yallig‘lanishlari (kutikulit, dispepsiya, gastroenterit) keng tarqalgan bo‘lsa, katta yoshdagi parrandalar va o‘stirish davridagi jo‘jalarda og‘iz bo‘shlig‘i va jig‘ildonning kasalliklari ko‘proq uchraydi. Stomatit (Stomatitis). Og‘iz bo‘shlig‘i va tilning yallig‘lanishi bo‘lib, quruq oziqalar bilan boqish va suvning yetishmasligi, ratsionning asosiy qismini 64 unsimon oziqalar tashkil etishi, juda issiq oziqalar berilishi va boshqa sabablar oqibatida kelib chiqadi. Ikkilamchi sabablari A gipovitaminoz, til va tumshuqlarning anomaliyalari, katta yoshdagi parrandalar ratsionida kalsiy, fosfor va vitaminlarning yetishmasligi bo‘lishi mumkin. Belgilari. Ishtahaning yo‘qolishi, oriqlash, og‘iz shilliq pardasining qizarishi, ko‘tarilishi, og‘riqli bo‘lishi, oziqani qabul qilish va yutishda qiynalishi, og‘izdan so‘lak oqishi. Davolash. Og‘iz bo‘shlig‘i 0,1% li kaliy permanganat eritmasi bilan kuniga 1 - 2 marta, 7 - 10 kun davomida chayqaladi va yodglitserin malhami surtiladi. Oldini olish. Kasallikning sabablari yo‘qotiladi. Ratsion tarkibi tahlil qilinib, yetishmaydigan moddalar qo‘shiladi, oziqalar namlangan holatda beriladi, parranda xonalarda sanitariya-gigiyenik qoidalarga rioya qilinishi lozim. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling