Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Broyler
- Boshqa
- Jami
- Parranda zotlari klassifikatsiyasi
yuqori mahsuldor xonaki parrandalarning reproduktiv podalarini shakllantirish; naslli tuxum inkubatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda parranda zotlarini sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish; shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga mos, ixcham parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish; 9 aholida parranda boqish va organik mahsulot yetishtirish ko‘nikmalarini shakllantirish. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat “Parrandachilik seleksiyasi va texnologiyasi” bo‘limini tashkil etsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 2022 yil 28 - yanvarda qabul qilingan PF-60-sonidagi III strategiya “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bandida 2022-yilda chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6,2 foizga oshirish choralarini ko‘rish. Shu jumladan 8,2 mlrd dona tuxum va 468,4 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Parranda bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi maqsadlar rejalashtirildi. Parrandachilik yo‘nalishida naslchilik xo‘jaliklari sonini 50 taga yetkazish. Inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 265 mln donaga yetkazish; Parrandachilik yo‘nalishidagi 306 ta loyihalarni amalga oshirish, shundan, 7 ta korxonani modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda 3 ta klaster yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish; Aholi xonadonlariga 11,1 mln bosh parranda tarqatishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Tarmoqning rivojlanishida tabiiyki, parrandalar naslining alohida o‘rni bor. Jahonda tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning hozirgi kunda zamonaviy krosslaridan “Lomann” (Germaniya), “Dekalp”, “Xayseks” (Gollandiya), “Xay-Layn” (AQSh) va “Rodonit-3” (Rossiya) zotlari ma’lum. Yurtimizda ham ulardan unumli foydalanilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, respublikamizga 1992 yilda Germaniyadan “Lomann” zotlari keltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 10 yurtimiz bozorlaridagi tuxumlarning 70 foizi ulaming ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular jigarrang, oq va och kulrang b o‘lib, asosan Samarqand viloyatidagi “Og‘alik - Lomann parranda” qo‘shma korxonasida yetishtirilgan tovuqlardan olinyapti. Ushbu zotli parrandalardan uy sharoitida bir yilda 270 dona, sanoat usulida esa 330 donagacha tuxum olish mumkin. Dunyoda go‘sht yo‘nalishidagi parrandalardan tovuqlarning bir qator nasllaridan foydalaniladi. Ular sirasiga Angliyaning “Ross-308”, “Ross-708”, Fransiyaning “Xabbard G‘-115”, AQShning “Arbor aykres plyus”, “Kobb” zotli tovuqlar kiradi. Mazkur zotli tovuqlar har birining tirik vazni 38-42 kunligida 2,3-2,5 kilogramm tosh bosadi. Aholi o‘rtasida parranda go‘shtiga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Tarkibidagi oqsil miqdori (24% dan ortiq) boshqa hayvon go‘shtiga nisbatan yuqoriligi, yog‘, xolesterin miqdorining kamligi va fosfor moddasining ko‘pligi hamda PP, Bi va B2 vitaminlarga boy ekanligi, ushbu go‘sht turining parhez mahsulot ekanligini belgilaydi. Parranda go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha jon boshiga dunyoda, Belorusiyada 58 kg, Rossiyada 29,4 kg, Ukrainada 26,9 kg bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida ham bu ko‘rsatgich so‘ngi yillarda ortib bormoqda, chunki parranda go‘shti va tuxumi parxez mahsulotlari hisoblanib, inson organizmi uchun muhim oziq ovqat manbai hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan hukumat qarorlari va sohani rivojlantirish dasturida belgilangan dolzarb vazifalarni ijrosi malakali mutaxassislar tomonidan ta’minlanishi inobatga olinib, joriy yildan “Veterinariya” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Parranda kasalliklari” fanini o‘qitish belgilangan tartibda tegishli o‘quv rejaga kiritdi. Ushbu qo‘llanma “Parranda kasalliklari” fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma hisoblanib, unda parrandalar orasida uchraydigan va turli darajada iqtisodiy zarar yetkazadigan hamda parrandalardan odamga yuqadigan yuqumsiz, infeksion va invazion kasalliklar va ularni qo‘zg‘atuvchisi, klinik belgilari, epizootologiyasi, patogenezi, tashxisi, 11 qiyosiy tashxisi, oldini olish, davolash va qarshi kurashish chora-tadbirlari, ilm- fan yangiliklari, amaliy-klinik kuzatishlar va tajribalarning natijalari va inovatsion ishlanmalar haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan. Parranda zotlari klassifikatsiyasi Tovuqlarning barcha zotlari mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha tuxumdor, go‘shtbop tuxumdor va go‘shtbop zotlarga bo‘linadi. Turli yo‘nalishlarda mahsulot olinadigan tovuqlar tirik vazni jihatidan katta farq qiladi. Tirik vazniga ko‘ra ular 3,5 dan 5,5 kg gacha boradigan og‘ir zotli (go‘shtbop) larga, 3- 4 kg gacha tosh bosadigan o‘rtacha (umuman foydalaniladigan) larga hamda 1-2,5 kg keladigan yengil (tuxumdor) larga ajratiladi. O‘rdak tez yetiladigan parranda, uning tuxumdor, go‘shtbop va umuman iste'mol zotlari bor. Boqib semirtirish muddatining oxiriga borib tirik vazni 2 kg va undan ko‘proq keladi: yiliga 100-200 dona tuxum qiladi. Jo‘ja ochadigan har bir ona o‘rdakdan yiliga o‘rta hisobda 75 kg gacha go‘sht olish mumkin. Og‘irligiga ko‘ra turli zotlar ko‘p farq qiladi, chunonchi, og‘ir (go‘shtbop) zotlar o‘rta hisobda 3,5-4,8 kg, yengil (tuxumdor) lari 1,75-2 kg va umumiste'mol tiplari 2,5-3,5 kg keladi. G‘ozlar go‘sht va yog‘ olish maqsadida ko‘paytiriladi, bir yilda 60 dona va undan ko‘proq tuxum qiladi. Yaxshilab semirtirilgan g‘oz 46 % gacha yog‘ to‘playdi. Semirtirilgan g‘ozning tirik vazni 10 kg ga yetadi. G‘ozlarning barcha zotlari tanasidagi go‘sht va yog‘ miqdoriga ko‘ra tirik vazni 4-7 kg keladigan yengil zotlarga, 5-8 kg gacha boradigan o‘rtacha og‘irlikdagilarga hamda 6-9 kg gacha tosh bosadigan og‘ir tiplarga bo‘linadi. Kurka - nuqul go‘shtbop parranda. Erkagining vazni 16 kg gacha, makiyoniniki esa 9 kg ga yetadi. Kurka tuxumi 100-110 g keladi. Har yili bolalatilganda bitta ona kurkadan yiliga 60-70 kg gacha go‘sht olish mumkin. Kurka go‘shti unchalik seryog‘ emas, lekin yumshoq va mazali bo‘ladi. Go‘shtbop kurkalarning o‘rtacha tirik vazni 15-16 kg ga boradi. 12
Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling