Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet9/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Jo‘jalarni o‘stirish usullari. Jo‘jalar yerda qalin to‘shamalarda va katakli batareyalarda o‘stiriladi. Jo‘jalarni yerda qalin to‘shamalarda saqlash uchun kamida ikki kun oldin xonani tayyorlash, bino ichini, 3,5-5,0 % li xloramin yoki 1,2-2,0 % li xlor eritmasi bilan yoki isiriq tutatish bilan zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan xonani pol yuzasiga 2-4 sm qalinlikda so‘ndirilgan ohak solib, ustidan to‘shama sifatida yog‘och qirindisi, somon, poxol, 5-6 sm uzunlikda maydalangan makkajo‘xori poyasi, sholi qipig‘i kabilardan foydalanish va 8 - 10 sm qalinlikda to‘shalishi maqsadga muvofiq.
To‘shamalar ifloslanishiga qarab almashlab boriladi. Jo‘jalar turar joyini 0,5 m balandlikda kartonli DVP bilan aylana holatga keltirilib, bu esa jo‘jalarni burchakda g‘uj-g‘uj bo‘lib to‘planishi, bir - birini bosmaslik kabi omillardan asraydi. Yorug‘lik va issiqlikni saqlash maqsadida sun’iy ona tovuq vazifasini bajaruvchi moslama (bruder) dan foydalanish qo‘l keladi. Jo‘jalarni xonachalarga 30-50 boshdan alohida - alohida qilib joylashtirish kerak.
Jo‘jaxona va tovuqxona uzluksiz elektr tarmog‘i bilan taminlangan bo‘lishi kerak. Har bir m2 xonaning yer sathi hisobiga 4-4,5 vatt hisobida. 60-100 vatt quvvatli yoritgich lampalar, xonaning yer yuzasiga 1,8 m balandlikda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Jo‘jalarni takomillashtirilgan KBE -1, KBM-2, KBA, KBU-3, R-15, BKM- 3 markali katakli batareyalarda saqlab o‘stirish mumkin.
Parrandalarning yoshiga qarab, xonalarda havo almashinuvi kuz va qish oylarda 1 kg tirik vazni hisobiga 2-3 m3, bahor va yoz fasllarida 3-5 m3 sof havo berib turilishi kerak.


21




Jo‘jalar hayotining dastlabki 10 kuni davomida o‘z organizmning haroratini boshqara olmaydi va shu sababli o‘stirish davomida sun’iy issiqlik talab qilinadi.
Odatda havoning namligi uning harorati bilan bog‘liq bo‘ladi. Havoning namligiga bog‘liq holda organizmdan namlikning bug‘lanishi oshadi yoki kamayadi. Shunday ekan, organizmda issiqlik harorati o‘zgarib turadi. Tovuqxonada namlikning me’yordan yuqori bo‘lishi parrandalarning kasallanishiga sabab bo‘ladi.





  1. rasm. Tuxum va go‘sht yo‘nalishi parrandalarini asrash

texnologiyalari


22











Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling