Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet11/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Kurkalarni saqlash. Kurkalarni yerda qalin to‘shamalarda, katakli qafaslarda va lagerlarda (bostirma tagida guruh holida) o‘stiriladi. Kurkalarni yerda qalin to‘shamalarda parvarish qilishda parrandaxona dezinfeksiya qilinib, bino devorlari quyuq ohak bilan oqlanadi. Xonalarning pol yuzasiga 2-4 sm qalinlikda so‘ndirilgan ohak to‘shalib, ustidan yog‘och qirindisi, somon, poxol, maydalangan makkajo‘xori poyasi, sholi qipig‘lari 5-6 sm qalinlikda to‘shaladi. Bu usul kurka go‘sht mahsulotlari yetishtiradigan kichik parrandachilik fermalarida foydalanishga qulay. Shu bilan bir qatorda ularni KBE -1, KBM-2, KBA, KBU-3, R-15, BKM-3 markali takomillashtirilgan katakli batareyalarda saqlash ham yaxshi samara beradi.


26




Parvarish qilishning qaysi usulini qo‘llash xo‘jalikda foydalanadigan kurkalaming zoti va krosslariga bog‘liq. Yengil va o‘rta vazndagi kurka krosslari kataklarda o‘stirishga yaxshi moslashgan. Vazni og‘ir kurka zotlari esa xonalarda qalin to‘shamalarda, ko‘pchilik hollarda yozgi lagerlar (bostirmalar) sharoitida parvarish qilinadi.
O‘rdaklarni saqlash. O‘rdaklarni saqlash, o‘stirish va oziqlantirish ham alohida e’tibor talab etiladi. O‘rdak jo‘jalarini va saqlanadigan xonalar binosi quruq, yorug‘, issiq va toza havo bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bino devorlari quyuq ohak bilan oqlangan, har xil hasharotlar, kemiruvchilardan holi bo‘lishi zarur. Parrandaxonani kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi dezinfeksiya qilish maqsadida xlor, xloramin, formalin yoki kaustik sodasining 2% li eritmalaridan foydalaniladi. To‘shamalar 8-10 sm qalinlikda to‘shalishi kerak. Bino ichida 1 m3 yuzaga 10-12 bosh o‘rdakchalar joylashtirish, qafasda esa 20 bosh saqlash ma’qul. Maxsus zanglamaydigan temir tunukadan bruder yasalib, shipga osilgan holda yer sathiga 10-12 sm yuqori bo‘lishi kerak. O‘rdakchalar yoshi o‘tishi bilan bruder yuqoriga ko‘tarish imkoniyat bo‘lishi va yorug‘lik davomiyligi 15 soat, 1m3 pol yuzasiga 5 vatt, kechasi 1-2 vatt energiya talab etiladi.
Odatda o‘rdak jo‘jalari 60 - 70 kunligida tirik vazni, bir kunlikdagi vaznga nisbatan 40 martagacha oshadi. 10 kunligida 240 g, 20 kunligida 270 g, 50 kunligida 2,2 kg tirik vaznga ega bo‘ladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling