Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Jo‘jalar va tovuqlarni oziqlantirish


Download 2.16 Mb.
bet14/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Jo‘jalar va tovuqlarni oziqlantirish. Jo‘jalarni birinchi o‘n kunligigacha o‘stirishda beriladigan suvini qaynatib, iliq holda berish va 3 kungacha 6 litr suvga 2 gr tetrasiklin kukunini eritib berish kerak.
Jo‘jalar uchun tuzilgan oziqa ratsioni va uning tarkibidagi almashinuvchi energiya, xom protein, klechatka, mineral moddalar, vitaminlar va mikroelementlar me’yordagidan farq qilsa, u holda jo‘jalar o‘sishdan orqada qolib, mahsuldorligi pasayib ketadi.
Jo‘jalar uchun tayyorlanadigan oziqa yem tarkibiga qipig‘i ko‘p suli va arpa singari donli oziqalar kiritilmaydi. Bunday donli oziqalar yaxshi hazm bo‘lmay oziqa hazm qilish a’zolarini shilliq pardalarini yallig‘laydi.
Omuxta yem tarkibiga o‘simlik yog‘i, xom protein va aminokislotalarga boy soya shroti, hayvonot oziqalari, baliq va go‘sht-suyak uni, yog‘i olingan quruq sut beriladi. Mineral moddalarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida chig‘anoq, so‘ndirilgan ohak berish tavsiya etiladi. 65-70% donli oziqalar, 15-20% paxta shroti, 8-12% hayvonot oziqalari, 1-2% yog‘i olingan quruq sut, 7% gacha achitqilar, 2-3% o‘t uni hayvonot oziqalari: qon, ichki a’zolar qaynatilib sovutib, maydalanib beriladi.


31




Oziqalar va to‘yimli

Jo‘jalar yoshi, kun

Tovuqlarni yoshi,

moddalar










mahsu

dorligiga

ko‘ra




1-30

31-90

91-150

151-300

301-

421-
















420

510

Almashinuv energiyasi,

1172

1089

1048

1130-

1110-

500-

KDJ










1150

1130

1090

Xom protein, g

20,0

17,5

13,5

17-17,5

15-16

14-15

Makkajo‘xori

30

40

42

36

37

38

Tariq

20

-

-

-

-

-

Oq jo‘xori

15

-

-

-

-

-

Bug‘doy

-

15

16

18

16

16

Bug‘doy kepagi

-

-

-

-

8

8

Soya kunjarasi

15

15

10,5

5

4

-

Kunjut yoki

-

10

20

22

18

16

kungaboqar kunjarasi



















Paxta kunjarasi

-

-

3

5

5

8

No‘xat(xashaki)

7

-

-

-

-

-

O‘simlik yog‘i

-

5

15

2

1,5

1,5

Baliq uni

4

-

-

-

-

-

Trikalsiy fosfat

1

2

-

1

-

-

So‘ndirilgan ohak

-

-

1,5

10

10

10

Go‘sht-suyak uni

5

5

-

-

-

-

Osh tuzi

-

0,3

0,3

0,3

0,3

0,3

Soda

-

-

0,2

0,2

0,2

0,2

Metionin

-

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

Lizin

-

0,10

0,10

0,10

0,10

0,10

Premiks

-

0,20

0,20

0,20

0,20

0,20

Vitaminlar

3

4




-

-

-


Broyler jo‘jalarni oziqlantirish va broyler go‘shti ishlab chiqarish.
Broyler jo‘jalarini o‘stirishning birinchi 10 kunligida juda ehtiyotkorlik talab etiladi, makkajo‘xori, oq jo‘xori, tariq, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, baliq uni, suyak-go‘sht uni, moyi olingan sut, tuxumlarni qaynatib berish tavsiya etiladi. Oziqlantirish ikki davrga bo‘linib, 1-davr 1-3 haftalikkacha, 2-davr esa 4 haftalikdan so‘yishgacha; bunda: broyler jo‘jalar ratsioni tarkibi 60 % makkajo‘xori, 25 % soya shroti, 10% bug‘doy kepagi, 2 % suyak-go‘sht


32




uni, 3 % premiks (JDA), 0,2 % osh tuzidan iborat bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda vitaminlardan: chiktonik, aminovital, reksvital, A, D, E va B12 larni belgilangan ko‘rsatmalar asosida beriladi. Broyler jo‘jalari uchun beriladigan oziqalarni xohlaganicha yeyishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Oziqalardagi to‘yimli va biologik faol moddalar parrandalar organizmiga energiya manbai va qurilish materiallari sifatida hamda moddalar almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishi uchun zarur bo‘lib, parrandalarning yuqumsiz kasalliklari ko‘pincha oziqlantirish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi.
Aminokislotalarning yetishmasligi tovuqlarda ishtahaning pasayishi, jo‘jalarning o‘sish va rivojlanishdan qolishi, ona tovuqlarda esa tuxum berishning kamayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham, tovuqlarni oziqlantirishda metionin, lizin, triptofan, arginin kabi aminokislotalarning yetarli darajada bo‘lishi asosiy ahamiyatga ega.
Tuxum beradigan tovuqlar uchun omuxta yemlarda aminokislotalardan metionin 0,30%, lizin 0,70, triptofan 0,16 hamda arginin 0,85% miqdorida bo‘lishi kerak.
Tovuqlar organizmining energiyaga bo‘lgan ehtiyoji asosan uglevodlar va yog‘lar hisobidan ta’minlanadi. Tovuqlar ratsionining 65-80 foizi donli oziqalardan iborat bo‘lib, ularning tarkibini kraxmal va kletchatka tashkil etadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling