Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
LABORATORIYADA ISHLASH TARTIB QOIDALARI (Kafedra va o‘quv markazi laboratoriyalarida)
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Tayanch iboralar
- Laboratoriyada ishlash tartibi
LABORATORIYADA ISHLASH TARTIB QOIDALARI
(Kafedra va o‘quv markazi laboratoriyalarida) Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalami laboratoriya jihozlari bilan tanishtirish. Laboratoriyaning tuzilishi va u yerda ishlash tartib qoidalarini o‘rgatish. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotiga ma’ruza materiallari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rib kelishlari kerak: Kerakli jihozlar: Laboratoriya tuzilishi, jihozlari, laboratoriyada ishlash tartib qoidalari tushirilgan jadvallar, taqdimotlar. Laboratoriyada tekshirish ishlarini olib borish jarayonida xonalarning rejasi. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga laboratoriya to‘g‘risida tushuncha beradi, laboratoriyada ishlash tartib qoidalarini yozdiradi va amalda ko‘rsatadi. Tayanch iboralar: laboratoriya, infeksiya, patologik material, mikroflora, kontaminatsiya, dekontaminatsiya, ish rejimi, maxsus kiyimlar, dezinfeksiyalovchi eritmalar. Xodimlarning xavf-xatarsiz ishlashini ta’minlash. Tekshirilayotgan materialni mikroflora bilan kontaminatsiyalarni bartaraf etish. Laboratoriyadan infeksiyani tashqariga chiqib ketmaslik choralarini ko‘rish. Laboratoriyada infeksiya saqlovchi material bilan ishlovchi xodim mazkur tabiatni yodida saqlashi va ish rejimiga rioya qilishi kerak. Laboratoriyada ishlash tartibi Laboratoriyaning barcha xodimlari mehnat xavfsizligiga doir yo’riqnomadan o‘tkazilib, talabga javob beradigan me’yorga asosan sanitariya himoya vosita maxsus oyoq kiyimi va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanadi. 46 Laboratoriyaning asosiy ish qoidalari quyidagilar: ishlab chiqarish binosiga begona kishilarning hamda laboratoriya xodimlarining xalatsiz va maxsus oyoq kiyimisiz kirishi mumkin emas; Laboratoriyadan tashqariga xalatda va maxsus oyoq kiyimida chiqish yoki xalat ustidan kiyim kiyish, chekish, ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash taqiqlanadi. Xodim boksda steril xalatda, yuz yopqichda, shippakda, zarur bo‘lgan taqdirda rezina qo‘lqopda va ko‘zoynak taqib ishlaydi. Oyoq kiyim albatta almashtiriladi. Ish vaqtida so‘zlashishga, yurishga yo‘l qo‘yilmaydi; Laboratoriyaga tekshirish uchun olib kelingan barcha materialda infeksiya bor deb qaraladi. Infeksiya bor deb qaralgan material bilan ishlashda juda ehtiyot bo‘lib ish ko‘riladi, idishlarni ochayotgan paytda tashqi tomonidan dezinfeksiyalovchi material surkalib, tagiga kyuveta qo‘yiladi; Bir necha qavat doka 5% xloramin eritmasi bilan namlanib ish stolining ustiga yopib qo‘yiladi. Infeksiya saqlovchi suyuqliklarni qo‘yish dezinfeksiyalovchi eritma solingan kyuveta ustida bajariladi. O‘z joyida oldindan dezinfeksiya qilinmasdan turib laboratoriya jihozlari, inventarlar, materiallar va boshqa narsalarni laboratoriyadan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi; Yuqumli material stolga, xalatga tegsa yoki polga (yerga) tushsa, o‘sha joy dezinfeksiyalovchi eritma bilan yaxshilab tozalanadi; Ish tugagandan so‘ng ish joyi tartibga keltirilib, so‘ngra hamma joy dezinfeksiyalanadi. Kelajakda kerak bo‘ladigan patologik material saqlash uchun muhrlanib muzlatgichga qo‘yiladi; Yuqumli materialni saqlovchi idishlarga mustahkam belgi qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega. Qo‘lga kiyilgan qo‘lqopni 5% xloramin eritmasi bilan yuvilib, so‘ngra qo‘lqop yechiladi, ikkinchi bor dezinfeksiyalanadi va yuviladi. Yuqumli material xalatga, qo‘lga, stolga, oyoq kiyimi va boshqalarga tushsa unda laboratoriya mudiriga (o‘quv yurtlarida o‘qituvchiga) xabar berilib, 47 zudlik bilan uning nazorati ostida dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Agarda infeksiya yuqqan deb gumon qilinsa, vrachga murojaat qilinadi. Laboratoriyada ishlash jarayonida barcha xodimlar aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling