Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandalarga beriladigan oziqalarning bir boshga 1 kunda beriladigan miqdoriga ratsion deyiladi.
- Kurkalarni oziqlantirish.
Vitaminli o‘t uni - tovuqlar ratsioniga qo‘shilishi shart bo‘lgan komponentlardan biri hisoblanadi. Chunki, quyosh nurlari tik tushmaydigan joylarda quritilgan o‘t unlari tarkibida haligacha aniqlanmagan omillar bo‘lib, parrandalar organizmi uchun juda zarur hisoblanadi. O‘t unlari tarkibidagi karotindan parrandalarning ichaklarida retinol sintezlanadi. O‘t unlaridan yosh jo‘jalarning ratsioniga 3 - 5%, katta yoshdagi tovuqlar uchun 5 - 10% hisobida qo‘shilishi shartdir.
Parrandalarga beriladigan oziqalarning bir boshga 1 kunda beriladigan miqdoriga ratsion deyiladi. Ratsion mavjud oziqalardan tashkil topib, parrandalarning yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab tuziladi. 37
Kurkalarni oziqlantirish. Kurka jo‘jalari uchun tayyorlanadigan omuxta yemning tarkibi, tovuq jo‘jalari omuxta yemining tarkibidan farq qilmaydi. 38 Ammo kurka jo‘jalarining oqsilga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, ular uchun tayyorlanadigan omuxta yem tarkibidagi donli, o‘simlik hamda hayvonot oqsillarining nisbati sezilarli darajada o‘zgartirilgan bo‘ladi. 30 kunlikkacha bo‘lgan kurka jo‘jalari uchun tayyorlanadigan omuxta yemning tarkibiga donli oziqalar 40-45 %, kunjara va shrotlar 17-22,5 hayvonot oziqalari 18-20%, moyi olingan quruq sut 7%, achitqilar 6-9 %, o‘t uni 4-7% va o‘simlik yog‘i 5%. 30-60 kunlikkacha bo‘lgan kurka jo‘jalariga omuxta yemidagi xom protein miqdori kamaytirilib, almashinuvchi energiya darajasi oshiriladi. Donli oziqalar miqdori 55-60% ga oshiriladi, hayvonot oziqalari esa 12-18 % gacha kamaytiriladi. 60 kunlikdan katta yoshdagi kurkalarning omuxta yemdagi donli oziqalar 60-65%, hayvonot oziqalari esa 15-17 % gacha kamaytiriladi. 120 kunlik kurka jo‘jalarini omuxta yemidagi donli oziqalar 68-72%, kunjara va shrot 6-10%, hayvonot oziqalari esa 5 % gacha, achitqilar 3-5%, o‘t uni 7-15% ni va mineral oziqalar 3-5% ni tashkil qilishi lozim. Dastlabki o‘stirish davrida ko‘k o‘t o‘rniga ko‘k piyoz, keyinchalik maydalangan ko‘k o‘t, tuxum, pishirilgan go‘sht va baliq qoldiqlari bilan almashtiriladi. 45 kunlik yoshigacha faqat sersuv aralashma oziqalar yediriladi va 10 kungacha har 3 soatda oziqlantirish kerak. Bir oylik kurkalarni oziqlantirish kuniga 5 martagacha yetkazilishi kerak. Sersuv aralashma oziqalar kurka jo‘jalari tomonidan 30-40 daqiqa ichida butunlay yeb bo‘linishi kerak. 45 kunlik boshlab yoshidan aralashma oziqalarga don yormalari qo‘shiladi. Kurka jo‘jalarini o‘stirishda yetarli miqdorda oxur va suvdonlarning bo‘lishi juda muhimdir. Quruq oziqalar bilan oziqlantirilganda 120 kungacha bo‘lgan kurkalarning har bir boshiga eni 4 sm dan kam bo‘lmagan, 120-180 kunligida 6 sm, sersuv aralashmali oziqalar bilan oziqlantirilganda 10 12 sm oxurcha va suvdon bo‘lishi kerak. 39
40
Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling