Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet20/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga kasal parrandani qabul qilishni va kasallikka tashxis qo‘yishni o‘rgatish.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: Parranda kasalliklari bo‘yicha jadval, darslik, o‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, kodoskop, kasal parranda, klinik tekshirish uchun asbob va uskunalar, shpris va ignalar, vitaminli-mineralli oziqa aralashmalari, vitaminli preparatlar, laboratoriya tekshirish usullari, patologik material.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga parranda kasalliklariga tashxis qo‘yish usullarini tushuntiradi, yozdiradi va kasal parrandada namoyish etadi.
Tayanch iboralar: Parranda, tovuq, jo‘ja, infeksion, pulloroz, pasterellyoz, kolibakterioz, yuqumsiz, invazion, nafas tizimi, hazm tizimi, modda almashinuvi, tashxis, ajratma tashxis.
Parrandalarda uchraydigan barcha kasalliklarning 90-95 foizini ularning yuqumsiz kasalliklari tashkil etadi. Yuqumsiz kasalliklar ko‘pincha ommaviy tusda kechib, parrandalarni oziqlantirish va parvarishlashda zoogigiyenik qoidalarning buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Yuqumsiz kasalliklar texnologik jarayonlarning izdan chiqishi, mahsulot yetishtirish uchun harajatlarning ko‘payishi, tana vaznining ortishi va mahsuldorlikning keskin kamayishi hisobiga xo‘jaliklarga katta zarar yetkaziladi. Kasallik ko‘pincha kasallangan parrandalarning o‘limi bilan tugaydi.
Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari orasida quyidagi: moddalar almashinuvining buzilishi, hazm va nafas tizimi kasalliklari ko‘p uchraydi:


42




  1. Nafas tizimining kasalliklari: rinit, laringit, bronxopnevmoniya, aerosakulit;

  2. Hazm tizimi va tuxum xaltasining kasalliklari: stomatit, jig‘ildonning yallig‘lanishi, jig‘ildonning tiqilishi, kutikulit, yosh jo‘jalar dispepsiyasi, gastroenterit, ichaklarning tiqilib qolishi, kloasit, sariqlik peritoniti;

  3. Moddalar almashinuvining buzilishlari: A, D, E, K, B guruhi vitaminlari yetishmovchiliklari, siydikchil diatez, apterioz, parlarning tushishi, peroz, kannibalizm.


Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling