Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet23/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Aseptika - mikroorganizm va infeksiyalarning tashqi o‘rab turgan muhitdan odam organizmiga hamda tekshirilayotgan materialga tushishining oldini olish tadbirlar majmuasi.
Bunda steril instrumentlar va materiallardan foydalanish, xodimlarning qo‘liga ishlov berish, sanitariya - gigiyena qoida va usullarga alohida e’tibor berish ko‘zda tutiladi.
Antiseptika - teri va shilliq pardalarga yoki jarohatlangan joylarga tushgan va yuqumli jarayon chaqiradigan mikroorganizmlar, infeksiyalarni o‘ldirishga qaratilgan kompleks tadbirlar.
Antiseptika vositalari sifatida har xil kimyoviy moddalar: 70% - etil spirti, 0,5-3% xloramin eritmasi, 0,1% - kaliy permanganat eritmasi, 0,5-1% formalin eritmasi, metil ko‘kining 1 -2% spirtli eritmasi yoki brilliant yashili ishlatiladi.
Dezinfeksiya - kimyoviy moddalar yoki fizikaviy usul bilan odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan mikroorganizm va viruslari o‘ldirish natijasida atrof muhitni va obyektlarni zararsizlantirish. Kimyoviy moddalardan (0,1-10%) xlorli ohak eritmasi, formalin, (0,5-5%) xloramin, (3-5%) fenol, (3-5%) lizol, (2-3%) o‘yuvchi ishqor va boshqalar qo‘llaniladi.
Laboratoriyada boksni dezinfeksiyalash uchun ko‘pincha formalin bug‘i (30-35 mi 40% formaldegid eritmasi 1 m3 havoda), beta propiolakton (1,1 ml 100 m3 havoda) yoki karbol kislotani (haftada bir marta) bug‘lantirib, har kuni xloramin yoki o‘yuvchi natriy eritmasidan foydalaniladi.
Sterillash - har xil materialdagi viruslarni va mikroorganizmlarni hamda ularning sporalarini fizikaviy va kimyoviy omillar yordamida yo‘qotish, zararsizlantirish.
Fizikaviy omillarga yuqori harorat, radiatsiya, ultratovush ta’siri, bakterial filtrdan o‘tkazib filtrlash kiradi.


48




Sterillashning fizikaviy usuli:

  1. spirt lampasi yoki gorelka alangasida qizdirish. Bu usul cheklangan holda ishlatilib, ignalarni, takachi apparatining halqalarini sterillashda foydalaniladi.

  2. qaynatib sterillash. Bu usul bilan shprislarni, mayda xirurgik instrumentlarni, buyum, yopqich oynalarini va boshqa predmetlar sterillanadi. Qaynatish davri 30 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak, suvni qaynatish nuqtasini ko‘tarish va uni yumshatish uchun suvga 2% natriy gidrokarbonat qo‘shiladi.

Ammo ushbu usul to‘la sterillikni ta’minlamaydi, ba’zi bir viruslar misol uchun gepatit virusi, bakteriyalarning sporalari yashovchanligini saqlab qolishi mumkin.

  1. quritish shkafida quruq issiqlik bilan sterillash. Bu usul 165-180°C gacha qizdirilgan havoning ta’siriga asoslangan quruq issiqlik bilan shisha idishlar sterillanadi;

  2. avtoklavda bug‘ning bosimi bilan sterillash. Sterillashning bu usuli juda samarali bo‘lganligi uchun keng qo‘llaniladi;

  1. Kox apparati yoki avtoklavda oquvchi bug‘ yordamida 1-1,5 atm. bosimda 30 daqiqa davomida, vitamin va uglevodlarni saqlovchi oziq muhitlarni yuqori harorat ta’sirida chidamsiz materiallarni sterillashda ishlatiladi;

  2. ultrabinafsha nurlar bilan sterillash. Ushbu usul ultrabinafsha nurlarni 260-300 MKM uzun to‘lqinda bakterisid ta’siriga asoslangan. Boksdagi havoni sterillash uchun BUV-15, BUV-30 lampalaridan foydalanamiz. Nurlantirish 1-2 soat davomida o‘tkaziladi;

  3. bakterial filtrlar orqali suyuqliklarni filtrlash. Bu usul bilan oziq muhitlari, qon zardobi, vitaminlar bakteriyalardan tozalanadi, ammo oziqa muhiti, qon zardobi hamda vitaminlarni filtrlash yo‘li bilan viruslardan tozalab bo‘lmaydi.


Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling