Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning borishi
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga parrandalaming o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, boshqa tur hayvonlar organizmidan tafovuti, tana tuzilishi, teri qoplamasidagi farq kabi ma’lumotlarni oladilar.
Kerakli jihozlar: Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga parrandalaming o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha beradi, tana tuzulishi, teri qoplamasi haqida tushuntiradi, yozdiradi va amalda ko‘rsatadi. Tayanch iboralar: parrandalar, pat, tovuq pix, sirg‘a, nafas tizimi, respirator organlar, bronxlar, o‘pka va havo xaltasi Parrandalar sut emizuvchi hayvonlardan farqli o‘laroq, o‘ziga xos xususiyatlarga ega: qanotlar mavjud, yengil skelet, naysimon suyaklar ingichka, ammo mustahkam bo‘ladi, ularning ichi havo bilan to‘lgan, boshi yengil va kichikkina, tish, siydik xaltasi bo‘lmaydi. Ko‘p sonli bo‘yin umurtqalari bo‘lganligi va birinchi umurtqa bilan bosh suyagi mustahkam bog’lanmaganligi sababli ularning boshi harakatchan bo‘ladi. Parrandalar tanasi skeleti kam harakatchan, tos suyaklari (bel va dumg’aza) bir-biri bilan birlashib ketgan, ko‘krak suyagi o‘ziga xos tuzilgan. Ularda teri ham o‘ziga xos juda yupqa, ammo yog’li to‘qima yaxshi rivojlangan, teri bezlari bo‘lmaydi. Parranda tanasini qoplagan pat va parlar ham issiqlikni kam o‘tkazadigan teri vazifasini bajaradi. Parrandaning dumi va qanotlaridagi katta patlar va mayin parlar tananing ma’lum joylarini berkitadi, uning ayrim joylarida pat va parlar bo‘lmaydi. Teri 52 epidermis, asosiy teri va teri osti to‘qimasidan tashkil topadi. Muskul tutamlari teri follikulasiga tutashgan, u patni ko‘tarishga xizmat qiladi. Dumg’aza bezi - yog’ bezi hisoblanib, ikki bo‘lakdan iborat bo‘ladi va yog’simon sekret ishlab chiqaradi. Pat, toj, solinchak, sirg’alar, tirnoq, tumshuq, xo‘rozlarning pixi, marjonlari - bular teridan paydo bo‘lgan a’zolar. Terining fiziologik ahamiyati - bu organizmni tashqi ta’sirlardan himoya etuvchi, tana haroratini boshqaruvchi, gaz almashinuvida qisman ishtirok etuvchi a’zo hisoblanadi. Parrandaning sezishi patning teriga kirish joyi follikulalaridagi sezish hujayralari va oyoq terisi orqali amalga oshadi. Parrandalarning juda harakatchanligi ulardagi modda almashinuvining intensivligi bilan bog’liq, ular ochlikka juda qiyinchilik bilan chidaydi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling