Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet12/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

G‘ozlarni saqlash. G‘ozlar boshqa turdagi qishloq xo‘jalik parrandalariga nisbatan kam urchish xususiyatiga ega. Tuxumdorligi o‘rdaklarga nisbatan ikki barobar kam bo‘lib, tuxumlarini urug‘lanishi 75 %, jinsiy nisbati 1:4 bo‘lib, tuxum berish davri 5 oy davom etadi.
G‘ozlarni saqlashni bir necha xil usuli mavjud bo‘lib, boshqa turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan birgalikda saqlash man etiladi. G‘ozlar saqlanadigan xona toza, quruq va yorug‘ bo‘lishi zarur. Xonadagi issiqlik harorati 5-100 C bo‘lganda urchish qobiliyatiga ega bo‘lib, yelvizakga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaslik kerak. G‘ozlarni saqlashda sovuq kunlarda to‘shama sifatida


27




yog‘och qirindisi, somon, poxol, dag‘al oziqalardan maydalangan nushqurt, yoz oylarda quruq qum to‘shaladi. To‘shamalarni ifloslanishiga qarab, to‘shama yangilanadi va bir bosh hisobiga 18-20 kg to‘shama sarflanadi. Bino devorlarini muntazam ohak bilan oqlab turish, jihozlar doimo kreolin yoki formalinning 2-3% li qaynoq suvdagi eritmasi bilan dezinfeksiya qilinib turilishi lozim.
Katta yoshdagi g‘ozlar bino ichida, har m2 pol yuzasiga 1,5 bosh, yosh g‘ozchalar 8 bosh, 50 kunlik yoshida 3-5 bosh saqlanadi.
G‘ozchalarni saqlashda maxsus xonada turar joyi aylana shaklda DVP kartoni bilan o‘ralib, yumshoq to‘shamalardan foydalanish kerak. Ikki hafta mobaynida xonada saqlash va isitish maqsadida elektr lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Odatda g‘ozchalar 1-7 kunligida xona harorati 32 -280 C, 8-15 kunlik yoshida 24-220 C bo‘lsa, yaxshi o‘sadi. Yoshining kattalashi bilan xonadagi issiqlik harorati 20-150 C yetarli bo‘ladi. Me’yordan harorat yuqori darajada bo‘lsa, g‘ozlar kam harakatchan, oziqa yeyishi kamayadi, suvni ko‘p iste’mol qiladi. Aksincha, harorat past bo‘lsa, g‘ozchalar g‘uj-g‘uj bo‘lib to‘planadi, bir birini bosib nobud qilishi mumkin. Uch oylikdan boshlab g‘ozlarni har xil ayvonlar tagida saqlash va yaylovlarda haydab boqish samarali hisoblanadi.
Nazorat savollari:

  1. Tovuqlarni sim kataklarda asrash qanday amaga oshiriladi?

  2. Tovuqlarni yerda asrash qanday amaga oshiriladi?

  3. Tovuqlarni yoshiga qarab asrash qanday amaga oshiriladi?

  4. Saqlash sharoiti bilan bog‘liq me’yorlami ayting?


28



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling