PARRANDALARNIASRASH TEXNOLOGIYALARI
Reja: 1.1. Jo‘jaxona, tovuqxona va ulaming jihozlanishi. Jo‘jalarni
o‘stirish usullari.
Broyler jo‘jalarni saqlash, o‘stirish
Parrandalarni yerda va sim kataklarda asrash texnologiyalari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Mashg‘ulotlarni o‘tkazish kafedraning “Parrandalar kasalliklari” fanini o‘qitish uchun ko‘rgazmali qurol va o‘quv vositalari bilan jihozlangan o‘quv xonasida olib boriladi. Talabalar fandagi yangiliklardan xabardor bo‘ladi. Jo‘jaxonalarni jihozlashni, broyler jo‘jalarni saqlashni o‘rganib chiqadilar.
Kerakli jihozlar: Parrandalarni asrash bo‘yicha jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, laboratoriya pasporti, asrash jadvallari, turli yosh parrandalar uchun saqlash me’yorlari.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga bir kunlik jo‘jalardan boshlab asrash, jo‘jaxonalarni jihozlash, isitish, kirish-chiqish tadbirlarini tushuntiradi, yozdiradi va amalda ko‘rsatadi.
Tayanch iboralar: parrandalar, parrandaxona, tovuq krosslari, ochiq va yopiq binolar, dezinfeksiya, termometr, to‘shama, bruder, me’yor, KBE -1, KBM-2, KBA, KBU-3, R-15, BKM-3,
Binoning devori va tomi fasllar davomida parranda organizmi uchun muhim bo‘lgan havo harorati va namligini ta’minlab bera oladigan, barcha yuzasiga bir tekisda yorug‘lik tushadigan bo‘lishi kerak. Xonalarning eshigi, oynasi, tovuqlar tashqariga chiqadigan bo‘lsa, poydevorida teshigi va havoni harakatlantiruvchi ventilyatorlar bo‘lishi kerak. Xonadagi jihozlar va buyumlar xonada shunday joylashtirilishi kerakki, parrandaning erkin yurishiga to‘sqinlik qilmasin.
20
Jo‘jaxona, tovuqxonalami qurishda va jihozlashda undan foydalanish davrida, yuvish, tozalash va dezinfeksiya tadbirlarni o‘tkazish oson bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak. Tovuqxonani qurishda arzon mahalliy materiallardan foydalanish zarur. Xonalarning poli, devori pishiq g‘ishtli yoki paxsali bo‘lib, somon loy bilan shuvalgan bo‘lishi kerak. Quyuq ohak bilan ohaklanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |